OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
“Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoat bolalar jamgʻarmasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining Toshkent shahri, X. Oripov koʻchasi, 24-uy manzilida joylashgan binoni Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi balansidan “Sen yolgiz emassan” Respublika jamoat bolalar jamgʻarmasi balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin — bolalar jamgʻarmasi boshqaruvi tarkibini joylashtirish.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 427-son qarori 4-bandining
ikkinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimovga yuklatilsin.