toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-588-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/588/4115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda):
1) 7-moddasining birinchi qismi “mulkdorlarning” degan soʻzdan keyin “yozma” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Davlat mulkida boʻlgan va hech kimga xoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan koʻchmas mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi”;
beshinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 10-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Shartnomada ipoteka narsasi uning nomi, turgan joyi va shu narsani oʻxshash deb topish uchun yetarli tarzdagi tavsifi koʻrsatilgan holda belgilab qoʻyiladi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk qaysi huquqqa koʻra garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlsa, shu huquq hamda garovga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning nomi koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
Ipoteka narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, biroq bu baholash koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ oʻtkazgan baholashdan kam boʻlmasligi kerak”;
4) 14-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.
Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini taʼminlash zaruratiga koʻra garovga oluvchi uni asrash va (yoki) qoʻriqlash uchun yoxud garovga qoʻyuvchining bu mol-mulk bilan bogʻliq soliqlar, yigʻimlar yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlash uchun xarajatlar qilishga majbur boʻlgan hollarda garovga oluvchining bunday xarajatlarini qoplash garovga qoʻyuvchi hisobidan taʼminlanadi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish garovga qoʻyuvchining arizasi asosida amalga oshiriladi. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak:
ipoteka toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma va uning nusxasi;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ilova tariqasida koʻrsatilgan hujjatlar;
roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi dalili;
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma uni roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kunida roʻyxatga olinishi kerak.
Binolar va inshootlar davlat kadastriga ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvi kiritilgan kun ipoteka davlat roʻyxatiga olingan sana hisoblanadi.
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish oshkora tadbir hisoblanadi. Navbatdagi garovga oluvchi, huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha yangi kreditor, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, bojxona organlari va sudlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi toʻgʻrisida qayd yozuvi bor-yoʻqligi haqidagi maʼlumot hamda ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan koʻchirma olishga haqlidir”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 24-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24-modda. Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar.
Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar.
Xodimlarning sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlish oqibatida yoki oʻz mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sogʻligʻi va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari oʻz tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, daʼvo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda):
1) 227-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“227-modda. Bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish
Bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 2411-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2411-modda. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, yaʼni tadbirkorlik faoliyati subyektini roʻyxatdan oʻtkazishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan boʻyin tovlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzdagi gʻayriqonuniy aralashish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlar “164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 2452-modda bilan toʻldirilsin:
“2452-modda. Adliya organlari
Adliya organlarining mansabdor shaxslari paxta xaridi boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazilganligi fakti aniqlangan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadilar.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda xoʻjalik sudiga yuboriladi”;
5) 255-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“255-modda. Mehnat boʻyicha davlat huquqiy va texnik inspektorlari
Mehnat boʻyicha davlat huquqiy va texnik inspektorlari ushbu Kodeksning 49, 50, 51, 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari;
mehnat normalari va mehnat shart-sharoitlari qoidalarini buzganlik uchun — mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari”;
6) 264-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “164-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(VII boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda):
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 497-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
3) 504-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
4) 565-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-dekabr,
320-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/588/4115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)