Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlar daxlsizligini taʼminlash hamda shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son
Farmoniga muvofiq:
1. 2022-yil 10-noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3077-son qarorining
1-bandida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan
birinchi jumla chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3377-son qarori 2-bandining
ikkinchi xatboshisidagi “yuridik shaxslar” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3978-son qarori 1-bandining
ikkinchi va
uchinchi xatboshilaridagi “yuridik shaxslar” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
4-bandida:
birinchi xatboshidagi “Eksport qiluvchi yuridik shaxslar” soʻzlari “Eksport qiluvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;