Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Respublika isteʼmolchilarining neft mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida:
1. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 1-martdan 2023-yil 31-dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-440-son qarori
1-bandidagi “2023-yil 1-martga qadar” soʻzlari “2023-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.