Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 24-avgustdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish
qoidalari”ga (OʻzR AQ-198)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining 2-bandi 2023-yilning 5-noyabridan amalga kiritiladi.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining roʻyxati boʻyicha tartib raqami — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfli yuklarni tashish boʻyicha ekspertlar qoʻmitasi tomonidan berilgan va buyum yoki modda yoxud buyumlar yoki moddalarning maʼlum bir guruhini aniqlash uchun kimyoviy moddalarni tasniflash va markirovkalash tizimining global miqyosda kelishilgan toʻrt xonali raqami;”;
“yoʻlovchi havo kemasi — ekipaj aʼzosi, oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotgan ekspluatant xodim, tegishli milliy organning vakolatli vakili yoki yuk partiyasi va boshqa yuklarni kuzatib boruvchi xodim hisoblanmagan boshqa har qanday shaxsni tashishni amalga oshiruvchi havo kemasi;”;
“xavfli yuklar — sogʻliq, xavfsizlik, mulk yoki atrof-muhit uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan va Texnik yoʻriqnomalarning xavfli yuklari roʻyxatida koʻrsatilgan yoki ushbu Yoʻriqnomalarga muvofiq tasniflangan buyumlar yoki moddalar;”;
“yuk oʻrni — tashish uchun tayyorlangan, oʻrash toʻplamasi va uning tarkibiy qismlaridan iborat boʻlgan yukni joylash boʻyicha operatsiyalarning yakuniy mahsuloti;”.