1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
2023-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari tasdiqlanganligi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
mazkur qaror bilan tasdiqlangan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) asosan qoʻllanilishi;
Tarif va notarif tartibga solish kengashi xulosasiga asosan Reyestrga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan import qiluvchilar kiritilishi tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Reyestrni shakllantirish, yuritish va tasdiqlash tartibi;
ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari, Reyestrga kiritishni rad etish hamda undan chiqarish tartibi;
Reyestrni yurituvchi vakolatli organning vazifalari, majburiyatlari va arizalarni koʻrib chiqish tartibi;
Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga nisbatan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-mart,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qaroriga ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro brend — bu global miqyosda yagona strategik tamoyillarga asoslangan, maʼlum bir ishlab chiqaruvchi (huquq egasi) tovarlarini individuallashtirish uchun moʻljallangan va ular brendi ostida sotiladigan hamda savdoga qoʻyiladigan brend tovar;
Xalqaro brend Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va quyidagi dunyo mintaqalaridan kamida ikkitasining chakana savdo tarmoqlarida ishtirok etishi lozim: Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Reyestr — Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar roʻyxati;
ariza beruvchilar — brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xalqaro brendlarning ayrim turdagi mahsulotlarni import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar;
vakolatli yetkazib beruvchilar — xalqaro brendlarning rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
brend tovar — xalqaro brendni qoʻllash yoki undan foydalanish orqali savdoga chiqarilgan, shuningdek xalqaro bozorda 3 yildan ortiq mavjud boʻlgan tovar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-avgustdagi 506-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/506/0708-son)
xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchi — xalqaro brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xalqaro brend tovarlarini import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari).
Yagona elektron axborot tizimi (YAEAT) — Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini yuritish elektron tizimi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Kengashning vakolatli aʼzolari — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (Kengash raisi), iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari (kengash raisining oʻrinbosari), shuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
4. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa, mustaqil ravishda ushbu nizomga 2-ilovaga muvofiq arizani elektron shaklda toʻldiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
5. Ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara) chakana savdo shahobchaga yoki shahobchalariga ega boʻlishi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
mazkur nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilishi.
ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
xalqaro brendlar yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat koʻrsatish belgisi)]
ariza berilayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot;
ariza beruvchining oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan turgʻun chakana savdo shahobchalari, shu jumladan binolari, brend tovarlarni sotish (savdo qilish) uchun obyekt yoki obyektlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
brend egalarining xalqaro chakana savdo tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot;
jahonning quyidagi mintaqalaridan (davlatlaridan) kamida ikkitasi — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyoning chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.14.00 Intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha hamkorlik]
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Tadbirkorga taalluqli boshqa maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli axborot tizimlaridan elektron shaklda avtomatik soʻrab olinadi.
(6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
7. Ariza u qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi va ularning mavjudligini rasmiy, ishonchli, foydalanish mumkin boʻlgan manbalar, shu jumladan, internet jahon axborot tarmogʻi orqali oʻrganadi va tekshiradi.
Taqdim etilgan hujjatlar haqiqiyligiga yoki undagi maʼlumotlarning aniqligiga shubha tugʻilganda, shuningdek internet-resurslar orqali toʻplangan maʼlumotlar yetarli deb hisoblanmagan holatlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tegishli vakolatli organlar yoki boshqa tashkilotlarga rasmiy soʻrov yuboradi. Bunda, arizani koʻrib chiqish muddati yana 10 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
71. Ariza beruvchilar tomonidan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda, soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, vakolatli organ talabgorga 10 ish kunidan kam boʻlmagan muddat ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Bunda ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan boʻlsa, vakolatli organ uning shaxsiy kabinetiga kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida asoslantirilgan xabarnoma yuboradi yoki ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etgan boʻlsa, Davlat xizmatlari markazi uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
8. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar haqiqiy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Tarif va notarif tartibga solish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kotibiyatiga YAEAT orqali mazkur Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shaklda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish boʻyicha ekspert xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni kiritadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Kengash kotibiyati YAEAT orqali ekspert xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni 1 ish kuni ichida Kengashning vakolatli aʼzolari shaxsiy kabinetlariga (Kengash raisi va uning oʻrinbosari bundan mustasno) yuboradi. YAEAT bu haqda, Kengashning vakolatli aʼzolari mobil aloqa vositalariga avtomatik ravishda SMS-xabarnoma joʻnatadi.
Kengashning vakolatli aʼzolari mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq ekspert xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
9. Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi Sertifikat bir yil amal qilish muddati bilan beriladi va ushbu muddat Reyestrda koʻrsatiladi.
Sertifikat investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va real vaqt rejimida Davlat xizmatlari markazi yoki ariza beruvchining YIDXPdagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Vakolatli organ sertifikatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin ariza beruvchini Elektron hukumat doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Sertifikat amal qilish muddati davomida unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, jumladan import shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv natijasida (qoʻshimcha kelishuvga muvofiq import shartnomasi summasi oʻzgargan hollar bundan mustasno) sertifikatni qayta rasmiylashtirish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Sertifikatni soddalashtirilgan tartibda berishda, agar maʼlumotlar mazkur nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda oʻzgarmagan boʻlsa, ularni qayta taqdim etish talab etilmaydi va Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar yoki ularning distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlarining brenddan foydalanish yoki tarqatish vakolati muddatidan oldin tugatilgan hollarda Reyestrdan chiqariladi.
Bunda, ariza beruvchi vakolat muddati tugaganligi haqidagi maʼlumotni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga 5 kun muddatda maʼlum qilish majburiyatini oladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
11. Quyidagilar Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ariza beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etishni rad etishi;
mazkur nizomning 6-bandida keltirilgan hujjatlar bilan taqdim etilgan maʼlumotlarda ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
ariza beruvchining mazkur Nizom talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Kengash tomonidan asoslantirilgan holda ariza beruvchini Reyestrga kiritishning rad etilishi;
Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo mintaqalarining kamida ikkitasining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotining mavjud emasligi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida mavjud emasligi;
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarning brend mahsulotlarini yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga mos kelmasligi;
tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara) chakana savdo shahobchasi yoki shahobchalari mavjud emasligi.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
12. Quyidagilar Reyestrdan chiqarishga asos hisoblanadi:
xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchining Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi;
Reyestrga kirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar hamda brenddan foydalanish huquqini beruvchi maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanishi;
yuridik shaxs uning arizasiga binoan qayta tashkil etilganligi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, Reyestrga kiritish masalasini koʻrib chiqish dastlabki murojaat kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Tarif va notarif tartibga solish Kengashi tomonidan xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida xulosa berish tartibi
13. Kengashning xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqishi YAEAT orqali amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
14. Kengash qarorlari Kengash Bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
15. Kengashning xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinishi uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti ushbu Nizom talablariga javob beradigan har bir xulosa yuzasidan tegishli materiallarni elektron shaklda koʻrib chiqish uchun Kengash muhokamasiga kiritadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
18. Kengashning vakolatli aʼzolari 3 ish kuni ichida Kengash kotibiyati tomonidan YAEAT orqali yuborilgan xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqishi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz berishi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etishi shart.
Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan berilgan ovozlardan kelib chiqib, mazkur Nizomga 2b-ilovaga muvofiq Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha kengash bayoni YAEATda avtomatik ravishda shakllanadi.
Bunda Kengashning vakolatli aʼzosi (yoki aʼzolari) tomonidan ariza beruvchini Reyestrga kiritishni maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan tahlillar asosida xulosa shakllantiriladi va YAEATga kiritiladi.
Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz berilmagan yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etilmagan taqdirda, ijobiy xulosa olingan deb hisoblanadi va Bayonnoma avtomatik ravishda YAEATda shakllanadi.
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar Kengashning vakolatli aʼzolari zimmasida yuklatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
19. Kengashning vakolatli aʼzolarining xulosasi ariza beruvchini Reyestrga kiritilishining quyidagilarga taʼsirini tahlil qilish asosida shakllantirilishi kerak:
ichki bozordagi raqobat muhiti;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi mavqeyini tenglashtirish;
import qilinadigan mahsulotlarning samaradorligi va xavfsizligi tamoyillariga asoslangan holda, bozorda adolatli savdo va teng faoliyat sharoitlarini shakllantirish;
milliy iqtisodiyot tarmoqlariga zarar yetkazmaslik.
20. Kengashning ariza beruvchini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarori, agar Kengash vakolatli aʼzolarining koʻpchiligi ovozi bilan ijobiy xulosa olinsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kengashning vakolatli aʼzolarining ovozlari soni teng boʻlsa, Kengash raisi ikkinchi ovoz berish huquqiga ega hisoblanadi.
21. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingandan soʻng real vaqt rejimida avtomatik ravishda Kengash kotibiyatiga kelib tushadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
22. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingandan soʻng:
ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritilganligi haqidagi sertifikat avtomatik ravishda shakllantiriladi va imzolash uchun YAEAT orqali investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosariga yuboriladi;
salbiy qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror YAEAT orqali Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
23. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti 2 ish kuni mobaynida:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
YAEAT orqali sertifikat imzolangandan soʻng oʻz veb-saytida bu haqda eʼlon joylashtiradi;
Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikatni yoki Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (oʻzi murojaat etgan taqdirda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (bevosita murojaat etgan taqdirda) yuboradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
231. Davlat xizmatlari markazi sertifikat yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga sertifikat yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
4-bob. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov toʻlash
24. Reyestrga kiritish uchun arizalarni koʻrib chiqishda mazkur Nizomning 25-bandida belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
Reyestrga kiritish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Reyestrga kiritish uchun toʻlov toʻlanganligini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
25. Reyestrga kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov qiymati har bir import shartnomasi yoki qoʻshimcha kelishuvlarga muvofiq taqdim etilgan spetsifikatsiyasi summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
26. Ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
261. Reyestrga kiritish hamda sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun arizalarni koʻrib chiqish uchun undiriladigan toʻlovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
27. Arizani koʻrib chiqish uchun haq toʻlash ularning natijalaridan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.03 Chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari]
28. Koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini milliy valyutada aniqlash maqsadida shartnoma boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov varaqasi taqdim etilgan sanadagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan kurs qoʻllaniladi.
5-bob. Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
29. Xalqaro brendlar tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari (keyingi oʻrinlarda — pasaytirilgan stavkalar) xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga (keyingi oʻrinlarda — import qiluvchilar) Reyestrga kiritilgan kundan boshlab qoʻllaniladi.
30. Import qiluvchilar tomonidan pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilishi uchun bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Sertifikat;
brend tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi Sertifikat;
brend tovarini joʻnatuvchi mamlakatning eksport (tranzit) bojxona yuk deklaratsiyasi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
31. Import qilinayotgan tovar import qiluvchi tomonidan taqdim etilgan import shartnomasi (kontrakt), Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikatdagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiq boʻlgan taqdirda bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladi.
32. Import qiluvchilar Reyestrdan chiqarilgan sanadan keyingi kalendar kunidan boshlab pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilmaydi.
Mazkur nizomning 12-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq import qiluvchi Reyestrdan chiqarilgan boʻlsa, pasaytirilgan stavkalar bekor qilinadi xamda Reyestrdan chiqarilgan sanadan oldingi davr uchun umumiy belgilangan bojxona boji stavkalaridan kelib chiqib qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari penya qoʻllangan holda undiriladi.
33. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qoʻmitasiga Reyestrga kiritilgan va undan chiqarilgan import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
34. Reyestrga kirgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan import qilinayotgan xalqaro brendlarining Reyestrga kiritilgan, import shartnomada koʻrsatilgan hajmda va qiymatdagi tovarlariga nisbatan pasaytirilgan stavkalar qoʻllaniladi.
35. Bojxona rasmiylashtiruvida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining tovarlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xabardor qilish, bojxona organlariga mahsulotning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan xavfsizlik yoki sifat talablariga muvofiqligi ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan kafolat xatini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga ariza beruvchi javobgardir.
37. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan toʻplangan maʼlumotlar arxivda 5 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
38. Ariza beruvchilar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
39. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti oʻzining rasmiy saytida Reyestrga kiritilgan ariza beruvchilarning elektron roʻyxatini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri]
40. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(40 — 42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi boʻyicha
Sertifikat olish va Reyestrga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organ
1. YAEAT orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar haqiqiy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Kengash kotibiyatiga YAEAT orqali ekspert xulosasi va hujjatlarni yuboradi.
10 ish kuni
3-bosqich
Kengash kotibiyati
YAEAT orqali ekspert xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Kengashning vakolatli aʼzolarining shaxsiy kabinetlariga (Kengash raisi va uning oʻrinbosari bundan mustasno) yuboradi.
1 ish kunida
4-bosqich
Kengashning vakolatli aʼzolari
1. Kengash kotibiyati tomonidan YAEAT orqali yuborilgan xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, YAEAT orqali ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz beradi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa yuboradi.
3 ish kunida
5-bosqich
YAEAT
1. Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan berilgan ovozlardan (xulosadan) kelib chiqib, Kengash bayoni YAEATda avtomatik ravishda shakllanadi.
2. Ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, ariza beruvchi Reyestrga kiritilganligi haqidagi sertifikat avtomatik ravishda shakllantiriladi va imzolash uchun investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosariga yuboriladi.
3. Ariza beruvchini reyestrga kiritish maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
real vaqt rejimida
6-bosqich
Vakolatli organ
1. Kengash tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, sertifikat rasmiylashtiriladi va ariza beruvchi Reyestrga kiritadi va oʻz veb-saytida bu haqida eʼlon joylashtiradi.
2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikatni yoki Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (oʻzi murojaat etgan taqdirda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (bevosita murojaat etgan taqdirda) yuboradi.
real vaqt rejimida
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Sertifikat yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga sertifikat yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron yoki qogʻoz shaklda beradi.
10 daqiqa mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga kirish uchun
SOʻROVNOMA
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ariza beruvchining nomi (yuridik shaxs — tashkilot nomi)
Manzili/Joylashgan yeri (pochta manzili)
KTUT, STIR, IFUT kodi
Telefon va telefaks raqami
Bank rekvizitlari
Olib kelinayotgan brend nomi
Ariza berilayotgan tovarning TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot
Xalqaro brendlar tovarlari ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar
Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalarining raqami va sanasi
jahonning quyidagi mintaqalaridan kamida ikkitasida — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyoning chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Tovarning kelib chiqishi mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot (yuk bojxona hududiga kelib tushganda kelib chiqish sertifikati, eksport deklaratsiyasi va tranzit deklaratsiyasi (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi)
chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Xalqaro brendlar import qiluvchining tovarlarini realizatsiya qilishi (savdo qilishi) uchun oʻzining yoki ijaraga olingan bino, inshoot obyekt(lar)i mavjudligi haqida maʼlumot
Xalqaro distribyutorlik tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot
Brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot
Izoh. Ariza rahbarning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va zarur hujjatlar ilova qilinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-avgustdagi 506-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/506/0708-son)
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2a-ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish boʻyicha ______-sonli EKSPERT XULOSASI
Ariza beruvchining nomi (yuridik shaxs — tashkilot nomi)
Manzili/Joylashgan joyi (pochta manzili)
KTUT
STIR
IFUT kodi
Telefon va telefaks raqami
Bank rekvizitlari
Olib kelinayotgan brend nomi
Sertifikatlanayotgan mahsulotning nomi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-sonli qarori boʻyicha taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar
Olib kelinayotgan brend nomi
Ariza berilayotgan tovarning TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar
Toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalar tuzilgan raqami va sanasi
Tovarning kelib chiqishi mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot (yuk bojxona hududiga kelib tushganda bojxona organlariga kelib chiqish sertifikati, eksport deklaratsiyasi va tranzit deklaratsiyasi (mavjud boʻlsa) taqdim etish orqali tasdiqlanadi)
Xalqaro brendlar import qiluvchining tovarlarini realizatsiya qilishi (savdo qilishi) uchun oʻzining yoki ijaraga olingan bino, inshoot obyekt yoki obyektlari mavjudligi haqida maʼlumot
Brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot
Brendning bozorda kamida uch yil mavjudligini tasdiqlash
Chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
jahonning quyidagi mintaqalaridan kamida ikkitasida — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyoning chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi maʼlumot
Qoʻshimcha maʼlumot
Ekspert xulosasi:
“Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati vakolatli eksperti _____ yil “____” __________dagi _______-son ariza va unga ilova qilingan _____-yil “____” ___________dagi _____-son ________ (____________) _______ miqdoridagi import shartnomasini oʻrganib chiqib, arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va materiallar Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan belgilangan talablarga javob berishi va Ariza beruvchini Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq, ushbu xulosaga ilova qilingan hujjatlar Ariza beruvchi ___________ni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Tarif va notarif tartibga solish kengashiga taqdim etiladi.
(QR kod)
Ekspert: Rahbar:
____._____________y.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-avgustdagi 506-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/506/0708-son)
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2b-ILOVA
Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha kengash bayoni
Ish raqami ____________
“____” ____________ y.
Kengashning vakolatli aʼzolari:
1.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
4.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
5.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
6.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Kun tartibi:
__________-sonli ish boʻyicha ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori talablari asosida import qiluvchini xalqaro brend tovarlarining ayrim turlarini import qiluvchilar Reyestriga kiritishning maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligini koʻrib chiqish.
Arizani koʻrib chiqish natijasiga koʻra kengash qarori:
T/r
Kengash aʼzolari
Ovoz berish sanasi
Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq
Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq emas
QR kodli imzo
1.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
4.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
5.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
6.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
7.
Tarif va notarif tartibga solish Kengashi Raisi
(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
“Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning
vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab
chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari)
bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga
kiritilganligi haqidagi
son-_____ SERTIFIKAT
1. Ariza beruvchi (import qiluvchi) ____________________________________________________
2. Eksport qiluvchi (import shartnomasi boʻyicha yuk joʻnatuvchi) _____________________________
3. Import shartnomasi raqami va sanasi, shuningdek umumiy qiymati ________________________
4. Sertifikatlanayotgan mahsulotning nomi _____________________________________________
5. Sertifikatlanayotgan mahsulotning 4 tadan 10 tagacha raqamdan iborat TIF TN kodi*__________
6. Sertifikatlanayotgan mahsulotning kelib chiqish mamlakati ______________________________
7. Brend nomi _____________________________________________________________________
Sertifikat bergan organning vakolatli shaxsi
_______________________
(F.I.O.)
(QR kod)
Sertifikat berilgan sana _________________
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori ilovasiga muvofiq
Izoh. Sertifikat berilgan sanadan boshlab 1 (bir) yil davomida amal qiladi.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)