1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, respublika ipakchilik tarmogʻi korxonalarining barqaror faoliyat yuritishini hamda ipakchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, ipakchilik tarmogʻida ilmiy salohiyatni oshirish va tarmoq uchun malakali kadrlar tayyorlashda yirik ipakchilik korxonalari va zamonaviy laboratoriyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
1. “Oʻzbekipaksanoat” hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmalari ishtirokchilarining tegishincha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, shu jumladan ularning mol-mulkini balans qiymatida bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmalarining:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakultetini tashkil etish hamda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy taʼlim muassasalarining “Ipakchilik va tutchilik” va “Ipakchilik” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalarini ushbu fakultetga oʻtkazish;
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy taʼlim muassasalarida qabul toʻxtatiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini taʼlim olish muddatiga mos ravishda davom ettirish;
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik fakulteti, Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti va Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Guliston” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 1-A uy manzilida joylashtirish;
a) Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli boʻshayotgan aktivlarni baholash, savdoga chiqarish hamda sotish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur xarajatlar keyinchalik boʻshayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolarida sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
b) boʻshayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushgan pul mablagʻlari ularni baholash, savdoga chiqarish va sotish xarajatlari hamda budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufiga oʻtkaziladigan qismi chegirilgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida Qoʻmitaga ochiladigan alohida gʻaznachilik hisob raqamida yigʻib boriladi;
v) Qoʻmitaga ochiladigan alohida gʻaznachilik hisob raqamida yigʻib boriladigan mablagʻlarni ipak mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga kredit liniyalari ochish uchun tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, Qoʻmitaning buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan elektron auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda, tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi;
g) Qoʻmita uchun ochilgan alohida gʻaznachilik hisob raqamida yigʻilgan mablagʻlarning:
bir qismi hisob-kitoblar asosida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Ipakchilik va tutchilik fakultetining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun ajratiladi;
qolgan qismi eng foydali kurs boʻyicha AQSH dollariga konvertatsiya qilinib, tijorat banklarida, ularning buyurtmasiga asosan 5 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada yangi ipak mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga kredit liniyalari ochish uchun yoʻnaltiriladi;
d) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga boʻshayotgan aktivlarni lotlarga boʻlish, shu jumladan ularning tarkibidagi yer uchastkalarini alohida lotlar sifatida shakllantirib, elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotuvga chiqarishga ruxsat beriladi.
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi:
Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yashil hududlarni inobatga olgan holda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti yer maydonining aniq chegaralarini belgilasin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻshayotgan aktivlarni, jumladan bino, inshoot va yer maydonlarini alohida lotlarga boʻlib sotish imkoniyatini oʻrganib chiqib, asoslantirilgan takliflarni Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritsin.
5. Qoʻmita hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini koʻchirish munosabati bilan ishdan boʻshaydigan xodimlarga kompensatsiya xarajatlarini toʻlab berish va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ularni boshqa ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tijorat banklari tomonidan ipak mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarga 3 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada (shu jumladan bank marjasi 1 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi) uzluksiz aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun revolver kreditlar ajratiladi.
7. Xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida respublika budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya bekor qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra mazkur band bilan bekor qilinayotgan subsidiyaning moliyalashtirish manbalari doirasida 2023-yil 1-martdan boshlab 2026-yil 1-yanvarga qadar pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Xitoy va Vyetnam davlatlaridan ipak qurtining elita va superelita urugʻining Oʻzbekistonga olib kelinishi hamda hukumatlararo komissiyalarga taklif kiritilishini taʼminlasin;
ipakchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish va Oʻzbekistonda joriy qilish uchun “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi guruhning xorijiy davlatlarga (Vyetnam, Italiya, Xitoy, Hindiston) doimiy ravishda yuborilishi yuzasidan choralar koʻrsin;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga ipak sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarning tadbirkorlik birlashmalari (uyushmalari) bilan yaqin aloqalar va hamkorlik oʻrnatish yoʻnalishida amaliy yordam koʻrsatsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
10. Ipakchilik sanoati korxonalarining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning bandligini va pilla yetishtirish prognozlari bajarilishini taʼminlash hamda pilla mavsumlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun, shuningdek, hokimliklar tomonidan tarmoq korxonalariga doimiy amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlariga ipakchilik sanoati korxonalarini ilovaga muvofiq biriktirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
11. Bosh prokuratura “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
hududiy “Agrorilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga ijaraga berilgan tutzorlar joylashgan yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
tutzorlar joylashgan yer maydonlarining noqonuniy egallab olinishi holatlari yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlasin;
tutzorlar joylashgan va noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini hududiy “Agrorilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga qaytarish yuzasidan takliflar tayyorlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritsin.
12. Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Boʻka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari oʻrtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun berilgan yer uchastkalari atroflariga ixota sifatida pilla xomashyosi yetishtirishda ozuqa sifatida foydalaniladigan tut daraxtlarini ekish majburiyatini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. 2023-yil 1-apreldan boshlab “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 360 kun etib belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va 2 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratish uchun “Dream Silk” MCHJga 2021-yil 5-avgustda ajratilgan 15 mlrd soʻm foizsiz ssudani qaytarish muddatini 2027-yil 31-dekabrgacha uzaytirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023-yil 1-martdan boshlab ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish va bu boradagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf qilish maqsadida xom ipakni eksport qilish tartibini soddalashtirsin.
17. Qoʻmitaning 2023 — 2027-yillarda Toshkent viloyatida kavrak yetishtirishni rivojlantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda, kavrak koʻchatlarining yuqori hosilli navlari yetishtirilishi va kavrak yetishtirish bilan shugʻullanuvchi subyektlarga shartnoma asosida yetkazib berilishi taʼminlansin.
“Toshkent agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tutzorlarni barpo etish hamda tut urugʻlari va koʻchatlarini tayyorlovchi xoʻjaliklarni tashkil etish uchun ajratilgan 3 294 gektar yer maydoni, istisno tariqasida, Qoʻmitaning doimiy foydalanishiga oʻtkazilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qarori bilan ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subyektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
21. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-fevral,
PQ-73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qaroriga ILOVA
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholining bandligini va pilla yetishtirish prognozlarini taʼminlash hamda pilla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun tuman (shahar) hokimlariga ipakchilik sanoati korxonalarini biriktirish
JADVALI
T/r
Pillani qayta ishlash korxonalari nomi
Biriktirilgan tuman (shahar) hokimlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
“Jayhun Silk” MCHJ
Amudaryo, Qonlikoʻl, Nukus, Xoʻjayli, Taxiatosh, Kegayli, Chimboy tumanlari hokimlari
2.
“Bustan silk” MCHJ
Ellikqalʼa tumani hokimi
3.
“Turtkul Silk Carpets” MCHJ
Toʻrtkoʻl tumani hokimi
4.
“KKR IPAK CLUSTER” MCHJ
Beruniy tumani hokimi
Andijon viloyati
5.
“Andijan silk co” MCHJ
Paxtaobod, Izboskan, Andijon, Marhamat tumanlari hokimlari
6.
“Asaka ipagi” MCHJ
Asaka tumani hokimi
7.
“Oltinkoʻl zar ipagi” MCHJ
Oltinkoʻl tumani hokimi
8.
“Baliqchi ishonch pillachilik” MCHJ
Baliqchi tumani hokimi
9.
“Ulugʻnor silk 7” MCHJ
Ulugʻnor tumani hokimi
10.
“Boʻston investment — silk” MCHJ
Boʻston tumani hokimi
11.
“Xarir tola” MCHJ
Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Buloqboshi tumanlari hokimlari
12.
“Sapfir sanoat” MCHJ
Xoʻjaobod, Shahrixon tumanlari hokimlari
Buxoro viloyati
13.
“Imastar” MCHJ
Peshku tumani hokimi
14.
“Gʻijduvon ipak tola” MCHJ
Gʻijduvon, Shofirkon tumanlari hokimlari
15.
Oʻzbekiston-Amerika-Rossiya “Romstar” MCHJ QK
Romitan, Jondor tumanlari hokimlari
16.
“Kumushkent ipagi” MCHJ
Vobkent, Kogon tumanlari hokimlari
17.
“Silk Service” MCHJ
Buxoro tumani hokimi
18.
“Qorakoʻl ipak cluster” MCHJ
Olot, Qorakoʻl tumanlari hokimlari
Jizzax viloyati
19.
“Silk expert processing” MCHJ
Forish, Doʻstlik, Paxtakor tumanlari hokimlari
20.
“Al Abbos silk” MCHJ
Arnasoy, Mirzachoʻl tumanlari hokimlari
21.
“Zomin asl ipak tolasi” XK
Baxmal, Zomin, Zarbdor, Sh. Rashidov, Yangiobod tumanlari hokimlari
22.
“Gʻallaorol silk eksport” MCHJ
Gʻallaorol tumani hokimi
23.
“Zafarobod pilla cluster” MCHJ
Zafarobod tumani hokimi
Qashqadaryo viloyati
24.
“Radiant silk” MCHJ
Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Muborak, Nishon tumanlari hokimlari
25.
“Shakhrisabz silk production” MCHJ
Kitob, Shahrisabz tumanlari hokimlari
26.
“Yakkabogʻ silk production” MCHJ
Yakkabogʻ tumani hokimi
27.
“Chiroqchi-tolasi” MCHJ
Chiroqchi tumani hokimi
28.
“Koson silk” MCHJ
Koson tumani hokimi
29.
“Kasbi silk” MCHJ
Kasbi tumani hokimi
Navoiy viloyati
30.
“Al-aziz ipagi” MCHJ
Konimex, Navbahor tumanlari hokimlari
31.
“Xatirchi pilla xazinasi” XK
Xatirchi tumani hokimi
32.
“Qiziltepa Pillachilik” MCHJ
Qiziltepa tumani hokimi
33.
“Navoiy silk production 2020” MCHJ
Karmana, Nurota tumanlari hokimlari
Namangan viloyati
34.
“Verigrow ipagi” MCHJ XK
Mingbuloq, Chust, Kosonsoy, Uychi tumanlari hokimlari
35.
“Golden silk” MCHJ
Namangan tumani hokimi
36.
“Fabrictex” MCHJ
Norin, Uchqoʻrgʻon tumanlari hokimlari
37.
“Zilol silk” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi
38.
“Chortoq innovation silk” MCHJ
Chortoq tumani hokimi
39.
“Pop ipak tolasi invest” MCHJ
Pop tumani hokimi
40.
“Yangi zamin ipagi” MCHJ
Yangiqoʻrgʻon tumani hokimi
Samarqand viloyati
41.
“Kumush tola” XK
Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi
42.
“Samarkand silk ao” MCHJ
Narpay tumani hokimi
43.
“Elbek t.r.j” MCHJ
Pastdargʻom, Samarqand, Nurobod tumanlari hokimlari
44.
“Oqdaryo ipagi” MCHJ
Oqdaryo tumani hokimi
45.
“Ziyovuddin silk” MCHJ
Paxtachi tumani hokimi
46.
“Jomboy silk” MCHJ
Jomboy, Qoʻshrabot tumanlari hokimlari
47.
“Zar oltin pilla” MCHJ
Bulungʻur tumani hokimi
48.
“Tayloq ipagi” MCHJ
Toyloq tumani hokimi
49.
“Payariq ipagi” MCHJ
Payariq tumani hokimi
50.
“Urgut Silk Fiber Company” MCHJ
Urgut tumani hokimi
51.
“Ishtixon silk” MCHJ
Ishtixon tumani hokimi
Sirdaryo viloyati
52.
“Agro global” MCHJ QK
Oqoltin, Boyovut, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos, Guliston tumanlari hokimlari
Surxondaryo viloyati
53.
“Surxon ipagi” MCHJ
Angor, Boysun, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod, Bandixon tumanlari hokimlari
54.
“Inter silk pro” MCHJ
Termiz, Oltin?oy, Shoʻrchi tumanlari hokimlari
55.
“Sino silk” MCHJ
Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari hokimlari
56.
“Silk village” MCHJ
Jarqoʻrgʻon tumani hokimi
57.
“Silk town” MCHJ
Qumqoʻrgʻon tumani hokimi
Toshkent viloyati
58.
“Turan silk pro” MCHJ
Oqqoʻrgʻon tumani hokimi
59.
“Tashkent silk pro” MCHJ
Boʻka tumani hokimi
60.
“Jinjuz silk co” MCHJ XK
Ohangaron, Piskent tumanlari hokimlari
61.
“Oltin pilla 2020” MCHJ
Bekobod, Chinoz, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hokimlari
62.
“Movarounnahr silk road” MCHJ
Boʻstonliq tumani hokimi
63.
“TCT Agro cluster” MCHJ
Quyichirchiq tumani hokimi
64.
“Clean silk” MCHJ
Yangiyoʻl tumani hokimi
Fargʻona viloyati
65.
“Nurli tong silk” MCHJ
Oʻzbekiston, Qoʻshtepa, Furqat, Rishton, Bagʻdod, Oltiariq, Buvayda, Yozyovon, Soʻx tumanlari hamda Quvasoy shahri hokimlari
66.
“Beshariq ipagi” MCHJ
Beshariq tumani hokimi
67.
“Dangʻara ipagi” MCHJ
Dangʻara tumani hokimi
68.
“Vodil ipak yigiruv” MCHJ
Fargʻona, Quva, Toshloq tumanlari hamda Fargʻona shahri hokimlari
69.
“Uchkoʻprik ipagi” MCHJ
Uchkoʻprik tumani hokimi
Xorazm viloyati
70.
“Khiva silk fabric” MCHJ
Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Xiva, Yangibozor tumanlari hokimlari
71.
“Xorazm pilla xolding” MCHJ
Urganch, Xonqa, Yangiariq, Hazorasp, Tuproqqalʼa tumanlari hokimlari