Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika aholisini oʻsimlik moyi bilan yanada barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilgi paxta hosilidan olingan texnik chigitlar respublika paxta zavodlari hamda xoʻjaliklari tomonidan yogʻ-moy ekstraksiya zavodlariga, ishlab chiqarilgan oʻsimlik moyi esa davlat resurslariga joʻnatiladi.
Belgilangan topshiriqning 20 foizi hisobiga hamda undan ortiqcha ishlab chiqarilgan oʻsimlik moyi, shrot va shulxa xoʻjaliklarga qaytariladi.
2. “Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish tartibi toʻgʻrisida” 1992-yil 18-noyabrdagi 539-son qarorini qisman oʻzgartirish haqida” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-fevraldagi 89-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.