Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
“Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining
35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 107 va 2007-64-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1750, 2007-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 531-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 30-iyundagi 47 va 2014-26-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1750-1, 2014-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 352-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 19-iyundagi 81 va 2017-30-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1750-2, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 564-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 41 va 2018-11-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1750-3, 2018-yil 9-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 20-yanvardagi 1 va 2020-1-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1750-4, 2020-yil 28-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son).