Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Bugungi kunda yurtimizning turli joylarida butun olamga qadimiy boy tariximiz haqida maʼlumotlar berib turuvchi muzeylar faoliyat yuritmoqda va dunyoning turli davlatlaridan sayyohlarni oʻziga jalb qilib, vatanimizning shonli tarixini olamga keng yoyishga xizmat qilib kelmoqda.
Yurtimizda muzeylar va koʻrgazmalar faoliyatini kengaytirish, xususan, Samarqand viloyatida zamonaviy muzeylar va koʻrgazmalarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 376-son qarorining 2-bandi
“a” kichik bandiga muvofiq Samarqand viloyati Samarqand shahrining Shohrux koʻchasidagi 19-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Samarqand viloyati bosh boshqarmasi binosi (umumiy maydoni 785,00 kv. metr boʻlgan tarixiy bino — Rasmiy mehmonlarni qabul qilish uyi) “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Madaniy meros agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi Markaziy bank bilan birgalikda ushbu qarorning
1-bandida koʻrsatilgan binoning belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilib olinishini taʼminlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori
bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy
roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
1. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari
milliy roʻyxatining Samarqand viloyati bloki 209-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: