toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ELEKTRON RAQAMLI IMZO TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-793-sonli “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 14-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 2004-yil 29-yanvardagi 20 (3294)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-dekabr,
563–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 13-modda)