Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3020, 2018-yil 1-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3020/1332-son) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
ilovasining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.