1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.03.00 Monopoliyaga qarshi siyosat (shuningdek, 09.02.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan taʼminlash hamda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-maydan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “1-yanvarga qadar” soʻzlari “1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;