Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Taʼlim tashkilotlarida koʻp yil xizmat qilgan pedagog kadrlarni yanada qoʻllab quvvatlash, ularning mehnatini ragʻbatlantirish, attestatsiya jarayonlarini soddalashtirish hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʻyxatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2023-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar”;