Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal
miqdorlariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi 27-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2.
Izoh quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“***Mazkur haq miqdorlarining 27-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorining 50 foizi “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hisob raqamiga vazirlik axborot tizimlarini rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladi.”.