Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi korxona va tashkilotlari asosiy fondlarining yuqori darajada fizik va maʼnaviy eskirganligi munosabati bilan hamda ularni Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tugallash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasiga Davlat mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan umumiy summaning 45 foizi miqdoridagi bevosiga ajratmalar hisobiga maxsus fondlar tashkil etishga, keyinchalik ulardan yangi ishchi oʻrinlari tashkil qilishda, ilovaga
* muvofiq uyushma korxona va tashkilotlarining asosiy fondlarini yangilashda foydalanishga ruxsat etilsin.
2. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda “Oʻzdavjamgʻarma” bilan birgalikda maxsus fondlardan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 1993-yilning oxirigacha uyushma korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tugallashni taʼminlasin.