Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
“Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son “Shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 29-yanvardagi 2-son “Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2434, 2013-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 131-modda).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 7-fevraldagi 57-son “Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2434-1, 2017-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 103-modda).