1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.08.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-son Farmoni 15-bandi uchinchi xatboshisida ochiq, har tomonlama va xolis tanlov mezon va mexanizmlarini qamrab olgan Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishning alohida tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) “tergov faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bosqichi talabalarini vazirlikning kuch va vositalaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazida bepul harbiy tayyorgarlikdan oʻtishini taʼminlasin.
4. Akademiya surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari bilan birgalikda oʻz rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali Akademiyaning “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov har yili 1-fevralga qadar, 2023/2024 oʻquv yili uchun, istisno tariqasida, 2023-yil 15-aprelga qadar eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-aprel,
143-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) bakalavriatida yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
2. Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (keyingi oʻrinlarda — “tergov faoliyati” yoʻnalishi) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
“Tergov faoliyati” yoʻnalishida oʻquv jarayoni kunduzgi taʼlim shaklida tashkil etiladi.
Yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarida tashkil etilishi mumkin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Akademiyaning Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) — Akademiya faoliyatining ustuvor masalalarida koʻmaklashuvchi jamoatchilik boshqaruvi organi. Vasiylik kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuror) rahbarlik qiladi;
apellyatsiya komissiyasi — yozma imtihon va test sinovlari natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun tuziladigan komissiya;
vakolatli davlat organlari — qonunchilikka muvofiq surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari;
Idoralararo qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qabul komissiyasi) — Akademiya “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish, shu jumladan talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish, tanlovni oʻtkazish va ularga maslahatlar berish, boshqa tashkiliy masalalarni tezkor hal etish uchun Bosh prokuror buyrugʻi bilan vakolatli davlat organlari vakillaridan 9 nafar aʼzolardan iborat tarkibda tuziladigan Vasiylik kengashining vakolatli aʼzosi raislik qiladigan komissiya;
nomzod — Akademiyaga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu Nizom talablari asosida tanlovlarda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
talaba — Akademiya bakalavriatiga oʻqishga qabul qilingan shaxs;
taqsimot komissiyasi — Akademiya bitiruvchilarini vakolatli davlat organlariga xizmatga taqsimlash uchun tuziladigan komissiya.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
4. Akademiyada kadrlarni amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2-bob. Akademiya bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi
1-§. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
5. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning yagona qoidalari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
6. Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Qabul komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash komissiya masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Qabul komissiyasining masʼul kotibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
7. Qabul komissiyasi faoliyatida uning yarmidan ortiq aʼzolari hamda ushbu komissiya raisi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
8. Qabul komissiyasining raisi:
Qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
9. Nomzodlar tanlovining Akademiyada oʻtkaziladigan tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish borasida Akademiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun Akademiya boshligʻi oʻz vakolati doirasida buyruq (farmoyish) chiqaradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
10. Akademiya “tergov faoliyati” yoʻnalishida bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olish muddati uch yilni tashkil etib, bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi 257-son “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy yetish toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi beshinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
11. Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
12. Akademiyada oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etilib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatlari har yili Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi 257-son “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy yetish toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi beshinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
13. “Tergov faoliyati” yoʻnalishiga umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar professional taʼlim maʼlumotiga ega, sogʻligʻining holati boʻyicha xodim yoki harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.
2-§. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha hujjatlarni qabul qilish va dastlabki tanlovni oʻtkazish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
14. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishidagi har yilgi qabul parametri vakolatli davlat organlarining hududlar kesimidagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Vakolatli davlat organlari tomonidan hududlar kesimidagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan takliflari qabul yilining 10-yanvariga qadar Akademiyaga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Akademiya va vakolatli davlat organlari oʻzlarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda ommaviy axborot vositalari orqali Akademiyaning “tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriatiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlovni qabul yilining 1-fevraliga qadar eʼlon qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tanlovlarni oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan eʼlonda tegishli hujjatlar qabul qilinadigan manzil, oʻqishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
15. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriati qabuliga dastlabki tanlov:
harbiylashtirilgan tuzilmalar (Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qoʻmitasi, Harbiy prokuratura);
harbiylashtirilmagan tashkilotlar (prokuratura organlari, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi)dagi talablarni inobatga olgan holda alohida tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda, nomzod oʻz hujjatlarini harbiylashtirilgan yoki harbiylashtirilmagan soha boʻyicha topshirishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
16. Nomzod qabul yilining 1-fevralidan 1-martiga qadar hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning maxsus elektron platformasi orqali onlayn topshirib, roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
harbiylashtirilgan yoʻnalish boʻyicha — hududiy ichki ishlar organlariga;
harbiylashtirilmagan yoʻnalish boʻyicha — hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
17. Nomzod tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) nusxasi;
tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi;
yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalar nusxalari;
nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa (maʼlumotnoma);
harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi (agar mavjud boʻlsa) nusxasi;
3x4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID-karta), tugʻilganlik haqida guvohnomalar, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
18. Hujjatlarni qabul qilgan hududiy ichki ishlar organi/hududiy prokuratura organi masʼul xodimi taqdim etilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Xizmat oʻtash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasalardan qoʻshimcha hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
19. Akademiyaga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar uchun dastlabki tanlov hududiy ichki ishlar organi/hududiy prokuratura organi tomonidan qabul yilining 1-martidan 20-mayiga qadar oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
20. Dastlabki tanlovning maqsadi — nomzodni tavsiflovchi maʼlumotlarning ular kelgusida vakolatli davlat organlarida xizmat qilishi uchun mosligini va ularning sogʻligʻi holatini aniqlashdan iborat.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
21. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlash (oilaviy ahvoli va boshqalar);
nomzodning sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqliligini aniqlash.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
22. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
harbiylashtirilmagan yoʻnalishlar uchun — hujjatlarni toʻplash va oʻrganish (maxsus oʻrganish);
harbiylashtirilgan yoʻnalishlar uchun — hujjatlarni toʻplash va oʻrganish (maxsus oʻrganish) hamda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
23. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalarini tahlil qilish nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish usuli orqali oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
24. Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
25. Hududiy ichki ishlar organlari nomzodlarni ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
26. Harbiylashtirilgan tuzilmalar uchun quyidagi maxsus parametrlar talab etiladi:
yoshi oʻn yettidan kichik va yigirma beshdan katta boʻlmasligi (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan yoshi yigirma oltidan katta boʻlmagan);
boʻyi balandligi erkaklar uchun — 165 santimetrdan, ayollar uchun — 160 santimetrdan past boʻlmasligi;
harbiy-tibbiy komissiya koʻrigi natijasiga koʻra sogʻligʻining holati boʻyicha xizmatga yaroqli deb topilganligi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Harbiylashtirilmagan tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan nomzodlarga ushbu banddagi maxsus talablar tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
27. Harbiy-tibbiy komissiya koʻrigi natijasiga koʻra, keyinchalik harbiylashtirilgan tuzilmalarga ishga qabul qilinadigan nomzod sogʻligʻining holati boʻyicha harbiylashtirilgan vakolatli davlat organlarida xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, bu haqda nomzodga maʼlum qilinadi va ushbu nomzodni vakolatli davlat organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tuziladi. Ushbu toifadagi nomzodlarning alohida roʻyxati shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
28. Nomzodga tegishli hujjatlarni oʻrganish va harbiy-tibbiy komissiya koʻrigi natijasiga koʻra nomzodlar roʻyxati va yigʻmajildlari hududiy ichki ishlar organi/hududiy prokuratura organi tomonidan qabul yilining 25-mayiga qadar Akademiyaga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
29. Roʻyxatga harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
30. Dastlabki tanlovdan oʻtgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-§. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha maxsus psixologik tanlov
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
31. Maxsus psixologik tanlov uchun test topshiriqlari Agentlik tomonidan tuziladi va test sinovlari oʻtkaziladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi 257-son “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy yetish toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
32. Maxsus psixologik tanlov har yili iyun-iyul oylarida Agentlik tomonidan quyidagi mezon asosida baholanadi:
test topshiriqlarini bajarish uchun 50 ta test savoliga 40 daqiqa (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball beriladi;
maxsus psixologik tanlov natijalari 0 balldan 100 ballgacha baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
33. Psixologik tanlov oʻtkazish jarayoni Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etib boriladi.
4-§. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha yozma imtihonni oʻtkazish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
34. Yozma imtihon har yili iyun-iyul oylarida Agentlik tomonidan diktant shaklida oʻtkaziladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
35. Yozma imtihonni oʻzbek tilida topshirayotgan nomzodlarga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozish talab etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
36. Diktant matni 160 — 170 ta soʻzdan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Nomzodlarga diktantning audiomatni bir marotaba eshittiriladi. Audiomatn toʻliq eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Audiomatndagi har bir gap 2 marotaba eshittiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Diktant yozish yakunlangandan soʻng audiomatn yana bir marotaba toʻliq eshittiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
37. Yozma imtihon quyidagi mezon asosida baholanadi:
maksimal ball 100 ballni tashkil etadi;
orfografik (imloviy) yoki punktuatsion (tinish belgi) xatolikka yoʻl qoʻyilmagan diktant 100 ball bilan baholanadi;
har bir orfografik yoki punktuatsion xatolik uchun 4 balldan ayirib tashlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
38. Quyidagi holatlarda diktantdagi xatoliklar 1 ta xato deb hisoblanadi:
aynan bir xil soʻzdagi orfografik xatoliklar takrorlansa;
tinish belgisini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik aynan takrorlansa.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
39. Nomzod javoblar varaqasini diktant yozilmagan holda topshirsa, “0” ball bilan baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
40. Yozma imtihon oʻtkazish jarayoni Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etib boriladi.
5-§. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish
41. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari, qoida tariqasida, har yili 1 — 10-avgust kunlari oʻtkaziladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
42. Qabul komissiyasi qaroriga asosan test oʻtkazish jarayoni Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etib boriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
43. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish oʻtkazilgan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovlari natijalari yigʻindisi asosida Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
44. Nomzod test sinovlarini Akademiyada taʼlim olish tilida topshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
45. Test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari test sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin Bosh prokuraturaning taklifiga binoan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda, nomzodlarga Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va baholash mezonlari mos boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasalarining beshtagacha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
46. Nomzod oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan chet tilidan test sinovlarini topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Akademiyaga hujjat topshirgan va Agentlik tomonidan berilgan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — milliy sertifikat) yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English (FCE, CAE) va Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II), TestDaF (TDN3), ECL, xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplome dʼEtudes en Langue Française (DELF, DALF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar (ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, pushtu) uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajasi B2 va undan yuqori;
47. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
48. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 60 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
49. Test sinoviga belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
50. Yozma imtihon va test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari Agentlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Apellyatsiya arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
51. Nomzodlar Agentlik tomonidan taqdim etilgan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovlari yigʻindisi natijalari asosida Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi va ularga stipendiya tayinlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
52. Oʻqishga qabul qilingan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar ikki kun muddatdan kechikmasdan Agentlikka taqdim etiladi.
6-§. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishidan tashqari yurisprudensiyaning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
53. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishidan tashqari yurisprudensiyaning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha qabul Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
54. Yurisprudensiyaning boshqa yoʻnalishlarining faoliyat turlari Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
3-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
55. Akademiya bakalavriatida taʼlim Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan belgilangan kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
56. “Tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilingan fuqaro bilan oʻqish (xizmat oʻtash) va oʻqishni tamomlaganidan keyin uch kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha yuborilganda vakolatli davlat organlarida yoki boshqa davlat organlarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi.
57. Akademiyada oʻqitish tili belgilangan qabul parametrlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
58. Bakalavriatda oʻqitishni tashkil etish jarayoni bakalavriat fakulteti tomonidan Akademiyaning kafedra, markaz va boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
59. Bakalavriatda Akademiya xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalarning huquq va majburiyatlari, oʻquv metodik, ilmiy-pedagogik faoliyati, amaliyot oʻtashi va oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar Akademiya tomonidan belgilanadi.
60. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha 1-kurs talabalarining harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etilib, ushbu mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazida oʻtkaziladi.
61. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatda birinchi kurs va (yoki) ikkinchi kurs uchun belgilangan oʻquv jarayoni yakunlanganidan soʻng talabalar (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtaganlar bundan mustasno) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda, shartnoma asosida yozgi taʼtil davrida Toshkent viloyati hududida joylashgan harbiy qismda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtaydi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
62. Harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari doirasida ikki haftagacha boʻlgan muddatda oʻquv-dala yigʻinlari Bosh prokuratura va Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoʻshma chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
63. Keyinchalik nomzod talaba sifatida Akademiyaga harbiylashtirilmagan yoʻnalish boʻyicha oʻqishga qabul qilinganidan soʻng, agar harbiylar uchun belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, unga xohishiga koʻra harbiylashtirilgan yoʻnalishda ishlash imkoniyati yaratiladi.
64. Talaba Akademiya talabalar safidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
oʻquv intizomini va Akademiya ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun Akademiya kengashi qarori asosida;
akademik qarzdorligi uchun;
oʻquv yili davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
sudning hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda tinglovchilar safidan chetlashtirilganlar qayta tiklanmaydi);
vafot etganligi sababli yoki sud qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
65. Intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan talaba bundan norozi boʻlsa, Bosh prokuratura yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
66. Talabaga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo yuzasidan maʼlumot uning shaxsiy yigʻmajildida saqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
67. Talaba Akademiyadan chetlashtirilganda unga akademik maʼlumotnoma beriladi.
68. Talaba, quyidagi asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash huquqiga ega:
oʻz xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
akademik qarzdorligi tufayli;
oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun).
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
69. Davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida bakalavriatda tahsil olayotgan talabalar talabalar safidan chetlashtirilgan taqdirda ular keyingi oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tiklanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
70. Oʻqishga tiklangan tinglovchilar modullar boʻyicha olinmay qolgan kreditlarga mos ravishda toʻlov-kontrakt summasini toʻlaydi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
71. Fanlar boʻyicha qayta taʼlim olish uchun toʻlov qiymati Akademiya tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta taʼlim olish uchun toʻlov mexanizmi Akademiya tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi taʼlim olish uchun toʻlanadigan umumiy summani rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
72. Talaba tomonidan chetlashtirilgunga qadar oʻzlashtirgan sinov birliklari miqdori Akademiya tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi. Akademik qarzdorligi tufayli tinglovchilar safidan chetlashtirilgan talabalar keyingi oʻquv yilida tegishli oʻquv semestridan boshlab faqat oʻzlashtira olmagan modullarni takroran oʻqishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
73. Shartnoma asosida talabani oʻqishga qayta tiklash soni chegaralanmaydi.
4-bob. Tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilarini taqsimotga muvofiq ishlab berishini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
74. Davlat granti asosida bitiruvchilar (keyingi oʻrinlarda — bitiruvchilar) vakolatli davlat organlarining hududlar kesimidagi ehtiyojlari boʻyicha berilgan takliflari asosida ushbu organlarga ishga qabul qilinishi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
75. Bitiruvchilarni vakolatli davlat organlariga xizmatga taqsimlash uchun Akademiyada taqsimot komissiyasi tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Taqsimot komissiyasiga Vasiylik kengashi raisi raislik qiladi hamda uning tarkibiga vakolatli davlat organlari vakillari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham, ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
76. Bitiruvchilarni ishlab berish uchun taqsimlash har yili, qoida tariqasida, bitiruvchi oʻqishni tamomlagandan soʻng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
77. Taqsimot komissiyasi tomonidan bitiruvchining reyting natijalari va talabani oʻrganish jarayonida yigʻilgan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini, shuningdek harbiy-tibbiy komissiya xulosasini inobatga olib, vakolatli davlat organlarida xizmatni oʻtash uchun bitiruvchiga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi yoʻllanma beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
78. Taqsimot komissiyasining bitiruvchini xizmatga taqsimlash haqidagi qarori qabul qilinganidan soʻng Akademiya tomonidan har bir bitiruvchiga uch ish kunidan kechiktirmagan holda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
79. Taqsimot komissiyasi qarori asosida vakolatli davlat organlariga yoʻllanma berilgan bitiruvchilar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma (kontrakt) tuziladi. Bitiruvchining xizmat vazifalarini bajarishga kirishganligi haqida ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) ish beruvchi tashkilot tomonidan Akademiyaga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiya maʼlumotnoma asosida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi jurnalga muvofiq har bir bitiruvchining hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
80. Bitiruvchi 3-kurs davomida qayta oʻtkaziladigan maxsus oʻrganishdan oʻtmaganda yoki vakolatli davlat organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga koʻra xizmatga nomuvofiq deb topilganda bitiruvchilarga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning asli beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Bitiruvchi mazkur maxsus oʻrganishdan oʻtmaganda yoki harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga koʻra xizmatga nomuvofiq deb topilganda, u belgilangan kompensatsiya toʻlovidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
81. Uch yillik ishlab berish muddati davomida bitiruvchi xizmatdan boʻshatilganda, vakolatli davlat organlari hududiy davlat organlari rahbari tomonidan tegishli maʼlumot besh ish kuni mobaynida Akademiyaga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Bunda, kompensatsiya miqdori bitiruvchi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiya bitiruvchi tomonidan kompensatsiya miqdorini toʻlashni taʼminlash, shuningdek zaruratga koʻra, sud tartibida undirish chorasini koʻradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Bitiruvchidan undirilgan kompensatsiya mablagʻlari toʻliq hajmda Akademiya hisobiga toʻlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
82. Mazkur Nizomga muvofiq bitiruvchi xizmat burchini bajarish vaqtida mehnat layoqatini yoʻqotganligi sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmaganda Vasiylik kengashi qarori asosida kompensatsiya toʻlovidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
83. Bitiruvchining uch yillik ishlab berish muddati tugagandan soʻng xizmatni davom ettirish haqidagi masala qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish beruvchi va xodim yoki harbiy xizmatchi oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
84. Davlat granti asosida oʻqishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida uch yil ishlab berish (xizmatni oʻtash) majburiyati yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiyaga oʻqishga kirishdan oldin nomzod Akademiyaga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan va bakalavriatni bitirgan taqdirda, surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarida ishlab berish (xizmatni oʻtash) majburiyatini bajarishdan bosh tortganida yoki uch yillik muddatdan ilgari mehnat qonunchiligiga asosan yoxud xizmatni lozim darajada bajarmaganligi yoki sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli mehnat qilish (xizmatni oʻtash) mumkin boʻlmay xizmatdan (ishdan) boʻshatilganida, oʻqishni bitirgan vaqtidagi Akademiyada amalda boʻlgan toʻlov-shartnoma summasining yigirma besh baravari miqdorida Akademiyaga kompensatsiya toʻlaganidan soʻng diplom berilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Ogohlantirish xati orqali zimmasiga yuklanadigan barcha majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishiga kafolat berishi toʻgʻrisida majburiyat shartlari hamda uning bajarilmasligi yuzasidan moddiy javobgarlik boʻyicha oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish jarayonida ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakldagi ogohlantirish xati orqali tanishtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Bitiruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng unga diplom berilishi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Ogohlantirish xatini imzolashni rad etgan fuqarolar Akademiyaga qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
85. Akademiyada taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini boshqa oliy taʼlim muassasalariga, shuningdek boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini Akademiyaga koʻchirish mumkin emas.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
86. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Akademiya hamda vakolatli davlat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
87. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “tergov faoliyati” yoʻnalishiga qabul qilishni tashkil etish
Oʻqishga qabul qilish muddatlari, taʼlim yoʻnalishlari va qabul parametrlari toʻgʻrisida Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish.
Har yili 1-fevralga qadar
2-bosqich
Nomzodlar,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik),
hududiy ichki ishlar organlari,
hududiy prokuratura organlari
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi maxsus elektron platformasida roʻyxatdan oʻtish.
2. Hududiy ichki ishlar (harbiylashtirilgan yoʻnalish boʻyicha) va hududiy prokuratura (harbiylashtirilmagan yoʻnalish boʻyicha) organlariga tegishli hujjatlarni topshirish.
Har yili 1-fevraldan 1-martga qadar
3-bosqich
Hududiy ichki ishlar organlari,
hududiy prokuratura organlari
1. Harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga topshirayotgan nomzodlar hujjatlarini toʻplash va oʻrganish (dastlabki tanlov).
2. Harbiylashtirilgan yoʻnalish boʻyicha oʻqishga hujjat topshirayotgan nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish (dastlabki tanlov).
Har yili 1-martdan 20-mayga qadar
3. Dastlabki tanlov natijalarini Akademiyaga taqdim qilish.
25-mayga qadar
4-bosqich
Agentlik,
Idoralararo qabul komissiyasi
Nomzodlar uchun maxsus psixologik tanlov (test shaklida) oʻtkazish.
Har yili iyun-iyul oylarida
5-bosqich
Agentlik,
Idoralararo qabul komissiyasi
Nomzodlar uchun yozma imtihon (diktant shaklida) oʻtkazish.
Har yili iyun-iyul oylarida
6-bosqich
Agentlik,
Idoralararo qabul komissiyasi
Nomzodlar uchun test sinovi oʻtkazish.
Har yili 1 — 10-avgust kunlari
(qoida tariqasida)
7-bosqich
Akademiya boshligʻi
1. Nomzodlarni davlat granti asosida bakalavriatga qabul qilish va toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqida buyruq chiqarish.
Qabul komissiyasi oʻz ishini yakunlagandan soʻng 3 kun ichida
2. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida bakalavriatga qabul qilish haqida buyruq chiqarish.
Toʻlov-kontrakt summasining tegishli qismi toʻlangandan soʻng 3 kun ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarida xizmatni oʻtash uchun ____-son XIZMATGA YOʻLLANMA
20__ y. “___” _____________
Toshkent sh.
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatini tamomlagan ______________________________________________________________________________________________________________ga
(bitiruvchining F.I.O.)
taqsimot komissiyasining qaroriga koʻra_____________________________________________________________________________ da
(Taqsimot komissiyasi raisining F.I.O.) (Taqsimot komissiyasi raisining F.I.O.) (Taqsimot komissiyasi raisining F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Bitiruvchini xizmat vazifalarini bajarishga kirishganligi haqida MAʼLUMOTNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini 20 ____ yilda tamomlagan va unga “_____” ___________ 20 ____ yilda _______-son xizmatga yoʻllanma berilgan. ________________________________________________________________________________________________________________
(bitiruvchining F.I.O.)
“_____” ____________ 20____ yilda xizmatga joylashish uchun yetib keldi. Bitiruvchi “_____” _________ 20____ yildagi _____-son buyruqqa asosan,
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Akademiya bitiruvchisiga berilgan yoʻllanmalar va ularning xizmatga joylashganini hisobga olish
JURNALI
T/r
F.I.O.
Jinsi
Tugʻilgan yili
Oilaviy holati
Doimiy yashash joyi
Taqsimot boʻyicha tashkilot nomi
Bitiruvchi imzosi
Ishga kelgani va joylashgani toʻgʻrisidagi hujjatni olgani haqida qayd
Uch yil ishlab berilgani haqidagi maʼlumot
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish
akademiyasiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan
taqdirda, bitiruvchi tomonidan surishtiruv va tergov
faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarida
uch yil ishlab berish majburiyatining bajarilishi boʻyicha
OGOHLANTIRISH XATI
Men Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Akademiya)ga oʻqishga kirishga nomzod
(nomzodning F.I.O.)
Akademiyaga oʻqishga kirishdan oldin Akademiyaga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinib, bakalavriatni bitirganimdan soʻng, surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarida uch yil ishlab berish (xizmatni oʻtash) majburiyatini bajarishdan bosh tortganimda yoki uch yillik muddatdan ilgari xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli ishlab berish (xizmatni oʻtash) mumkin boʻlmay ishdan (xizmatdan) boʻshatilganimda, oʻqishni bitirgan vaqtimdagi Akademiyada amalda boʻlgan toʻlov-shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida Akademiyaga kompensatsiya toʻlaganimdan soʻng diplom berilishi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Ushbu ogohlantirish xati orqali zimmamga yuklanadigan barcha majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishiga kafolat beraman.
______________________________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” _______________
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Akademiyaning Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) — Akademiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuror) rahbarlik qiladigan jamoatchilik boshqaruvi organi;
Akademiya qabul komissiyasi — “tergov faoliyati” magistratura mutaxassisligi (keyingi oʻrinlarda — “tergov faoliyati” mutaxassisligi)dan boshqa mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazish, nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahatlar berish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish uchun har yili Bosh prokuror buyrugʻi bilan kamida 7 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladigan Akademiya boshligʻi raisligida tuziladigan komissiya;
vakolatli davlat organlari — qonunchilikka muvofiq surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari;
Idoralararo qabul komissiyasi — “tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazish, nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahatlar berish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish uchun Bosh prokuror buyrugʻi bilan vakolatli davlat organlaridan kamida 7 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladigan Vasiylik kengashining vakolatli aʼzosi raislik qiladigan komissiya;
nomzod — Akademiyaga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu Nizom talablari asosida tanlovlarda ishtirok etuvchi shaxslar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining kengashi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya kengashi) — qonunchilik hujjatlariga muvofiq Akademiya faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish maqsadida tuziladigan kollegial maslahat organi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Ushbu bandda qayd etilgan komissiyalar faoliyatiga Akademiya va vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlar, tegishli fanlar boʻyicha ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
3. Akademiya magistraturasiga (keyingi oʻrinlarda — magistratura) oʻqishga qabul qilish:
“tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha — Vasiylik kengashi tomonidan vakolatli davlat organlarining hududlar kesimidagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladigan takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan;
boshqa mutaxassisliklar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuratura) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan;
belgilangan qabul parametrlaridan tashqari Akademiya kengashi tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
4. Magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadilar:
a) “tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha:
Akademiyaning “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagan bitiruvchilari;
vakolatli davlat organlarida kamida 3 yil xizmatni oʻtagan “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari);
“Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tashqi nomzodlar);
“Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega prokuratura organlarining xodimlari (shu jumladan, amaldagi kadrlar zaxirasidagi xodimlari), shuningdek boshqa mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda — ichki nomzodlar).
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Davlat granti asosida oʻqishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilari oʻqishga qabul qilingan taqdirda, magistraturadagi oʻqish davri ularning vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish (xizmatni oʻtash) majburiyatini hisoblashda inobatga olinmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
5. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish nomzodlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
6. “Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan ichki nomzodlarni oʻqitish bepul asosda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida tanlovda eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar reyting ballari asosida toʻlov-kontrakt, shuningdek kvotadan tashqari Akademiya kengashining qaroriga muvofiq belgilanadigan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga oʻqishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdorini belgilash bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq asoslangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda Akademiya kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki nomzodlarni tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga oʻqishga qabul qilish uning arizasi va bevosita rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
“Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish uch bosqichda, yaʼni test shaklida oʻtkaziladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (esse) va chet tilidan test sinovi orqali amalga oshiriladi.
Boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tanlov tashqi nomzodlar uchun abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Ichki nomzodlar uchun tanlov oʻtkazish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
8. Maxsus psixologik tanlov, qoida tariqasida, iyul oyida, yozma imtihon va test sinovlari esa avgust oyida bir hafta muddatda, magistraturada oʻqitiladigan tilda oʻtkaziladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
9. Yozma imtihon nomzodlarning mutaxassislik fanlari boʻyicha tahlil, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni bayon etish borasida qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Shuningdek, nomzodlarning chet tillarini bilishning tegishli darajasini aniqlash maqsadida test sinovi oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
10. Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
11. Magistraturada oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Magistraturada oʻqish muddati:
kunduzgi va kechki taʼlim shaklida — bir yil;
sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida — oʻquv dasturlaridan kelib chiqib, Akademiya kengashining qarori bilan bir yarim yildan ikki yilgacha etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Magistraturadagi taʼlimning sirtqi shaklidagi oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, maxsus dasturiy taʼminot yordamida onlayn, modullar boʻyicha nazorat sinovlari esa anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Magistraturaning “tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha taʼlimning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Akademiyada oʻqish davri vakolatli davlat organlari xodimlari uchun pensiyaga chiqish, unvon (daraja) olish va koʻp yillik xizmatini hisoblash huquqini beruvchi umumiy xizmat (harbiy xizmat) stajiga oʻqishning bir yili xizmat (harbiy xizmat)ning bir yiliga tenglashtirilgan holda kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
13. Magistratura bitiruvchilariga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi diplom va “huquq magistri” darajasi, shuningdek Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi akademik koʻkrak nishoni beriladi.
Akademiya magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom harbiy xizmat (xizmat)ni oʻtashda Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Akademiyasining ikki yillik magistratura dasturini, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ikkinchi darajadagi magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga tenglashtiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi 257-son “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy yetish toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
Oʻqish yakunlari boʻyicha yuqori natijalarga erishgan vakolatli davlat organlari xodimlari magistraturani tamomlashi bilan, qoida tariqasida, ilgari egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
Oʻqishda yuqori natijalar qayd etgan tashqi nomzodlar esa Akademiya kengashining qaroriga koʻra prokuratura organlariga xizmatga tavsiya etilgan taqdirda, ular faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi darajali unvon berilishi koʻzda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi.
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
14. Idoralararo qabul komissiyasi va Akademiya qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qabul komissiyalari) tomonidan har yili 1-maydan boshlab oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari, qabul parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Akademiya va vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Qabul komissiyalari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash ushbu komissiyalarning masʼul kotiblari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Qabul komissiyalarining masʼul kotibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Qabul komissiyalari faoliyatida uning uch va undan ortiq aʼzolari hamda komissiya raisi ishtirok etganda, u vakolatli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
15. Magistraturaga oʻqishga kirish uchun hujjatlar har yili:
“tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha — 10-maydan 10-iyunga qadar;
16. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
maʼlumotnoma-obyektivka;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) nusxasi;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (ilovasi bilan) yoki diplomdan koʻchirma (Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun);
tashqi nomzodlar uchun — chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning elektron nusxasi (ichki nomzodlar uchun mavjud boʻlganda);
ichki nomzodlar uchun — nomzodning bevosita rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanoma hamda attestatsiya komissiyasi qarori.
17. Nomzodlar tomonidan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maxsus elektron platformasi orqali taqdim etiladi.
Nomzodlar ish tajribasi va kasb malakasiga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni ham taqdim etishlari mumkin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
18. Nomzodlar tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng, ularga shu kunning oʻzida hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
19. Hujjatlar belgilangan muddatda toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, nomzodga kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
20. Hujjat topshirgan nomzodlarning roʻyxati elektron shaklda avtomatik tarzda shakllantirib boriladi.
21. Prokuratura organlari xodimlarining xizmat boʻyicha lavozimga loyiqligini aniqlash maqsadida, shuningdek ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish hamda magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan ichki nomzodlarning roʻyxatini shakllantirish maqsadida Bosh prokurorning buyrugʻi bilan attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ichki nomzodlarning nazariy bilim va amaliy salohiyati darajasi, shuningdek ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalarga ega ekanligini aniqlash maqsadida tegishliligi boʻyicha ular xizmat olib borayotgan joydagi prokuratura organlarining attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbat oʻtkaziladi va ichki nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlaridagi hujjatlari oʻrganiladi.
22. Ichki nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat hamda ularga oid hujjatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
ichki nomzodni magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida;
ichki nomzodni magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etishni rad qilish toʻgʻrisida.
23. Attestatsiya komissiyalarida ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish, suhbat natijasiga koʻra magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan ichki nomzodlarning roʻyxatini shakllantirish magistraturaga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
24. Tanlovni ushbu Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish Qabul komissiyalariga yuklatiladi. Tanlov Qabul komissiyalari va (yoki) u tomonidan belgilangan boshqa vakolatli tashkilot tomonidan oʻtkaziladi.
25. Masʼul kotib tanlovni oʻtkazish sanasini belgilash hamda unda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan nomzodlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Qabul komissiyalariga taqdimnoma kiritadi va bu haqda Qabul komissiyalari raislarining tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
26. “Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha tanlovga kiritilgan fanlar dasturi, qoida tariqasida, yozma imtihon oʻtkazilishidan bir oy oldin Akademiya rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
27. Tanlov boshlangunga qadar Idoralararo qabul komissiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq konsultatsiyalar tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
28. Idoralararo qabul komissiyasi raisi tomonidan komissiya aʼzolari, Akademiyaning boshqa xodimlari va kelishuv asosida jamoatchilik vakillari auditoriyalarga masʼul (auditoriya kuzatuvchisi) etib jalb qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Tanlovni oʻtkazish jarayoni videotasvirga olinadi va undan nusxa koʻchirish taqiqlanadi.
29. Tanlov oʻtkaziladigan binoda imtihon materiallarini tarqatish, yigʻib olish va saqlash uchun imtihon vaqtida seyflar bilan jihozlangan maxsus xona-shtab tayyorlanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
30. Tanlov oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarda ularni oʻtkazish uchun sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga, yongʻin xavfsizligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
31. “Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha imtihon topshiriqlari psixologik tanlov, mutaxassislik fanlari hamda chet tillari boʻyicha savollar va vazifalar shaklida tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
32. Imtihon savollari va vazifalarini tuzishda quyidagi talablarga alohida eʼtibor qaratiladi:
a) psixologik tanlov boʻyicha:
psixologik tanlov nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
b) mutaxassislik fanlari boʻyicha:
nomzodlarda tahliliy fikrlash darajasini, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilishi;
tegishli fan oʻquv dasturiga, shuningdek tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi;
mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini aks ettirishi;
loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi;
foydalanilgan tushuncha va atamalarni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida va fanda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishi;
umumqabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq rasmiy til uslublari va yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi;
v) chet tillari boʻyicha:
nomzodlarning matn va atamalarni tushunish hamda ulardan foydalana olish darajasini aniqlashga qaratilishi;
qisqa, aniq va tushunarli til bilan ifodalanishi hamda V2 darajasiga muvofiqligi;
umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
33. Yozma imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda Akademiya boshligʻi tomonidan ekspert guruhi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Imtihon savollari va vazifalarining sifati hamda toʻgʻri tuzilganligi boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi rahbariga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
34. Chet tilidan kirish imtihonlari savollari va vazifalari ingliz, nemis, fransuz tilida yoki Idoralararo qabul komissiyasi qaroriga koʻra, nomzodning xohishini inobatga olib, boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
35. Ekspert guruhi tomonidan biletlar shaklida tuzilgan kirish imtihonlari savollari va vazifalari masʼul kotibga saqlash uchun topshiriladi.
36. Tanlovlarni oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Idoralararo qabul komissiyasi tomonidan tanlovlar boshlanishidan kamida bir hafta oldin nomzodlar eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
37. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan belgilangan vaqt va joyga kelishlari lozim.
Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi, shuningdek kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi va bunday nomzodlarga tegishli imtihon uchun “0” ball qoʻyiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
38. Imtihon kuni auditoriyaga oʻquv adabiyoti, lugʻat, maʼlumotnoma, jadval, konspekt, yozuv daftari, qogʻoz yoki elektron shakldagi shpargalkalar, normativ-huquqiy hujjatlar, kalkulyator, aloqa vositalari, audio, foto va video yozish qurilmalarini olib kirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek imtihon savollari va vazifalari yuzasidan nomzodlarning oʻzaro suhbatlashishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
39. Nomzodlarning imtihon davomida auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda nomzodlarga imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
40. Belgilangan tartibni buzgan nomzod kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi, bunda auditoriya kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu nomzodning imtihon javoblari baholanmaydi hamda u imtihonda ishtirok etmagan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
41. Tanlov oʻtkazilayotgan vaqtda Idoralararo qabul komissiyasi aʼzolari va ushbu komissiya tomonidan tanlovni oʻtkazishga jalb etilganlardan tashqari shaxslarning tanlov oʻtkaziladigan binoga (auditoriyaga) kirishi taqiqlanadi.
42. Kirish imtihonlari uchun maksimal ball 150 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha yozma imtihon — 0 balldan 100 ballgacha.
Bunda, har bir javob 100 ballik tizimda baholanib, ushbu ballar qoʻshiladi hamda savollar va vazifalar soniga boʻlinadi, hosil boʻlgan qiymat tegishlicha imtihondan olingan yakuniy ball hisoblanadi;
chet tili boʻyicha yozma imtihon — 0 balldan 50 ballgacha.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
43. Kirish imtihonlari natijalari Idoralararo qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
44. Tanlov natijalari Akademiya qabul komissiyalari tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida darhol eʼlon qilinadi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish
45. Tanlov psixologik tanlov, mutaxassislik fanlaridan yozma imtihon (esse) va chet tili fani boʻyicha test sinovidan iborat boʻladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
46. Ekspert guruhi tomonidan tanlovni oʻtkazish uchun mutaxassislik fanlari boʻyicha savol va vazifalar tuziladi. Bunda, mutaxassislik fanlaridan yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 ta savol va vazifadan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
47. Yozma imtihon uchun taklif etiladigan savol hamda vazifalarning tarkibini tasdiqlash Idoralararo qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
48. Psixologik tanlov uchun 50 ta va chet tilidan 30 ta test savollari hamda vazifalari Agentlik tomonidan tuziladi va oʻtkaziladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
49. Maxsus psixologik tanlov Agentlik tomonidan quyidagi mezon asosida baholanadi:
test topshiriqlarini bajarish uchun test savollariga 40 daqiqa (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball beriladi;
maxsus psixologik tanlov natijalari 0 balldan 100 ballgacha baholanadi, 20 balldan past ball toʻplagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi;
maxsus psixologik tanlov natijalari apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmaydi.
50. Shakllantirilgan yozma imtihon biletlari konvertlarga solinadi, ular oʻz navbatida tegishli mutaxassisliklar boʻyicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinadi. Konvertlar va paketlar Idoralararo qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi va shtabda saqlanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
51. Auditoriya kuzatuvchilari nomzodlar guvohligida yozma imtihon biletlari solingan konvertlar muhrlanganligiga ishonch hosil qilgach, ularni ochadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Auditoriya kuzatuvchilari yozma imtihon biletlariga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib, muhrlangan daftarlarni tartib bilan tarqatadi.
Bunda, daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda Idoralararo qabul komissiyasi muhri va komissiya raisining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
52. Auditoriya kuzatuvchilari nomzodlarga daftar muqovasida oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatishi, daftar varaqlarini buklamaslik, farq qiluvchi belgilar qoʻymaslik, yozuvlar tagiga chizmaslik, javoblarni belgilashda koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanmaslik haqida tushuntirish berishi, shuningdek ushbu talablarni buzish yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ularni ogohlantirishi lozim.
53. Yozma imtihon (esse)ni yozishga, qoida tariqasida, toʻrt soat vaqt beriladi.
54. Yozma imtihon (esse) yakunlangach, auditoriya kuzatuvchilari har bir daftarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyib, daftarlar muqovasini yirtib oladi va daftarlar solingan qutilarni, shuningdek muhrlanib, imzolangan konvertga solingan daftarlar muqovalarini masʼul kotibga topshiradi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
55. Yozma ishlarni tekshirish va baholash maqsadida imtihon yakunlangan kunning oʻzida Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan maxsus komissiya tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
56. Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan yozma ishlarni tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
Yozma ishlarni tekshirish jarayonini onlayn kuzatib borishni taʼminlash maqsadida mazkur jarayon Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etib boriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
57. Maxsus komissiya raisi daftarlar solingan qutilarni masʼul kotibdan qabul qilib olib, maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida ochadi va daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki nomzodning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilar mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi. Bunday ishlar tekshirilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
58. Yozma ish natijalari tegishli shifrlar bilan alohida qaydnomaga kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Daftarlar va yozma ish natijalari qaydnomasi qutilarga solinadi hamda maxsus komissiya raisi tomonidan masʼul kotibga topshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻqishga qabul qilingan nomzodlarning yozma ishlari ularning oʻqish davrlari mobaynida, qabul qilinmagan nomzodlarning yozma ishlari 6 oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
59. Yozma ish natijalari Idoralararo qabul komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma shaklidagi qaror bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
60. Chet tili boʻyicha imtihon Agentlik tomonidan ushbu Nizom qoidalarini inobatga olgan holda, Akademiya bilan kelishilgan tartibda oʻtkaziladi va baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
61. Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning quyidagi darajalariga ega boʻlgan nomzodlarga chet tilidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi:
ingliz tili uchun — B2 (“Multilevel” test sinovida kamida 51 ball) va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5.5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar (ispan, turk, arab, hind, xitoy, koreys, italyan) uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajasi B2 va undan yuqori.
5-bob. Tanlov natijalari boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
62. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
63. Tanlov natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun qabul komissiyalari faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan kamida 5 nafar aʼzodan iborat Bosh prokuror buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellyatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Nomzod apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Apellyatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida nomzodga xabar beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
64. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiyani koʻrib chiqishda tanlovning toʻgʻri oʻtkazilganligi, yozma imtihon javoblarining xolis tekshirilganligi va toʻgʻri baholanganligiga baho beriladi hamda uning natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va nomzodning shikoyatini qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmagan nomzodga apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kuni axborot-kommunikatsiya vositalari orqali xabar beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
65. Zarur hollarda, apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga maxsus komissiya aʼzolari, auditoriya kuzatuvchilari va boshqa shaxslar jalb qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
66. Nomzodning shikoyati qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi nomzodning imtihon ishiga uzil-kesil ball qoʻyadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
6-bob. Magistraturaga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
67. Qabul komissiyasi tomonidan nomzodlarning tanlovda olgan ballari jamlanib, umumiy qaydnomada har bir mutaxassislik boʻyicha tashqi va ichki nomzodlarning alohida roʻyxati shakllantiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Roʻyxatda nomzodlar har bir mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida hamda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganlar ketma-ketligida joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Bunda, taʼlimning kunduzgi shakli boʻyicha bir oʻquv yilida qabul parametrlari doirasida ichki nomzodlardan:
bir hududdan, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokuraturalari va unga tenglashtirilgan prokuraturalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosidan nomzodning toʻplagan bali ketma-ketligiga koʻra koʻpi bilan 2 nafardan;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaziy mahkamasining tarkibiy boʻlinmalaridan 1 nafardan, Akademiyadan koʻpi bilan 2 nafar nomzod oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
68. Qabul parametrlari va tanlov natijalaridan kelib chiqib, Akademiya qabul komissiyasi tomonidan minimal oʻtish ballari belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
69. Tanlov natijalariga koʻra, qabul parametrlari boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
70. “Tergov faoliyati” mutaxassisligidan boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tasdiqlangan qabul kvotalari toʻlmay qolgan taqdirda, boshqa mutaxassislikka oʻqishga kirish uchun hujjat topshirib, belgilangan minimal oʻtish balidan kam ball toʻplagan nomzodlar ballar ketma-ketligi boʻyicha Qabul komissiyasining qarori asosida toʻlmay qolgan mutaxassislik kvotasi doirasida oʻqishga tavsiya etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
71. Umumiy qaydnoma asosida Idoralararo qabul komissiyasi tomonidan “tergov faoliyati” mutaxassisligi, boshqa mutaxassisliklar boʻyicha Akademiya qabul komissiyasi tomonidan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
72. Qabul komissiyalari bayonnomalariga asosan Akademiya boshligʻining nomzodlarni davlat granti asosida magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish hamda toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqidagi buyrugʻi chiqariladi hamda bu haqdagi maʼlumot Akademiya rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tavsiya etilgan nomzodlar shartnomada belgilangan toʻlov summasining tegishli qismini belgilangan muddatda toʻlagan taqdirda Akademiya boshligʻining magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish haqida buyrugʻi chiqariladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
73. Toʻlov-kontrakt asosida darsga qoʻyilgan nomzodlar shartnomada belgilangan muddatda toʻlov summasini toʻliq amalga oshirishlari lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Toʻlov-kontrakt boʻyicha shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagan nomzodlar oʻqishdan chetlashtiriladi va bu haqda Akademiya boshligʻining buyrugʻi chiqariladi.
Oʻqishdan chetlashtirilgan nomzodning oʻrniga Akademiya qabul komissiyaning qaroriga asosan ballar ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatdagi keyingi nomzod toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
74. Akademiya magistraturasining kunduzgi yoki kechki shakliga oʻqishga qabul qilingan tinglovchilar arizalariga koʻra oʻqishni sirtqi yoki masofaviy shakliga oʻtkazishi mumkin.
Sirtqi yoki masofaviy shakldagi magistraturaga oʻqishga qabul qilingan tinglovchilar oʻqish davri davomida taʼlimni kunduzgi yoki kechki shakliga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
75. Magistraturaga oʻqishga kirish uchun nomzodlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning elektron nusxalari nomzodlar oʻqishni yakunlagunga qadar dasturiy taʼminotda saqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
76. Magistraturada oʻqitishni tashkil etish jarayoni Magistratura fakulteti tomonidan Akademiyaning kafedra, markaz va boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
77. Magistraturada oʻqitish tinglovchilarni prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, shuningdek vakolatli davlat organlarining tergov faoliyatiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlash maqsadida, ularni zarur oʻquv-metodik va moddiy-texnik baza bilan taʼminlagan holda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
78. Magistraturada akademik kredit tizimining joriy etilishi, Akademiya xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda tinglovchilarning huquq va majburiyatlari, oʻquv-metodik, ilmiy-pedagogik faoliyati, amaliyot oʻtashi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashi va oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar Akademiya tomonidan belgilanadi.
7-bob. Tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
79. Tinglovchi Akademiya magistraturasi tinglovchilari safidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquv intizomini va Akademiya magistraturasida ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun Akademiya kengashi qarori asosida;
akademik qarzdorligi tufayli Akademiya kengashi qarori asosida;
oʻquv yili davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda tinglovchilar safidan chetlashtirilganlar qayta tiklanmaydi);
vafot etganligi sababli yoki sud qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
80. Intizomiy jazoga tortilgan tinglovchi oʻziga qoʻllanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan Bosh prokurorga shikoyat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
81. Tinglovchiga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo yuzasidan maʼlumot uning shaxsiy yigʻmajildida saqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
82. Magistraturaning “tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi shaklda oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlari tinglovchilar safidan chetlashtirilganda, unga oʻqishdan chetlashtirilguniga qadar toʻlanib kelingan oylik ish haqini qaytarish masalasi ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi.
83. Magistraturaning “tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi shaklda oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlari oʻqish davrida oʻz xohishiga koʻra xizmatdan boʻshagan taqdirda, ular toʻliq oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlashi lozim boʻladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
84. Tinglovchi Akademiyadan chetlashtirilganda unga akademik maʼlumotnoma beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
85. Tinglovchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
86. Davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida magistraturada tahsil olayotgan tinglovchilar tinglovchilar safidan chetlashtirilgan taqdirda ular keyingi oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tiklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Oʻqishga tiklangan tinglovchilar modullar boʻyicha olinmay qolgan kreditlarga mos ravishda toʻlov-kontrakt summasini toʻlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
87. Fanlar boʻyicha qayta taʼlim olish uchun toʻlov qiymati Akademiya tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta taʼlim olish uchun toʻlov mexanizmi Akademiya tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi taʼlim olish uchun toʻlanadigan umumiy summani rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
88. Tinglovchi tomonidan chetlashtirilgunga qadar oʻzlashtirgan sinov birliklari miqdori Akademiya tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi. Akademik qarzdorligi tufayli tinglovchilar safidan chetlashtirilgan tinglovchilar keyingi oʻquv yilida tegishli oʻquv semestridan boshlab faqat oʻzlashtira olmagan modullarni takroran oʻqishi mumkin.
89. Shartnoma asosida bir tinglovchi oʻqishni qayta tiklash soni chegaralanmaydi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
90. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Akademiya hamda vakolatli organlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
91. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va oʻqishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Oʻtkaziladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
(Akademiya)
Oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari va qabul parametrlari toʻgʻrisida Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish.
Har yili 1-maydan boshlab
2-bosqich
Nomzodlar,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik)
1. Nomzodlar tomonidan Agentlikning maxsus platformasi orqali oʻqishga kirish uchun zarur hujjatlarni topshirish.
Bunda, hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida nomzodlarga maxsus platforma orqali darhol xabarnoma yuboriladi.
10-may — 10-iyun
(“tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha)
10-iyun — 31-iyul
(boshqa mutaxassisliklar boʻyicha)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari,
prokuratura organlari attestatsiya komissiyalari
2. Attestatsiya komissiyalarida ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish, suhbat natijasiga koʻra magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan ichki nomzodlarning roʻyxatini shakllantirish.
Oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar
3-bosqich
Agentlik
“Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kirishga nomzodlar uchun psixologik tanlov (test shaklida) oʻtkazish.
Har yili iyul oyida
(bir hafta ichida)
4-bosqich
Akademiya,
Agentlik
“Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha nomzodlar uchun yozma imtihon (esse shaklida) (Akademiya tomonidan) va test sinovi (Agentlik tomonidan) oʻtkazish.
Boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tashqi nomzodlarning bakalavriat diplom balli oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat uchun berilgan ballni hisoblash. Bunda, boshqa mutaxassisliklar boʻyicha ichki nomzodlar uchun tanlov tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
Har yili avgust oyida
(bir hafta ichida)
5-bosqich
Akademiya qabul komissiyalari
Tanlov natijalarini Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
Tanlov yakunlangandan soʻng darhol
6-bosqich
Nomzodlar
1. Tanlov natijalari boʻyicha shikoyat qilish.
Tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida
Apellyatsiya komissiyasi
2. Shikoyatlarni koʻrib chiqish.
2 ish kuni ichida
7-bosqich
Akademiya
Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish.
Tanlov natijalari eʼlon qilingandan eʼtiboran 10 kun ichida
8-bosqich
Akademiya boshligʻi
1. Nomzodlarni davlat grantlari asosida magistraturaga qabul qilish va toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqida buyruq chiqarish.
Qabul komissiyasi oʻz ishini yakunlagandan soʻng 3 kun ichida
2. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish haqida buyruq chiqarish.
Toʻlov-kontrakt summasining tegishli qismi toʻlangandan soʻng 3 kun ichida
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilishni tashkil etish va oʻqitish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
doktorant — Akademiyaga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science) (keyingi oʻrinlarda — fan doktori (DSc)) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
izlanuvchi — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) (keyingi oʻrinlarda — falsafa doktori (PhD)) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori ((DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
mustaqil izlanuvchi — Akademiyaga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydigan taʼlim turi;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti — Akademiyada tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshirish tizimi;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi yuzasidan hisobotlarni shakllantirish boʻyicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga moʻljallangan axborot tizimi;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish maqsadida ochiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
bepul tayanch doktorantura va doktorantura shaklida oʻqitish;
bepul va toʻlov-kontrakt asosida mustaqil tadqiqotchilik shaklida oʻqitish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
6. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha olish rejalashtirilganda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — OAK) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim.
Bakalavriat taʼlimi yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi taʼlimning turli sohalariga tegishli boʻlganda, OAK tomonidan belgilangan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirish sharti bilan, bakalavriat taʼlimining yoʻnalishiga tegishli boʻlgan taʼlim sohasiga muvofiq mutaxassislik boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasining belgilangan tartibda tayyorlanishiga va himoya qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
7. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlashni taʼminlash, shuningdek dissertatsiya tadqiqotlarini oʻtkazishda ularga ilmiy va oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar Akademiya kengashi qarori bilan ilmiy rahbarlarga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar esa — ilmiy konsultantlarga biriktiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy konsultantni tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Tanlangan tadqiqot mavzusi asosida barcha tadqiqotchilar Akademiya kengashi qarorlari bilan Akademiyaning tarkibiy boʻlinmasiga biriktiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
8. Akademiyaning fan doktori bir vaqtning oʻzida oltitadan koʻp boʻlmagan doktorantlar uchun rahbar va maslahatchi boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Ilmiy unvoni boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning oʻzida uchtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga Akademiya kengashi xulosasi asosida toʻrttadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Ilmiy unvoni boʻlmagan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy rahbar bir vaqtning oʻzida ikkitadan koʻp boʻlmagan doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbari boʻlishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga Akademiya kengashi xulosasi asosida uchtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan izlanuvchilarga oʻrnatilgan meʼyordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
9. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida Akademiyaning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
2-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tayanch doktorantura va doktorantura shaklida tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
11. Tayanch doktorantura va doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun qabul kvotasi (keyingi oʻrinlarda — qabul kvotasi), qoida tariqasida, tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlangan oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish umumiy parametrlarining 30 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ilmiy markaz boshligʻining taqdimnomasiga asosan Akademiya boshligʻi ruxsat bergan taqdirda, Akademiya doktorantlari haftasiga 10 soatdan oshmagan hajmda soatbay tartibidagi pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin. Boshqa har qanday mehnat faoliyati taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiya doktorantlariga stipendiyasi saqlab qolingan holda 21 kalendar kunidan iborat har yilgi mehnat taʼtillari beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tayanch doktorantura hamda doktorantura bosqichiga oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiya har yili 1-iyunga qadar Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar, amaldagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi, taʼlim olayotgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan bitta ilmiy rahbar va bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan izlanuvchilar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab attestatsiyadan oʻtgan yoʻnalishlar boʻyicha tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
12. Akademiya tomonidan qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni har yili 10-iyunga qadar Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
13. Akademiya har yili 1-sentabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar, topshiriladigan imtihonlar roʻyxatini va qabul kvotasi miqdorini koʻrsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish toʻgʻrisida eʼlon beradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatlar Akademiya tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha boʻlgan davrda Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
14. Tayanch doktoranturaga quyidagilar qabul qilinadi:
yuridik soha boʻyicha bakalavr va magistr diplomi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi (ixtisoslik boʻyicha) diplomga ega boʻlganlar;
yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar;
ilmiy tadqiqotlar uchun tanlangan mavzu bilan bogʻliq kamida uch yillik ish tajribasi;
chet tilini bilish darajasining milliy yoki tegishli xalqaro sertifikati.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
15. Akademiyada boshliq raisligida qabul komissiyasi tuziladi. Qabul komissiyasi aʼzolari boshliq tomonidan tegishli ixtisoslik boʻyicha yetakchi mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ixtisoslik boʻyicha imtihonlarni topshirishda qabul komissiyasi tarkibida kamida bitta fan doktori yoki professor boʻlishi zarur, komissiyaning qolgan aʼzolari fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (PhD) boʻlishi mumkin.
16. Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
17. Doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
yuridik fanlar nomzodi yoki yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
yuridik fanlar nomzodi yoki yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
18. Doktoranturada oʻqishga talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oliy maʼlumot, yuridik fanlar nomzodi yoxud yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
19. Chet tilini bilish toʻgʻrisidagi milliy yoki tegishli xalqaro sertifikat quyidagi toifalarda qabul qilinadi:
IELTS — oʻrtacha balli kamida 5,5;
TOEFL (RVT) — 567 balldan kam boʻlmagan;
TOEFL (iBT) — 87 balldan kam boʻlmagan;
CEFR — V2 darajadan past boʻlmagan;
chet tilida malaka imtihonini topshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma — kamida 60 ball, berilgan kunidan boshlab besh yildan ortiq boʻlmagan muddatda amal qiladi.
Kirish imtihonlari savollari Akademiyaning tarkibiy tarmoqlari tomonidan tuziladi va Akademiya boshligʻining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Doktoranturaga daʼvogarlar qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan mutaxassislik boʻyicha imtihon va suhbatdan oʻtadilar.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
20. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1 — 25-noyabr kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
21. Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan 30-noyabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari boʻyicha ular tomonidan toʻplangan yakuniy ballari teng boʻlgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
a) tayanch doktoranturaga:
magistraturani aʼlo baholar bilan tamomlaganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega boʻlganlar;
koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlganlar;
b) doktoranturaga:
5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega boʻlganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega boʻlganlar;
monografiya, talabgorning dissertatsiya mavzusi boʻyicha tegishli ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni boʻyicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) koʻp miqdorda ilmiy maqolaga ega boʻlganlar;
dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan koʻp qismini bajarganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
22. Qabul komissiyasi tayanch doktorantura va doktoranturada taʼlim oluvchilarning kirish imtihonlari va oʻtkazilgan suhbat natijalarini majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiradi va besh kun muddatda Akademiya kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan bir vaqtning oʻzida tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan shaxslarning dissertatsiyalari mavzulari, shuningdek ular biriktirilgan tarkibiy tarmoqlar tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Qabul komissiyasi kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyatsiya) oʻtkazish choralarini koʻradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
23. Tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga qabul qilish Akademiya boshligʻi buyrugʻi bilan har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda tayanch doktorantura va doktoranturada taʼlim olish keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar (konsultant boʻlgan taqdirda) ham belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
24. Tayanch doktorantura va (yoki) doktoranturada oʻqishga qabul qilinganlar, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultantlar tayinlangan holatlarda) toʻgʻrisidagi maʼlumot Akademiya tomonidan har yili 15-dekabrgacha Yagona elektron tizimga kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
25. Doktorantlar dissertatsiyalarining tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maslahatchi tayinlanganda) Yagona elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek OAKning Byulletenida eʼlon qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
26. Doktorant ilmiy rahbar va konsultant (konsultant tayinlangan holatlarda) bilan birgalikda yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi. Yakka tartibdagi reja tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga oʻqishga qabul qilingandan keyin bir oyda Akademiya boshligʻining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
27. Ilmiy rahbar doktorant uchun ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqadi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktoranturaga oʻqishga qabul qilingandan boshlab bir oy muddat ichida Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, mazkur ixtisoslik boʻyicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqot usullarini oʻz ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant tomonidan oʻqishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbarning yordamida oʻzlashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
28. Oʻqishga qabul qilingan shaxslarga, shu kundan boshlab stipendiya umumiy belgilangan miqdor va tartibda toʻlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
29. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tasdiqlangan kvotalarini hisobga olgan holda tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda Akademiyaning tegishli sohalariga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
30. Tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati uzoq vaqt kasal boʻlish, homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlish davriga, shuningdek harbiy yigʻinlarga chaqirilish munosabati bilan ikki yil muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
31. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq malakaviy imtihonlarni topshirganlaridan keyin himoya qilishga qoʻyiladilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
32. Akademiyada ilmiy rahbarlar va konsultantlarning doktorantlar bilan mehnatiga haq toʻlash har oyda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan tartibda har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan, shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan doktorantlarning ilmiy rahbarlari va konsultantlarning mehnatiga haq toʻlash oʻqitish uchun kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
33. Tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati uch yilni tashkil etadi, bu vaqt doktorantlarning umumiy ish stajiga qoʻshiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
34. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi.
3-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
35. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega shaxslar rasmiylashtiriladi:
yuridik soha boʻyicha bakalavr, magistr diplomi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi (ixtisoslik boʻyicha) diplomga ega boʻlganlar;
belgilangan ilmiy maqolalariga ega boʻlganlar, shu jumladan, ilmiy jurnalda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin boʻlgan tegishli ilmiy sohalardagi ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezis.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchilikka oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
36. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka yuridik fanlari nomzodi yoki yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega boʻlgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan soʻng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Fanlari nomzodi yoki fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) yuridik fan sohasiga mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha olish rejalashtirilganda talabgorlar yuridik soha boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim va ushbu nizomning 6-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
37. Akademiya talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi.
38. Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan Akademiyaga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) nusxasi;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun bakalavr va magistrlik yoxud oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun yuridik fanlar nomzodi yoki yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
39. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha boʻlgan muddatda ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va Akademiyadagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
40. Talabgorlar Akademiya boshligʻining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrga qadar eʼlon qilinadigan buyrugʻi bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant boʻlgan taqdirda) belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
41. Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq Akademiya boshligʻi tomonidan qabul qilinganidan soʻng 5 kun davomida Yagona elektron tizimga kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
42. Mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyalarining tasdiqlangan mavzulari hamda ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maslahatchi tayinlanganda) Yagona elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek OAKning Byulletenida eʼlon qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
43. Mustaqil izlanuvchilar rasmiylashtirilganlaridan soʻng bir oy muddatda ilmiy rahbar yoki konsultant (konsultant boʻlgan taqdirda) bilan kelishgan holda yakka tartibdagi rejalarini Akademiyada koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Mustaqil izlanuvchi yakka tartibdagi rejasini qabul qilinganidan soʻng 5 kun davomida Yagona elektron tizimga kiritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
44. Amaldagi barcha talablarni bajargan va dissertatsiyasini OAK talablariga muvofiq ravishda rasmiylashtirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya himoyasiga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
45. Akademiyada ilmiy rahbarlar va konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan olib boradigan ishi uchun haq mehnatga soatbay haq toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda oʻquv mashgʻulotlari olib borilgani uchun har bir izlanuvchi hisobiga bir yilda 50 soat hisobidan har oyda toʻlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Akademiyada ilmiy rahbar yoki konsultant muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobdan oylik maosh olayotgan boʻlsa, mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash uning umumiy oʻquv yuklamasi hajmiga kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
Ilmiy rahbarlar va konsultantlarning xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq toʻlash oʻqish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
46. Bir necha ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida bir vaqtning oʻzida mustaqil izlanuvchilikka yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni toʻlov-kontrakt asosida tashkil etish
47. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning ortiqcha kvotasiga mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Bepul asosda qabul qilingan izlanuvchilarning qabul kvotasi, har chorakda Akademiyaning kengashi qarori bilan yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni, Akademiya talabalar kontingentining mavjudligini tahlil qilish asosida tasdiqlanadi, belgilangan tartibda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy maslahatchilarining samaradorligi belgilanadi.
Kvota boʻyicha qabul qilingan izlanuvchilar oʻqishga qabul qilingandan soʻng uch yil mobaynida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishlari shart. Uch yildan soʻng, ushbu izlanuvchilar avtomatik ravishda toʻlov-kontrakt asosidagi taʼlimga oʻtadilar.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
48. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish va oʻqitish qonunchilik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul kvotalaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
49. Akademiyada toʻlov-kontrakt asosida oʻqish stavkalari har yili Akademiyaning Muvofiqlashtiruvchi vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
50. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni toʻlov-kontrakt asosida taqdim etishda toʻlov miqdori, boshqa narsalar qatori, ilmiy rahbarlar va maslahatchilar, opponentlar, shuningdek ilmiy seminar va ilmiy kengash aʼzolarining tadqiqotlar va eksperimentlar oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni inobatga oladigan haq miqdori bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga oladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Akademiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasidan qoʻshimcha toʻlovlar miqdori ilmiy rahbar va maslahatchilar, opponentlar, taqrizchilar, shuningdek ilmiy seminar va ilmiy kengash aʼzolarining ish haqiga har yili Akademiyaning kengash tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
51. Akademiya Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tadqiqotchilarning faoliyati samaradorligini nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
52. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi:
a) oʻqishning birinchi yilida:
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
ixtisoslik boʻyicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;
tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;
ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi boʻyicha maʼruza bilan ishtirok etganligi;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumotning mavjudligi;
Akademiya seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumot natijalari boʻyicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) maʼruza qilganligi;
Akademiyaning ichki tartib qoidalariga rioya qilish;
dissertatsiyaning uchinchi va toʻrtinchi boblari tayyorligi;
tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida toʻrtta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi (shu jumladan, bittasi xorijda);
dissertatsiya mavzusi boʻyicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta maʼruza tezisining mavjudligi;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;
dissertatsiya yoki avtoreferatni Akademiya tarkibiy tarmoqlarida koʻrib chiqilganligi va muhokama etilganligi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
54. Monitoring natijalari Akademiya kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan izlanuvchilarga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Akademiya boshligʻi buyrugʻi bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va oʻqishga qayta tiklanmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Doktoranturadan monitoring natijalari boʻyicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Akademiyaning ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun oʻqishdan chetlatilgan shaxslar oʻqishga tiklanmaydi.
Shaxsiy rejalarni bajarmagan mustaqil izlanuvchilar Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan mustaqil izlanuvchilar safidan chetlashtiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Akademiya kengashi qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun toʻlanadigan haq toʻxtatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
55. Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta va undan koʻp) izlanuvchilarning dissertatsiyalarini oʻz vaqtida himoya qilishni taʼminlamagan ilmiy rahbarlar va konsultantlar Akademiya kengashi qarori bilan uch yilgacha boʻlgan davrga ilmiy rahbarlik yoki konsultantlikdan chetlatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
56. Akademiya kengashi tavsiyasi boʻyicha izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar faoliyatining samaradorligini nazorat qilish Akademiya kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
57. Tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatish uchun quyidagi asoslar hisoblanadi:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
58. Mustaqil izlanuvchini chetlashtirish uchun quyidagi asoslar hisoblanadi:
59. Tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatilgan shaxslar bir oy ichida ularga toʻlangan stipendiyaning toʻliq miqdorini qoplashlari shart. Sogʻligʻi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻlgan shaxslar Akademiya kengashi qarori bilan ularga toʻlangan stipendiya miqdorini qoplamaydi.
Akademiya kengashi qarori bilan pulni qaytarish muddati uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Belgilangan muddat tugagandan soʻng, qarz summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan sud tartibida undiriladi.
6-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
60. Qonunchilikda nazarda tutilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim talablarini bajargan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga oʻrnatilgan tartibda davlat namunasidagi tegishli falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) diplomi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tayanch doktorantura hamda doktorantura bosqichiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Oʻtkaziladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
(Akademiya)
Akademiyaning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida qabul toʻgʻrisida eʼlon berish.
Har yili 1-sentabrga qadar
2-bosqich
Akademiya
Tegishli hujjatlarni oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilish.
Har yili 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar
3-bosqich
Akademiya
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarini hamda doktoranturaga kirish suhbatini oʻtkazish.
Har yili 1-noyabrdan 25-noyabrga qadar
4-bosqich
Akademiya
Qabul komissiyasi tomonidan nomzodlar orasidan kirish imtihonlari hamda suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlarni tanlab olish.
Har yili 30-noyabrga qadar
5-bosqich
Akademiya
Kirish imtihonlari hamda suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Akademiya boshligʻining buyrugʻini qabul qilish.
Har yili 5-dekabrga qadar
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga mustaqil izlanuvchilikka oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Oʻtkaziladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
(Akademiya)
Akademiyaning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida qabul toʻgʻrisida eʼlon berish.
Har chorakda birinchi oyning
15 sanasidan
keyingi oyning
15 sanasiga qadar
2-bosqich
Akademiya
Tegishli hujjatlarni oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilish.
Har chorak 1 oy davomida
3-bosqich
Akademiya
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish maqsadida kirish suhbatini oʻtkazish.
Har chorakning soʻnggi oyiga qadar
4-bosqich
Akademiya
Kirish suhbatidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Akademiya boshligʻining tegishli buyrugʻini qabul qilish.
Har yili chorakning
5-mart,
5-iyun,
5-sentabr,
5-dekabr sanalariga qadar
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Akademiyasi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Boshliq
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
Boshliq oʻrinbosari
Boshliq yordamchisi
Kafedra (boshqarma, fakultet, boʻlim, markaz) boshligʻi
Professor
Dotsent
Katta oʻqituvchi
Oʻqituvchi
Boʻlim (boshqarma, fakultet, markaz) katta prokurori
Boʻlim (boshqarma, fakultet, markaz) prokurori
Bosh mutaxassisi
Yetakchi mutaxassis
1-toifali mutaxassis
2-toifali mutaxassis”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “Bosh prokuraturasi” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish uchun nomzodlar”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida:
a) 2-ilova (Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom)ning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Bosh prokuraturasi” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova (Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom)ning 2-bandidagi “Bosh prokuraturasi” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 873-son qarori bilan tasdiqlangan Prokuratura organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “Bosh prokuraturasi Akademiyasi” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish jadvalidan 107-pozitsiya chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 84-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 466-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 13-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Bosh prokuratura” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻining kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 19-avgustdagi 463-son qaroriga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizom ilovasining rus tilidagi matnining 5-bandi 5.5.-kichik bandi “, nachalnik Pravooxranitelnoy akademii” soʻzlari bilan toʻldirilsin.