1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 24-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 19-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-394-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
2) 39-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz hududida jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi hamda foydalanishga topshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-97-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 219-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803-modda) 37-moddasining ikkinchi qismidagi “bojxona organlari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi OʻRQ-440-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 384-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 4, 337-modda) 7-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini elektron tarzda yuritish;
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasidagi sohalar boʻyicha belgilangan tartibda taqdim etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi roʻyxati asosida shakllantiriladigan majburiy talablarning elektron reyestrini yuritish”;
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar, № 4, 340-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
oltinchi xatboshisi “takomillashtirilishini” degan soʻzdan keyin “va auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga auditorlik tashkilotlari tomonidan rioya etilayotganligi yuzasidan mazkur dasturiy majmua orqali masofaviy monitoring amalga oshirilishini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:
auditorlik faoliyatining standartlari;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri hamda xalqaro auditorlik tashkilotining yoki xalqaro assotsiatsiyalarning aʼzolari boʻlgan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan Auditorlar reyestridagi maʼlumotlar;
auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi;
majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari;
auditorlik xizmatlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi axborot”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“malaka imtihonini oʻtkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatish tartibini, auditorlarning malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
malaka imtihonini oʻtkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno”;
5) 18-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlar malakasini oshirish kurslari auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy dastur boʻyicha oʻtkaziladi”;
6) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “vakolatli davlat organi tomonidan” degan soʻzlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 20-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka imtihonini oʻtkazish reglamenti vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi”;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “vakolatli davlat organi” degan soʻzlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “vakolatli davlat organining” degan soʻzlar “auditorlar respublika jamoat birlashmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 24-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, auditorlarning respublika jamoat birlashmasi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorni rad etish asoslarini koʻrsatgan holda uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi”;
birinchi qismidagi “vakolatli davlat organi” degan soʻzlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “bir oylik muddatda vakolatli davlat organiga sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida” degan soʻzlar “sertifikatni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida bir oylik muddatda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat organining” degan soʻzlar “auditorlar respublika jamoat birlashmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Vakolatli davlat organining” degan soʻzlar “Auditorlar respublika jamoat birlashmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Sertifikatning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sertifikatni bergan auditorlar respublika jamoat birlashmasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim”;
toʻqqizinchi qismidagi “vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar “uni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 44-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli davlat organining va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga Auditorlar reyestridagi tanishish uchun ochiq boʻlgan maʼlumotlar joylashtiriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
12-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-yanvar,
OʻRQ-815-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)