Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining
35-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 23-son “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343, 2012-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 135-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-iyundagi 46-son “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343-1, 2014-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 351-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 19-iyundagi 82-son “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343-2, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 565-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 18-martdagi 39-son “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343-3, 2019-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/2343-3/2879-son).