Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-dekabrdagi PQ-444-son “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va
qoidalarining 179-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Respublikada qurib bitkaziladigan savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlarining loyihalariga majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish lozim. Bunda, mazkur infratuzilma obyektlari avtoturargohlaridagi mashina joylarining kamida 5 foizi (lekin bitta joydan kam boʻlmagan holda) elektromobillar va gibrid avtomobillarni quvvatlantirish uchun ajratilishi kerak.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Energetika vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.