Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PQ-257-son “Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalarining 4.9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.9. Oqova suv quvur oʻtkazgichlarida quyidagilar qoʻllanilishi kerak:
oʻzi oqar tarmoqlarda — bosimsiz va bosimli (asoslangan hollarda) temir betonli, betonli, sopolli, choʻyan, asbest sementli, plastmassa, bazalt kompozit quvurlar va temir betonli qismlar;
bosimli tarmoqlarda — bosimli temir betonli, asbest sementli, choʻyan, poʻlat, plastmassa va basalt kompozit quvurlar.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.