Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va
qoidalari 3.10-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Isitish uchun issiqlik energiyasini oqilona sarflash maqsadida xonaga beriladigan issiqlikni obyektli yoki individual muvofiqlashtirishini qoʻllash lozim. Umumiy issiqlik tizimini obyektli muvofiqlashtirishda tashqi harorat datchigi boʻyicha avtomatlashtirish lozim. Isitish jihozlarining issiqlik unumdorligini individual muvofiqlashtirish 3.55-bandga binoan issiqlikni muvofiqlashtiruvchi klapanlar oʻrnatish orqali ichki havo harorati boʻyicha avtomatlashtirish bilan amalga oshirish lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.