toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.11.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT BOJI STAVKALARI TOʻGʻRISIDA 1993 YIL 26 APRELDAGI 192-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son “Davlat boji stavkalari haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloqda tadbirkorlikni va mulkchilikning yangi shakllarini, shuningdek dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirishga, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 3-bandi quyidagi mazmundagi “f” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“f” dehqon (fermer) xoʻjaliklarining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining, qishloq xoʻjaligi ijarachilarining va kooperativlarining, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni qayta ishlash boʻyicha kichik, shu jumladan xususiy korxonalar va firmalarning mol-mulkini garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirganlik uchun mol-mulk qiymatining 0,5 foizi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 21-sentabr,
470-son