Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2022-yilgi tahriri) bilan unifikatsiyalash maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustdagi “Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi 687-I-son
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Bryussel, 1983-yil 14-iyun) qoʻshilganligi;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi toʻgʻrisida 1995-yil 3-noyabrdagi bitimga muvofiq davlatlar Jahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslangan holda yagona Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasidan foydalanishi boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishilganligi;
Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada boʻlgan tovarlarning xalqaro tasnifini uygʻunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 7-tahriri 2022-yil 1-yanvardan boshlab amaliyotga tatbiq etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahriri 2023-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi 2023-yil 1-yanvarga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahriri amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlasin.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi 2023-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahriri chop etilishini va manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini, shuningdek, oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-3448-son
qarori 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.