Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi Jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish hamda chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasining Jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini (birinchi navbatini) 1994-yilda nihoyasiga yetkazish, kelgusida ushbu binodan tijorat tuzilmalari, chet el firmalari va kompaniyalarining ofislari sifatida foydalanish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Mazkur obyektni qayta ixtisoslashtirishni loyihalash “OʻzshaharsozlikLITI”ga yuklatilsin.
2. Toshkent shahar hokimligi qurilishi tugallanmagan obyektni (Jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini) 1993-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holati boʻyicha “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi ixtiyoriga oʻtkazsin.
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son
qarori bilan Toshkent shahar hokimligiga ushbu obyekt qurilishi uchun ajratilgan 1 mlrd soʻm miqdoridagi 36 imtiyozli kreditlarni “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi nomiga qayta rasmiylashtirsin.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1994-1995-yillar uchun istiqbol parametrlarida jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun qurib bitkazishga zarur kapital mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
5. Davlat mulki qoʻmitasi “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mazkur bino ishga tushirilgandan keyin undan foydalanish shartlarini bir oy muddatda koʻrib chiqsin va taklif kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-yanvardagi 50-son
qaropi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.