1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Respublika elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, ushbu jarayonni joriy etgan elektrotexnika korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish hamda shu orqali mis xomashyosidan yangi turdagi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan toʻlovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan soʻng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
elektrotexnika tarmogʻi korxonalarini yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini tatbiq qilishga qiziqtirish va joriy etish;
tarmoq korxonalarining holati va salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli jamlash va tahlil qilib borish;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalarini ragʻbatlantirish;
yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlari eksporti hajmlari va geografiyasini oshirish.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 877-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ikki oy muddatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish, yuritish va uni yangilab borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-may,
194-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-maydagi 194-son qaroriga 1-ILOVA
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni — tarmoq korxonalari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq baholash mezonlariga asosan 60 balldan yuqori ballga toʻgʻri keluvchi ishlab chiqarish jarayonlari;
roʻyxat — yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxati;
tarmoq korxonasi — elektrotexnika mahsulotlari va ularga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi elektrotexnika sanoati korxonasi.
3. Roʻyxatni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
tarmoq korxonalarini yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy qilishga qiziqtirish va jalb qilish;
tarmoq korxonalarining holati va salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli jamlash va tahlil qilib borish;
tarmoq korxonalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda toʻlovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan soʻng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish imkoniyatidan foydalanish imtiyozini qoʻllash.
4. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan korxonalar roʻyxati ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yuritiladi.
6. Roʻyxat davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.
Roʻyxat rus va ingliz, shuningdek, boshqa tillardagi nusxalariga ega boʻlishi mumkin.
2-bob. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan korxonalar roʻyxatini shakllantirish shartlari va rad etish asoslari
7. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxati tarmoq korxonalarining arizasiga muvofiq shakllantiriladi.
Tarmoq korxonasi elektron raqamli imzodan foydalangan holda “Roʻyxat” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Roʻyxat” AT) orqali har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kuniga qadar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
8. Arizaga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan maʼlumotlar va hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinishi lozim.
9. Roʻyxatga kiritish uchun tarmoq korxonasi quyidagi talablarga javob berishi zarur:
ariza beruvchi tarmoq korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qarori bilan belgilangan iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi kodining boshlangʻich raqamlari 24, 26 va 27 guruhlarga mos kelishi;
mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan mezonlar talablariga javob berishi.
10. Tarmoq korxonasi taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardir.
11. Roʻyxatga kiritishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tarmoq korxonasi ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan talablarga mos kelmasa;
ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa;
tarmoq korxonasi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlsa.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha roʻyxatga kiritish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Tarmoq korxonasini yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan korxonalar roʻyxatiga kiritish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
12. Ishchi organ ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida tarmoq korxonasi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ushbu Nizomning 8 va 9-bandlari talablari asosida koʻrib chiqadi.
Oʻrganishlar natijasida tarmoq korxonasi barcha talablarga javob bergan taqdirda, Ishchi organ Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli organ) soʻrovnoma yuboradi.
Taqdim etilgan hujjatlar toʻplamida kamchiliklar aniqlanganda hamda mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan mezonlarga asosan 60 balldan kam baholangan taqdirda, ularni bartaraf etish va Ishchi organga qayta taqdim etish toʻgʻrisida tarmoq korxonasining “Roʻyxat” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi.
13. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Ishchi organ taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha:
tarmoq korxonasini yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatiga kiritishni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi va uni Ishchi organga hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga taqdim etadi;
rad etish toʻgʻrisidagi qaror va uning sabablari koʻrsatilgan maʼlumotlarni Ishchi organga taqdim etadi.
Vakolatli organ Ishchi organ bilan birgalikda arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat tashkiloti mutaxassislarini jalb etishi, zarur boʻlgan maʼlumotlarni mustaqil ravishda olishi hamda Vakolatli organ bilan birgalikda ariza bilan murojaat qilgan tarmoq korxonasini joyiga chiqqan holda oʻrganish vakolatiga ega.
14. Ishchi organ tarmoq korxonasi roʻyxatga kiritilganligini tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisida Vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorni va maʼlumotlarni tarmoq korxonasining “Roʻyxat” ATdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
15. Roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng tarmoq korxonasi umumiy asoslarda takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
16. Tarmoq korxonasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatiga kiritilgandan soʻng ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan maʼlumotlarni “Roʻyxat” AT orqali har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kuniga qadar elektron tartibda Ishchi organga taqdim etib boradi.
4-bob. Tarmoq korxonasini roʻyxatdan chiqarish tartibi
17. Quyidagi hollarda tarmoq korxonasi roʻyxatdan chiqariladi:
tarmoq korxonasining arizasiga asosan;
muayyan sabablarga koʻra tarmoq korxonasi tugatilganda;
tarmoq korxonasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan mezonlarga asosan 60 balldan yuqori ballga javob bermagan holatlarda.
18. Tarmoq korxonasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatidan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, bu haqda elektron raqamli imzosidan foydalangan holda “Roʻyxat” AT orqali Ishchi organga ariza bilan murojaat qiladi.
19. Davlat organlaridan olingan maʼlumotlar hamda roʻyxatga kiritilgan tarmoq korxonasi tomonidan doimiy taqdim etilishi belgilangan maʼlumotlar asosida mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan mezonlarga asosan hisoblanganda 60 balldan past baholansa, Ishchi organ uch ish kuni ichida tarmoq korxonasiga ogohlantirish yuboradi hamda kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki hafta muddat beradi.
Belgilangan muddat ichida kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, Ishchi organ tarmoq korxonasini yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida Vakolatli organga soʻrovnoma yuboradi.
20. Vakolatli organ soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va tarmoq korxonasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatidan chiqarilishi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qarorning elektron nusxasini Ishchi organ va tarmoq korxonasining “Roʻyxat” ATdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
5-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi
21. Roʻyxatga kiritishni rad etish yoki roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan tarmoq korxonasi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Vakolatli organga elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
22. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish maqsadida Vakolatli organ buyrugʻi asosida uchta aʼzodan iborat Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
23. Apellyatsiya shikoyati qabul qilingan kundan boshlab ushbu Nizomga asosan tarmoq korxonasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.
24. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalariga koʻra:
tarmoq korxonasini yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizom talablari asosida toʻgʻri qabul qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etadi;
tarmoq korxonasini yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizom talablariga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlangan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish va tarmoq korxonasini roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
25. Apellyatsiya qarori haqida tarmoq korxonasi u qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida xabardor qilinadi.
26. Apellyatsiya qaroridan norozi boʻlgan tarmoq korxonasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Roʻyxatga kiritilgan tarmoq korxonalariga nisbatan mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda toʻlovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan soʻng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish imtiyozining qoʻllanilishini nazorat qilish Vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarini baholash
MEZONLARI
T/r
Koʻrsatkichlar
Salmoq oʻlchovi
Tavsiya etilgan yoki minimal meʼyor
Haqiqiy qiymat
Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari
1
Umumiy ishlab chiqarishda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ulushi
10
10
1.1.
0 dan 10 foizgacha
0
0 dan 10 foizgacha
0
1.2.
11 dan 15 foizgacha
5
11 dan 15 foizgacha
5
1.3.
16 foiz va undan yuqori
10
16 ≥
10
2
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi
(pul hajmiga nisbatan foizda)
5
5
2.1.
0 dan 65 foizgacha
0
0 dan 65 foizgacha
2.2.
66 foiz va undan yuqori
5
66 ≥
5
3
Eksport maqsadli koʻrsatkichining bajarilishi
(pul hajmiga nisbatan foizda)
5
5
3.1.
0 dan 99 foizgacha
0
0 dan 99 foizgacha
3.2.
100 foiz va undan yuqori
5
100 ≥
5
4
Mahsulotlar eksportining umumiy hajmida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi:
10
10
4.1.
0 dan 10 foizgacha
0
0 dan 10 foizgacha
0
4.2.
11 dan 15 foizgacha
5
11 dan 15 foizgacha
5
4.3.
16 foiz va undan yuqori
10
16 ≥
10
5
Mahsulotlar eksportining umumiy hajmida Yevropa davlatlariga amalga oshirilgan eksport ulushi 10 foiz va yoki undan yuqoriligi
10
10
6
Birja savdolarida sotib olingan mis katodlarini qayta ishlash uchun moʻljallangan oʻz mis eritish pechining mavjudligi
5
5
5
Uskuna pasporti ilova qilinganda qiymat qoʻshiladi.
5
5
5
* — Korxonaning asosiy faoliyat turidan kelib chiqib tanlanadi
6.1.
* Sim-oʻtkazgich mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun:
Ishlab chiqarish jarayoni raqamlashtirilganligi (ERP, MES, PLM va boshqalar)
10
10
10
8
Sinov bazasining mavjudligi (Texnik jihatdan tartibga solish organlarida yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan, attestatsiya qilingan yoki sertifikatlangan)
10
10
10
9
Xalqaro sertifikatning mavjudligi: VDE, CE, RONS, KEMA va BASEC
10
10
10
10
Rentabellik
3
>0,05
3
11
Asosiy vositalarning yangilanish darajasi
2
0,1
2
12
Investitsiya dasturlarini amalga oshirish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan investitsiyalar dasturi doirasida baholanadi)
10
10
10
12.1.
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etmaydi
0
0
0
12.2.
loyihaning qiymati 5 mln dollardan kam
5
5
5
12.3.
loyiha qiymati 5 mln dollar ortiq
10
10
10
Jami:
100,0
-
100,0
Izoh. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi ushbu mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi
kiritilishini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni Ishchi organga hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga taqdim etadi.
kiritilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarorni va uning sabablari koʻrsatilgan maʼlumotlarni Ishchi organga taqdim etadi.
Ishchi organ tarmoq korxonasi roʻyxatga kiritilganligini tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisida Vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorni va maʼlumotlarni tarmoq korxonasining “Roʻyxat” ATdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bir kun ichida
5-bosqich
Tarmoq korxonasi
Roʻyxatga kiritilgandan soʻng mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan maʼlumotlarni “Roʻyxat” AT orqali belgilangan muddatlarda Ishchi organga taqdim etib boradi.
Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kuniga qadar
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-maydagi 194-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-oktabrdagi 877-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining
TARKIBI
1.
Yunusov Mirziyod Miraxmadovich
—
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi, Kengash raisi
2.
Sultanov Dilshod Shuhratovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
Rustamov Olimxon Bakiyevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari
4.
Mustafayev Xurshed Baxtiyorovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Bazaviy tarmoq va sohalar korxonalari iqtisodiyoti, moliyasi va tarif siyosati departamenti direktori
5.
Rahmonov Asror Ruziyevich
—
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Moliya boshqarmasining boshligʻi, Kengash kotibi
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
a) quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121.Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda, tashkilot (elektrotexnika sanoati korxonasi) Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun mazkur Nizomning 12-bandiga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi:
a) ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandi boʻyicha:
tashkilot bilan tuzilgan shartnoma hamda hisob fakturasi;
b) mazkur Nizomning 4-bandi “v” kichik bandi boʻyicha:
loyihani amalga oshirish uchun Jamgʻarmadan mablagʻ olishga xoʻjalik birlashmasi boshqaruv organining roziligi;
loyihaning biznes rejasi;
zarur boʻlganda qurilish loyihalarining loyiha-smeta hujjatlari;
pudrat ishlarini bajarish uchun shartnomalar nusxalari;
loyiha taqdimoti;
loyiha doirasida olinadigan har bir xomashyo va uskunalar uchun kamida uchtadan yetkazib beruvchilarning tijorat takliflari;
v) ushbu Nizomning 4-bandi “g” kichik bandi boʻyicha:
loyihani amalga oshirish uchun Jamgʻarmadan mablagʻ olishga xoʻjalik jamiyati boshqaruv organining roziligi;
loyihaning biznes rejasi;
zarur boʻlganda qurilish loyihalarining loyiha-smeta hujjatlari;
pudrat ishlarini bajarish uchun shartnomalar nusxalari;
tegishli tashkilotlardan taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ruxsatnoma nusxasi;
boʻsh turgan va foydalanilmayotgan bino-inshootni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va ulardagi tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlari boʻyicha toʻliq maʼlumot (oʻlchamlari, holati, fotosuratlari va boshqalar);
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
taʼmirlash, rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha hujjatlari;
loyihaning Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanganligi toʻgʻrisida ekspertiza xulosasi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining ruxsatnomasi;
qurilish tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot;
qurilishga ketadigan materiallar nomenklaturasi va narxlarining bir necha tashkilotlar bilan solishtirmasi;
tashkilotning loyiha qiymatidan kamida 15 foizi oʻz mablagʻi hisobidan shakllanganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank maʼlumotnomasi;
sugʻurta polisi (beriladigan pul mablagʻi miqdoridan kam boʻlmagan holda);
yer maydoni boʻyicha hujjatlar (yer ajratish toʻgʻrisida qaror, obyekt geolokatsiyasi, fotosuratlari va boshqa tegishli maʼlumotlar);
elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparkning loyihasi;
tegishli tashkilotlardan qurilish uchun olinadigan ruxsatnoma nusxasi;
g) mazkur Nizomning 4-bandi “d” kichik bandi boʻyicha:
tender savdolari boʻyicha toʻliq maʼlumot (kim tomonidan eʼlon qilingan, tender savdolari oʻtish vaqti, shartlari va boshqa tegishli maʼlumotlar);
tashkilotning oxirgi 3 yil davomida tender savdolarida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
tashkilotda sinov laboratoriyasi mavjudligi;
ishlab chiqarilgan mahsulotning mahalliylashtirish darajasi 50 foiz ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
d) ushbu Nizomning 4-bandi “e” va “z” kichik bandlari boʻyicha:
shartnoma, toʻlov topshiriqnomasi, hisob-faktura, amalga oshirilgan ishlar dalolatnomasi, tijoriy takliflar va fotohisobot;
Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish zarurligini asoslaydigan boshqa hujjatlar;
e) mazkur Nizomning 4-bandi “j” kichik bandi boʻyicha:
loyihaoldi (TIA/biznes-reja) hujjatlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning tijorat takliflari;
loyihaoldi (TIA/biznes-reja) hujjatlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning mazkur hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha tajribasi yuzasidan maʼlumotnoma;
“14. Tashkilotning Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun taqdim etilgan arizasi va unga ilova qilingan hujjatlari dastlab ekspert guruhi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda mazkur Nizom talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi toʻgʻrisidagi xulosa bilan Kengash muhokamasiga kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2023-y., 09/23/194/0271-son; 18.10.2024-y., 09/24/682/0830-son)