Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-son
Qonuni hamda “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning
18-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining
16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
1. Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1172-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum uchastkalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari toʻgʻrisidagi
nizomda:
a) 47-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi
birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlaydi, unga ovoz berish byulletenining namunasi va uni toʻldirish tartibi joylashtiriladi, agar referendumga qonun loyihasi qoʻyilgan boʻlsa, stendga shu loyihaning matni ham joylashtiriladi”;
“Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “

” yoxud “x” belgisini qoʻyadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “

” yoxud “x” belgisini qoʻyadi”;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ovoz berish chogʻida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “

” yoxud “x” belgisi qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan byulletenlar”;
2. Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1178-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
“Byulleten fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi (koʻchma ovoz berish kabinasi) yoki xonasida toʻldiriladi.
Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “

” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Byulletenni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi”;
b)
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Byulleten fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi.
Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “

” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Byulletenni toʻldirish vaqtida fuqarodan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi”.