Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Madaniyat vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 13-yanvardagi 10-8/125 va 1-QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 5-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisida nizomning
13-bandidagi “davlat standartining” degan soʻzlar “milliy standartining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.