1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining
buyrugʻi
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1458-6]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-aprel,
2023/92-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-son buyrugʻiga ILOVA
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida (bundan buyon matnda Oʻz SMT deb yuritiladi) respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va oʻtkazishning umumiy talablarini belgilaydi.”.
2. 8-band quyidagi mazmundagi “b1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“b1) intellektual mulk obyektlariga (tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik koʻrsatkichlar va sanoat namunalari) (bundan buyon matnda IMO deb yuritiladi) boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish;”.
3. 10-banddagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 12-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusxasi (amalda bor boʻlgan taqdirda).”;
5. 14-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusxasi (amalda bor boʻlgan taqdirda).”;
6. Quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar bilan toʻldirilsin:
“171. SO tomonidan respublikada ishlab chiqariladigan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish mazkur Qoidalarning 8-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilganda mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusxasi taqdim etilsa, bunday mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish amalga oshirilmaydi.
172. SO tomonidan mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish SO tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dagi mavjud maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
b) oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.”.
7. 33, 361 va 40-bandlardagi “Oʻzstandart agentligi” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 70 va 71-bandlardagi “Oʻzstandart agentligining” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 72-banddagi “Oʻzstandart Agentligi” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 73-banddagi “Oʻzstandart agentligiga” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 74-banddagi “Oʻzstandart agentligi” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 8-ilova bilan toʻldirilsin.
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga 8-ILOVA
Respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Arizachi
SOga mahsulotni sertifikatlash maqsadida ariza beriladi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
SO
Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi oʻrganiladi va tekshiriladi.
Sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”da mavjud maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida
3-bosqich
SO
oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)