1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanoat zonalari va Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda hududlarda maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi oʻrinlarda — sanoat zonalari) faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirildi, maʼmuriy funksiyalarni nomarkazlashtirish, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalarining vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini boshqarish mexanizmi soddalashtirildi.
Shu bilan birga, sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirishda, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratishda, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qoʻshimcha yaratilgan imkoniyatlardan sanoat zonalari direksiyalari toʻliq foydalana olmayotganligi ularning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Sanoat zonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada soddalashtirish, investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni taʼminlash, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish maydonlarini birinchi bosqichda 3 qavat, kelgusida 5 qavatgacha qurish imkonini beruvchi loyihalar asosida barpo etish;
“Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralarini “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidan chiqarib tashlash;
yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni moliyalashtirish;
hududlarda Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari boʻyicha maʼmuriy kengashlar tugatilishi munosabati bilan ularning vakolatlarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga va yagona direksiyalarga oʻtkazish;
sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratish tartibi belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlarini muvofiqlashtirish;
yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarga 500 ming AQSh dollarigacha kreditlar ajratish.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-fevraldagi 89-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.B. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-mart,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga 1-ilovaning 5-yer uchastkasi boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-yer uchastkasi
1-boshlangʻich nuqta Nukus shahridagi “Nukus un zavodi” korxonasidan janubi-sharqiy tomondan 610 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 589,78 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab janubi-sharqiy yoʻnalishda 792,6 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara Nukus shahridagi “Nukus-polimer” korxonasi tomonga shimoliy yoʻnalishda 430,5 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 1219,2 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 435,1 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 862,56 metr masofada 7-nuqtagacha davom etadi.
7-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 425,42 metr masofada 8-nuqtagacha davom etadi.
8-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 731,13 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 10-maydagi 294-son qarorida:
8-band “boshqarmalari boshliqlari” soʻzlaridan keyin “Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar (keyingi oʻrinlarda — Yagona direksiyalar) bilan birgalikda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9 va 10-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Yagona direksiyalar” soʻzlariga almashtirilsin;
3-bob va 22-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“ishchi guruhining tavsiyasiga asosan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qoʻyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yoshlar sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish binolari birinchi bosqichda 2-3 qavat qilib, kelgusida 5 qavatgacha qurish imkonini beruvchi loyihalar asosida barpo etiladi”;
29-banddagi “Ishchi guruhlar” soʻzlari “Yagona direksiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “ishchi guruhlar aʼzolari” soʻzlari “Yagona direksiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish va moliyalashtirish
SXEMASI
Masʼul organ
Tadbirlar
Koʻrib chiqish muddati
I. Eshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish
Esh tadbirkorlik subyekti
Investitsiya loyihasiga doir takliflarini ishlab chiqadi.
Real vaqt rejimida
Loyihalar fabrikasi
Yosh tadbirkorlik subyektining loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatadi.
10 kalendar kuni ichida
Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini lotlarga ajratgan holda, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish uchun “Yerelektron” AATga kiritadi.
10 kalendar kuni ichida
Yosh tadbirkorlik subyekti
“E-auksion” savdo maydonchasi orqali yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer uchastkasini sotib olish uchun ariza kiritadi
Real vaqt rejimida
II. Ishlab chiqarish binolarini lizing va ijara asosida ajratib berish tartibi
Yosh tadbirkorlik subyekti
Ishlab chiqarish binolarini lizingga yoki ijaraga olish boʻyicha masʼul tijorat bankiga murojaat qiladi.
Real vaqt rejimida
Tijorat banki
Esh tadbirkorlik subyektiga milliy valyutada yillik oʻsimi (foydasi) 14 foiz miqdorida belgilangan holda ishlab chiqarish binolarini 7 yilga lizingga ajratish boʻyicha yosh tadbirkor bilan shartnoma imzolaydi.
10 kalendar kuni ichida
III. Esh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirish
Yosh tadbirkorlik subyekti
Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida tegishli tijorat bankiga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
Tijorat banki
Jamgʻarmadan moliyaviy resurslar olish uchun In�estitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuzadi va mablagʻ ajratish boʻyicha buyurtmanoma kiritadi.
Yosh tadbirkorlik subyekti arizasi qabul qilingandan keyin
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish Jamgʻarmadagi mavjud mablagʻlar doirasida, milliy valyutada 10 foiz stavkada, xorijiy valyutada 2 foiz stavkada amalga oshiriladi.
10 bank ish kuni ichida
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tijorat banklari tomonidan kiritilgan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tijorat bankiga bildirishnoma yuboradi.
Bildirishnomada moliyaviy resurslar (toʻliq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
10 bank ish kuni ichida
Tijorat banki
Tijorat banki moliyaviy resurs ajratilishi koʻrsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab, belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda bu toʻgʻrisida buyurtmanoma bergan yosh tashabbuskorga maʼlum qiladi.
3 bank ish kuni ichida
Yosh tadbirkorlik subyekti
Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilganda “Loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda investitsiya loyihasini yanada puxta ishlab chiqadi va tegishli tijorat bankiga takroran taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish, ularda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligini muvofiqlashtirib boradi.
Har oyda
”
Nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni moliyalashtirish”;
8-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yoʻla 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “100 ming AQSh dollari” soʻzlari “500 ming AQSh dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
“271. Jamgʻarma hisobidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida bir yoʻla bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun 1 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.
Bunda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tanlov natijalari hujjatlari va grant ajratish boʻyicha shartnoma ilova qilingan xati Jamgʻarma hisobidan grant ajratish uchun asos hisoblanadi.
Grant ajratish boʻyicha namunaviy shartnoma Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida uch tomonlama kelishiladi hamda Hukumat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)