toggle_night_mode
Hujjat 10.03.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan:
2023-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari tasdiqlanganligi;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) asosan qoʻllanilishi;
Tarif va notarif tartibga solish kengashi xulosasiga asosan Reyestrga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan import qiluvchilar kiritilishi tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Reyestrni shakllantirish, yuritish va tasdiqlash tartibi;
ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari, Reyestrga kiritishni rad etish hamda undan chiqarish tartibi;
Reyestrni yurituvchi vakolatli organning vazifalari, majburiyatlari va arizalarni koʻrib chiqish tartibi;
Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga nisbatan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-mart,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qaroriga
ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro brend — bu global miqyosda yagona strategik tamoyillarga asoslangan, maʼlum bir ishlab chiqaruvchi (huquq egasi) tovarlarini individuallashtirish uchun moʻljallangan va ular brendi ostida sotiladigan hamda savdoga qoʻyiladigan brend tovar;
Xalqaro brend Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va quyidagi dunyo mintaqalari (davlatlaridan) kamida ikkitasining chakana savdo internet resurslarida (saytlarida) ishtirok etishi lozim: Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari;
Keyingi tahrirga qarang.
Reyestr — Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar roʻyxati;
ariza beruvchilar — brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xalqaro brendlarning ayrim turdagi mahsulotlarni import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar;
vakolatli yetkazib beruvchilar — xalqaro brendlarning rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
brend tovar — xalqaro brendni qoʻllash yoki undan foydalanish orqali savdoga chiqarilgan, shuningdek xalqaro bozorda 5 yildan ortiq mavjud boʻlgan tovar;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchi — xalqaro brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xalqaro brend tovarlarini import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Reyestrni shakllantirish, tasdiqlash va yuritish tartibi
3. Reyestrni shakllantirish, tasdiqlash va yuritish tartibi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining vakolatli tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — vazirlikning vakolatli tashkiloti) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron yoki qogʻoz shaklda ariza yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi;
tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara) chakana savdo shahobchalariga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilishi.
6. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
xalqaro brendlar yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
akkreditatsiya qilingan xalqaro organlar tomonidan berilgan tovarlarning sifati yoki xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar; yoki xalqaro brendlar boʻlinmalarining vakolatli organlari tomonidan berilgan sifat sertifikatlari; yoki muvofiqlik deklaratsiyasi; yoki xalqaro brendlar egalarining muhri bilan tasdiqlangan, tovarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi sinov va sifat toʻgʻrisidagi hujjatlar;
tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot;
ariza berilayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot;
ariza beruvchining oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan turgʻun chakana savdo shahobchalari, shu jumladan binolari, brend tovarlarni sotish (savdo qilish) uchun obyektlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
xalqaro brend patentlangan tovar belgisining (logotip), shiorining, reklama roligining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
xalqaro brend tovarlarining xalqaro elektron onlayn savdo maydonlarida mavjudligi haqida maʼlumot;
brend egalarining xalqaro chakana savdo tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot;
jahonning quyidagi mintaqalaridan (davlatlaridan) kamida ikkitasi — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklarining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
doʻkonlarda chakana savdo qilish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun);
brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot.
Toʻliq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi, toʻliq hujjatlarga ega boʻlmagan arizaga esa, elektron tizim yoki yozma xabarnoma orqali 10 ish kuni mobaynida rad javobi beriladi hamda elektron tizimda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng, arizani qayta topshirish mumkin hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ariza u qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni mobaynida vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlikning vakolatli tashkiloti taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi va ularning mavjudligini rasmiy, ishonchli, foydalanish mumkin boʻlgan manbalar, shu jumladan, internet jahon axborot tarmogʻi orqali oʻrganadi va tekshiradi.
Taqdim etilgan hujjatlar haqiqiyligiga yoki undagi maʼlumotlarning aniqligiga shubha tugʻilganda, shuningdek internet-resurslar orqali toʻplangan maʼlumotlar yetarli deb hisoblanmagan holatlarda vazirlikning vakolatli tashkiloti tegishli vakolatli organlar yoki boshqa tashkilotlarga rasmiy soʻrov yuboradi. Bunda, arizani koʻrib chiqish muddati yana 10 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar haqiqiy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, vazirlikning vakolatli tashkiloti ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Tarif va notarif tartibga solish kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi Sertifikat bir yil amal qilish muddati bilan beriladi va ushbu muddat Reyestrda koʻrsatiladi.
Sertifikat investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sertifikat amal qilish muddati davomida unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, jumladan import shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv natijasida sertifikatni qayta rasmiylashtirish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sertifikatni soddalashtirilgan tartibda berishda, agar maʼlumotlar mazkur nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda oʻzgarmagan boʻlsa, ularni qayta taqdim etish talab etilmaydi va Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar yoki ularning distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlarining brenddan foydalanish yoki tarqatish vakolati muddatidan oldin tugatilgan hollarda Reyestrdan chiqariladi.
Bunda, ariza beruvchi vakolat muddati tugaganligi haqidagi maʼlumotni vazirlikning vakolatli tashkilotiga 5 kun muddatda maʼlum qilish majburiyatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ariza beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etishni rad etishi;
mazkur nizomning 6-bandida keltirilgan hujjatlar bilan taqdim etilgan maʼlumotlarda ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
ariza beruvchining mazkur Nizom talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Kengash tomonidan asoslantirilgan holda ariza beruvchini Reyestrga kiritishning rad etilishi;
Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari mintaqalarining (davlatlarining) kamida ikkitasining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotining mavjud emasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida mavjud emasligi;
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarning brend mahsulotlarini yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga mos kelmasligi;
tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara) chakana savdo shahobchalari mavjud emasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga elektron pochta orqali xabarnoma yuboriladi va ariza beruvchining iltimosiga binoan xabar pochta aloqasi orqali yozma ravishda yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar Reyestrdan chiqarishga asos hisoblanadi:
xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchining Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi;
Reyestrga kirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar hamda brenddan foydalanish huquqini beruvchi maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanishi;
yuridik shaxs uning arizasiga binoan qayta tashkil etilganligi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, Reyestrga kiritish masalasini koʻrib chiqish dastlabki murojaat kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Tarif va notarif tartibga solish Kengashi tomonidan xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida xulosa berish tartibi
13. Kengashning xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha majlislari bir oyda bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kengash qarorlari Kengash Bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Kengashning xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinishi uchun vazirlikning vakolatli tashkiloti ushbu Nizom talablariga javob beradigan har bir xulosa yuzasidan tegishli materiallarni elektron shaklda har oyda ikki marta (1 va 15-sanalarda) koʻrib chiqish uchun Kengash muhokamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ariza beruvchini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligidan Kengash raisi yoki uning oʻrinbosari, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo-sanoat palatasi vakillaridan iborat Kengash aʼzolari (keyingi oʻrinlarda — Kengashning vakolatli aʼzolari) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Kengash kotibiyati vazirlikning vakolatli tashkilotidan maʼlumotlar kelib tushgan kundan eʼtiboran 2 ish kuni mobaynida mazkur maʼlumotlarni Kengashning vakolatli aʼzolariga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Kengashning vakolatli aʼzolari 3 ish kuni ichida Kengash Kotibiyatiga xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilar Reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etishlari yoki Bayonnoma shaklidagi Kengash qarorini imzolashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Kengashning vakolatli aʼzolarining xulosasi ariza beruvchini Reyestrga kiritilishining quyidagilarga taʼsirini tahlil qilish asosida shakllantirilishi kerak:
ichki bozordagi raqobat muhiti;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi mavqeyini tenglashtirish;
import qilinadigan mahsulotlarning samaradorligi va xavfsizligi tamoyillariga asoslangan holda, bozorda adolatli savdo va teng faoliyat sharoitlarini shakllantirish;
milliy iqtisodiyot tarmoqlariga zarar yetkazmaslik.
20. Kengashning ariza beruvchini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarori, agar Kengash vakolatli aʼzolarining koʻpchiligi ovozi bilan ijobiy xulosa olinsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kengashning vakolatli aʼzolarining ovozlari soni teng boʻlsa, Kengash raisi ikkinchi ovoz berish huquqiga ega hisoblanadi.
21. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingan kunidan soʻng 1 ish kuni mobaynida Kengash kotibiyati tomonidan vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlikning vakolatli tashkiloti Kengash qaroriga asosan ariza beruvchiga:
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida Sertifikat beradi, shuningdek, 3 kun mobaynida oʻz veb-saytida bu haqda eʼlon joylashtiradi;
salbiy qaror qabul qilingan taqdirda, Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qarorni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Kengashning alohida aʼzosining ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan aniq, toʻliq va ushbu masalaga aloqador boʻlmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan yozma xulosasi Kengashga kiritilgan taqdirda, ushbu Kengash aʼzosining xulosasi hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov toʻlash
24. Vazirlikning vakolatli tashkilotining arizani koʻrib chiqish va Reyestrni elektron tarzda yuritish xarajatlari ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Reyestrga kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov qiymati har bir import shartnoma summasining, qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha — qoʻshimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Arizani koʻrib chiqish uchun haq toʻlash ularning natijalaridan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
28. Koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini milliy valyutada aniqlash maqsadida shartnoma boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov varaqasi taqdim etilgan sanadagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan kurs qoʻllaniladi.
5-bob. Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi
29. Xalqaro brendlar tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari (keyingi oʻrinlarda — pasaytirilgan stavkalar) xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga (keyingi oʻrinlarda — import qiluvchilar) Reyestrga kiritilgan kundan boshlab qoʻllaniladi.
30. Import qiluvchilar tomonidan pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilishi uchun bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Sertifikat;
brend tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi Sertifikat;
brend tovarini joʻnatuvchi mamlakatning eksport (tranzit) bojxona yuk deklaratsiyasi.
31. Import qilinayotgan tovar import qiluvchi tomonidan taqdim etilgan import shartnomasi (kontrakt), Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikatdagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiq boʻlgan taqdirda bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladi.
32. Import qiluvchilar Reyestrdan chiqarilgan sanadan keyingi kalendar kunidan boshlab pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilmaydi.
Mazkur nizomning 12-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq import qiluvchi Reyestrdan chiqarilgan boʻlsa, pasaytirilgan stavkalar bekor qilinadi xamda Reyestrdan chiqarilgan sanadan oldingi davr uchun umumiy belgilangan bojxona boji stavkalaridan kelib chiqib qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari penya qoʻllangan holda undiriladi.
33. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qoʻmitasiga Reyestrga kiritilgan va undan chiqarilgan import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
34. Reyestrga kirgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan import qilinayotgan xalqaro brendlarining Reyestrga kiritilgan, import shartnomada koʻrsatilgan hajmda va qiymatdagi tovarlariga nisbatan pasaytirilgan stavkalar qoʻllaniladi.
35. Bojxona rasmiylashtiruvida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining tovarlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xabardor qilish, bojxona organlariga mahsulotning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan xavfsizlik yoki sifat talablariga muvofiqligi ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan kafolat xatini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga ariza beruvchi javobgardir.
37. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan toʻplangan maʼlumotlar arxivda 5 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan ariza rad etilgan hollarda ariza beruvchi qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Vazirlikning vakolatli tashkiloti oʻzining rasmiy saytida Reyestrga kiritilgan ariza beruvchilarning elektron roʻyxatini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi boʻyicha
SXEMA

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Sertifikat olish va Reyestrga kirish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda vakolatli organning rasmiy sayti orqali arizani (soʻrovnoma) elektron tarzda toʻldiradi, zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

Hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda qabul qilib oladi.

1 ish kunida

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va hujjatlarda yetarli zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda internet jahon axborot tarmogʻi orqali, zarur hollarda soʻrovnoma yuborish orqali ularning ishonchliligini tekshiradi.

2. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar toʻgʻri va asosli deb topilgan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritish yuzasidan tegishli xulosa olish uchun Kengashga xulosa kiritadi.

20 ish kunida

4-bosqich

Kengash

Kengash bir oyda ikki marotaba yigʻilib, xulosa yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi va Reyestrni shakllantiruvchi va yurituvchi vakolatli organga Kengash bayonnomasini taqdim etadi.

Qaror qabul qilgandan soʻng 1 ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

Kengash tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritadi hamda sertifikat rasmiylashtiradi.

3 ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga kirish uchun
ARIZA

Ariza beruvchining nomi (yuridik shaxs — tashkilot nomi)

Manzili/Joylashgan yeri (pochta manzili)

KTUT

STIR

IFUT kodi

Telefon va telefaks raqami

Bank rekvizitlari

Olib kelinayotgan brend nomi

Ariza berilayotgan tovarning TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot

Xalqaro brendlar tovarlari ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar

Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalarining raqami va sanasi

Xalqaro tan olingan organlar tomonidan berilgan tovarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (sifat sertifikatlari va sinov laboratoriya bayonnomalari)

Tovarning kelib chiqishi mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot (yuk bojxona hududiga kelib tushganda kelib chiqish sertifikati, eksport deklaratsiyasi va tranzit deklaratsiyasi (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi)

Xalqaro brendlar import qiluvchining tovarlarini realizatsiya qilishi (savdo qilishi) uchun oʻzining yoki ijaraga olingan bino, inshoot obyektlari mavjudligi haqida maʼlumot

Xalqaro brend patentlangan tovar belgisining (logotip), shiorining, reklama roligining mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumot

Xalqaro brend tovarlarining xalqaro onlayn savdo maydonlarida mavjudligi haqida maʼlumot

Xalqaro distribyutorlik tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot

Brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot

Izoh. Ariza rahbarning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va zarur hujjatlar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

‎‎Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari
‎yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar,
‎ dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning
‎ distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri
‎shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga
‎kiritilganligi haqidagi son-____

‎SERTIFIKAT

‎‎1. Ariza beruvchi (import qiluvchi) __________________________________________________________________________________
‎2. Eksport qiluvchi (import shartnomasi boʻyicha yuk joʻnatuvchi)___________________________________________________________
‎3. Import shartnomasi raqami va sanasi, shuningdek umumiy qiymati ______________________________________________________
‎4. Sertifikatlanayotgan mahsulotning nomi ___________________________________________________________________________
‎5. Sertifikatlanayotgan mahsulotning 10 ta raqamdan iborat TIF TN kodi___________________________________________________
‎6. Sertifikatlanayotgan mahsulotning kelib chiqish mamlakati ____________________________________________________________
‎7. Brend nomi ___________________________________________________________________________________________________
‎‎Sertifikat bergan organning vakolatli shaxsi

‎‎____________________
‎(F.I.O.)

(QR kod)‎

‎‎Sertifikat berilgan sana ________________‎_‎

Izoh. Sertifikat berilgan sanadan boshlab 1 (bir) yil davomida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/99/0133-son; 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 08.08.2025-y., 09/25/506/0708-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)