toggle_night_mode
Hujjat 01.02.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
“Eksternat toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2670-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son “Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 13-apreldagi 9-mh-son “Eksternat toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2670, 2015-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 236-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-son “Eksternat toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (ruyxat raqami 2670-1, 2018-yil 12-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son).
2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.
Vazir B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-noyabr,
8-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 10/22/2670-2/1044-son)