toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2003
Hujjat 19.06.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “ShAKAR XOM AShYoSI XARID QILIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 1 FEVRALDAGI 44-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-sentabrdagi 407-son “Shakar xomashyosi xarid qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bosh boshqarmasining boshligʻi F.A. Qodirov Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Shakar xomashyosini xarid qilishga oid takliflarni tanlab olish boʻyicha maxsus guruh tarkibiga kiritilsin, uning tarkibidan B.E. Ahmedov chiqarilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Shakar xomashyosini import qilishda takliflarni mahsulot yetkazib berish shartlari boʻyicha tanlab olish tartibi toʻgʻrisida nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 7-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 19-iyun,
217-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 19-iyundagi 217-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Shakar xomashyosini import qilishda takliflarni mahsulot yetkazib berish shartlari boʻyicha tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR
1. 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “tanlov ishtirokchilari tomonidan tanlov hujjatlarini olish uchun toʻlangan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi” soʻzlari “, shu jumladan shakar xomashyosini tanlab olish bilan bogʻliq safar xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidagi shakar xomashyosini import qiluvchi tomonidan tanlov gʻolibidan olingan vositachilik mukofoti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 10-banddagi “kamida 30 kun oldin” soʻzlari “kamida 15 kun oldin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3.11-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“kelishilgan davr ichida tanlov ishtirokchisining taklifi chaqirib olinmasligini kafolatlovchi pul zakalatining miqdori, uni kiritish va qaytarish tartibi;
buyurtmachining ixtiyoriga koʻra — tanlov natijalariga muvofiq tuzilgan kontraktni zarur darajada bajarish boʻyicha pulli kafolatning (garov sifatida) miqdori, uni kiritish va qaytarish tartibi.
Takliflar ikki boʻlimdan iborat boʻladi, ulardan biri — tijorat qismini va kontrakt proformasini oʻz ichiga olgan boʻlim taklifning chaqirib olinmasligi kafolatlanishi shart”.
5. 13-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6.17-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. 30-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
9.33-bandning oltinchi xatboshidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
10. 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maxsus guruhning tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi protokoli yigʻilishda qatnashayotgan Maxsus guruh aʼzolarining hammasi tomonidan imzolanadi hamda shakar xomashyosi yetkazib berishga daʼvogarlar tanlovi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot bilan birga Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksining rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi”.