1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son hamda “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab chet davlat fuqarolariga ular tomonidan Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) summasini qisman qaytarish (keyingi oʻrinlarda — “tax free”) tizimi tajriba tariqasida joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining:
“tax free” tizimi operatori sifatida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq Servis” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — Operator) belgilash;
chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) orqali amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlari orqali chet davlat fuqarolariga QQS bilan sotilgan ayrim turdagi tovarlarga “tax free” tizimi qoʻllaniladi;
chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida bir million soʻmni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida Operatorga murojaat qilinganda amalga oshiriladi;
chet davlat fuqarolari tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xaridlarni tekshirish va QQSni qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Operatorning servis shoxobchalari tashkil etiladi va ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlari hududlarida joylashtiriladi;
QQSning belgilangan stavkasi miqdorining 90 foizi chet davlat fuqarosiga QQS summasini qaytarishga, 10 foizi Operatorning xizmatlariga yoʻnaltiriladi;
Operator chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlar “tax free” tizimi ishtirokchilari ekanligini bildiruvchi maxsus belgining (flayer) namunaviy shaklini ishlab chiqadi va ularni chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlariga bepul tarqatadi, bunda maxsus belgida koʻrsatilgan maʼlumotlar davlat tilida va ingliz tilida yozilgan boʻlishi shart;
Operator “tax free” tizimini joriy etish maqsadida qoʻshimcha shtat birliklarini shakllantirish, xalqaro aeroportlarda servis nuqtalarini joylashtirish va ularni moddiy-texnika baza bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
chet davlat fuqarolariga Oʻzbekiston hududida ayrim tovarlar xarid qilinganda toʻlangan QQS summasini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qaytarish ular tomonidan mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar maʼlumotlari asosida amalga oshirilishi;
xarid qilingan tovarlarning Oʻzbekiston hududida isteʼmol qilinmaganligi hamda ular chet davlat fuqarolarining kuzatuv bagaji va/yoki qoʻl yukida oʻzi bilan Oʻzbekiston hududidan olib chiqib ketilishi lozimligi;
Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan QQSni chet el fuqarolariga toʻlab berish uchun mablagʻlarni ajratish va Operatorga yoʻnaltirish tartibi.
5. Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimi tatbiq etiladigan tovarlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda asoslangan takliflardan kelib chiqib roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 10-dekabrga qadar:
a) mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini kiritish orqali roʻyxatga olish hamda ular tomonidan toʻlangan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qoʻshimchalar kiritsin;
b) “tax free” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax free” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Tax free” AAT) ishlab chiqsin.
Belgilansinki, mobil ilovaga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, “Tax free” AATni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2022-yil 15-dekabrga qadar chet davlat fuqarolarini “tax free” tizimidan foydalanish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtishlarida Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganligini qayd etish maʼlumotlari orqali identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan imkoniyatini yaratsin.
Bunda “Tax free” AAT orqali maʼlumotlar almashinuvi real vaqt rejimida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
8. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlarni ularning murojaatlari asosida xalqaro bank kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha maxsus hisob-kitob terminallari bilan taʼminlash;
“Uzbekistan Airports” AJga 2022-yil 20-dekabrga qadar “tax free” tizimi operatorining QQS summasini qaytarish servis shoxobchalarini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlari hududida joylashtirish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “tax free” tizimini joriy etish samaradorligi natijalariga koʻra mazkur tizimni 2024-yildan boshlab respublikaning barcha xalqaro aeroportlari, vokzallari hamda bojxona hududidan oʻtkazish punktlarida bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, “tax free” tizimi operatorini davlat-xususiy sheriklik asosida tanlash yoki xalqaro operatorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Davlat soliq qoʻmitasining markaziy apparatida “tax free” tizimini joriy etishga va doimiy monitoring qilib borishga masʼul qoʻshimcha alohida tuzilma tashkil etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda, vokzallarda hamda bojxona hududidan oʻtkazish punktlarida, shuningdek, rasmiy veb saytlarda Oʻzbekiston Respublikasida “tax free” tizimi joriy etilganligini bildiruvchi hamda mobil ilovadan foydalanishning bosqichlari haqida maʼlumot beruvchi flayer, bukletlar, tarqatma materiallar va boshqa qoʻllanmalar boʻlishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Moliya vaziri T.A. Ishmetov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
653-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga 1-ILOVA
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom chet davlat fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (keyingi oʻrinlarda — chet davlat fuqarolari) tomonidan Oʻzbekiston hududida chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlardan ayrim tovarlarni xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) summasini qaytarish (“tax free” tizimi) tartibini belgilaydi.
2. Chet davlat fuqarolariga QQS bilan xarid qilingan ayrim tovarlar boʻyicha QQS summasining ushbu Nizomda belgilangan miqdori qaytariladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan (“duty free”) xarid qilingan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etishda chet davlat fuqarosi yonida boʻlmagan tovarlar;
toʻliq yoki qisman isteʼmol qilingan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻliq yoki qisman ishlatilgan va asl oʻrami bilan birga boʻlmagan tovarlar (oʻram boʻlishi nazarda tutilgan boʻlsa).
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
“tax free” tizimi — chet davlat fuqarolariga, ular tomonidan Oʻzbekiston hududida ayrim tovarlar xarid qilinganda toʻlangan QQS summasini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda ushbu Nizomda belgilangan miqdorda qaytarish tizimi;
“tax free” tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq Servis” davlat unitar korxonasi.
“Tax free” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“Tax free” AAT) — “tax free” tizimi ishtirokchilarining oʻzaro maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan hamda integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
4. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish ular tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qoʻl yukida oʻzi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi tasdiqlangandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
QQS summasi oʻn sakkiz yoshga toʻlgan chet davlat fuqarolariga qaytariladi.
Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarish uchun tovarlar xarid qilingan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida Operatorga ushbu Nizomda belgilangan tartibda va talablarni bajargan holda murojaat qilishi mumkin.
2-bob. Chet davlat fuqarolarini “tax free” tizimida roʻyxatga olish tartibi
6. Chet davlat fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarish huquqidan foydalanish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) roʻyxatdan oʻtadi.
Bunda chet davlat fuqarolari mobil ilovada ismi, familiyasi va pasport maʼlumotlarini, shuningdek, oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan xalqaro bank kartasi yoki bank hisobvaragʻini roʻyxatdan oʻtkazadi.
7. Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarib olish maqsadida mobil ilovada identifikatsiya va roʻyxatdan oʻtishi ularning mobil telefon raqamiga (elektron pochtasiga) kelib tushgan havola boʻyicha roʻyxatga olish kodini kiritish orqali amalga oshiriladi.
8. Mobil ilovaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi boʻyicha javobgarlik chet davlat fuqarolarining oʻziga yuklatiladi. Bunda ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va undan chiqib ketishi holatlari “Tax free” AAT orqali tekshiriladi va tasdiqlanadi.
3-bob. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish tartibi
9. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish chet davlat fuqarolari tomonidan tovarlar boʻyicha xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kodni (QR-kod) mobil ilova yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini mobil ilovaga kiritish orqali shakllangan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
10. Chet el fuqarolari xarid qilingan tovarlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda ularning bir qismini qaytarish tizimidan (keshbek) foydalanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan fiskal belgili cheklar mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan hamda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib berish toʻliq yoki qisman rad etilgan holatlarda ular boʻyicha chet el fuqarolariga QQS qaytarilmaydi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
11. Mobil ilovada roʻyxatga olingan fiskal belgili chek maʼlumotlari asosida “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar roʻyxati va ular boʻyicha toʻlangan QQS summasi alohida ajratilgan holda aks ettiriladi, shuningdek, ushbu maʼlumot “Tax free” AAT da real vaqt rejimida aks ettiriladi.
12. Chet davlat fuqarolari “tax free” tizimi doirasida xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etishda Operatorning xalqaro aeroportlarda joylashgan servis shaxobchalariga murojaat qiladi.
Chet davlat fuqarolari mobil ilova yordamida servis shoxobchasiga murojaat qilishi rejalashtirilgan sana va vaqt toʻgʻrisida murojaat yuborishi mumkin.
13. Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarib olish uchun Operatorga bortga chiqish taloni hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi.
Operator chet davlat fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti ekanligini hamda chet davlat fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotganligi holatini tasdiqlovchi belgi (shtamp) mavjudligini tekshiradi.
14. Operator xodimi chet davlat fuqarosi tomonidan xarid cheklarida koʻrsatilgan hamda chet el fuqarosi yonida boʻlgan tovarlarni koʻzdan kechiradi va solishtiradi, ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga mosligini tekshiradi va Operator tomonidan tasdiqlanadigan Reglament asosida chet el fuqarosi bilan ushbu toʻgʻrisida qaydnomani mobil ilova orqali elektron shaklda rasmiylashtiradi.
15. Chet davlat fuqarosi Oʻzbekiston hududidan chiqib ketayotganda Operator Oʻzbekiston hududida xarid qilingan tovarlar respublika hududidan olib chiqib ketilayotganligini tasdiqlaydi hamda bir vaqtning oʻzida ushbu tasdiqni “Tax free” AATga kiritadi. Shuningdek, chet el fuqarosi haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligini mutasaddi tashkilot 3 kun mobaynida “Tax free” AAT orqali chegaradan oʻtish qaydnomasi asosida tasdiqlaydi.
16. Operator tomonidan “tax free” tizimi doirasida xarid qilingan tovarlar olib chiqib ketilayotganligi tasdiqlangandan soʻng chet davlat fuqarosiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQS summasi toʻgʻrisida maʼlumot mobil ilovada aks ettiriladi.
17. Qaytarilayotgan QQS summasi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida belgilanadi va chet davlat fuqarosiga mobil ilovada koʻrsatilgan xalqaro bank kartasiga (toʻlov tizimiga) yoki bank hisobvaragʻiga chet el valyutasida (AQSH dollari) mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda oʻtkazib beriladi.
Qaytarilayotgan QQS summasini chet el valyutasida (AQSH dollari) hisoblash chet davlat fuqarosi tomonidan xarid amalga oshirilgan kundagi xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining valyuta ayirboshlash kunidagi ayirboshlash kurslari asosida amalga oshiriladi.
QQS summasi chet davlat fuqarosining xalqaro bank kartasiga (toʻlov tizimiga) yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazilishi xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining konversiya va pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmat haqlari asosida chet davlat fuqarosiga qaytarilayotgan mablagʻ hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda chet davlat fuqarosi QQS summasi Operator tomonidan qaytarib berilishi uchun oʻzining xalqaro bank kartasi (toʻlov tizimi) yoki bank hisobvaragʻi rekvizitlarini mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlishi lozim.
18. Chet davlat fuqarosi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilinmasligi holatida, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan holatlarda Operator chet davlat fuqarolariga xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarib berishni toʻliq yoki qisman rad etishga haqli.
4-bob. Operatorning xizmati uchun haq toʻlash hamda chet davlat fuqarolariga QQS summasini toʻlab berish tartibi
19. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qaytariladi.
Chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovar boʻyicha QQS summasi chet davlat fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi kunidan keyin qaytariladi.
21. Operatorga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan xarid cheklaridagi “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami toʻlangan QQS summasining 100 foiziga teng boʻlgan mablagʻlar toʻlab beriladi.
Bunda chet davlat fuqarolariga Operator oʻzining xizmati uchun toʻlovlarni inobatga olib, “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami toʻlangan QQS summasining 90 foiz qismini toʻlab beradi.
Operatorning xizmati uchun toʻlovlar chet davlat fuqarosi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun taqdim etilgan xarid cheklarida koʻrsatilgan QQS summasining 10 foizini tashkil etadi.
22. Operator har oyning yigirma beshinchi kunidan kechiktirmay avvalgi kalendar oyda chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot boʻyicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari boʻyicha buyurtmani Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi asosida Moliya vazirligiga taqdim etadi.
23. Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasiga asosan Operatorning Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisobvaragʻiga xulosa olingan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmay mablagʻlarni oʻtkazadi.
24. Operator Moliya vazirligi tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazilgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni Moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilikning maxsus hisobvaragʻidan vakolatli bankda ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
25. Operator QQS summasini qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolarining reyestrlarini vakolatli bankka har oyda, keyingi oyning yigirma beshinchi kuniga qadar taqdim etadi.
26. Soliq organlari va Operator chet davlat fuqarolari tomonidan chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlardan xarid qilingan tovarlar, ularning narxi va miqdori, toʻlangan va qaytarilishi lozim boʻlgan QQS summasi, chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda “tax free” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax free” AATdan foydalanadi.
Shuningdek, “Tax free” AATga QQS summasini qaytarishda ishtirok etadigan bojxona, moliya va boshqa mutasaddi organlar oʻz axborot tizimlarini “Tax free” AATga integratsiya qiladi va undan foydalanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27, 28-boblari.
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (“tax-free” tizimi)
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I. “Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatoriga tovarlar xaridida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (“tax-free” tizimi) huquqi toʻgʻrisida xabar berish
1-bosqich
Tovar xaridori — chet el fuqarolari
Chakana savdo tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkaziladi
Chek olingan kundan boshlab 10 kalendar kundan kechiktirmasdan
2-bosqich
“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori
Oʻtgan kalendar oyda chet el fuqarolari tomonidan soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot va ular boʻyicha qaytariladigan QQS summalar boʻyicha buyurtmalar haqqoniyligini tekshiradi.
Chet davlat fuqarosi tomonidan tovarlar xarid qilingan oydan keyingi oyning 25-kuniga qadar
II. Tovarlarni xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (Tax-free)
3-bosqich
“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot boʻyicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari boʻyicha buyurtmani Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi asosida Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Chet davlat fuqarosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan oydan keyingi oyning 25-kuniga qadar
4-bosqich
Moliya vazirligi
Operatorining maxsus hisobraqamiga chet el fuqarolarining soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar asosida QQS summasini qaytarib berish uchun mablagʻlarni oʻtkazadi.
Buyurtma olgan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan
5-bosqich
“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori
Qabul qilingan mablagʻlarni vakolatli bankda ochilgan hisob hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bir kundan kechiktirmasdan
6-bosqich
“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori
Vakolatli bankka tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolari reyestrini taqdim etadi.
Chet davlat fuqarolari tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qoʻl yukida oʻzi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilganda amalga oshiriladi.
7-bosqich
Bank
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qoʻyilgan roʻyxatdan oʻtgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolarining xalqaro bank kartalariga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga 2-ILOVA
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimi tatbiq etiladigan tovarlar
ROʻYXATI
Guruh
Guruh tavsifi
Sinf
Sinf tavsifi
008
Mevalar va yongʻoqlar
00801
Yongʻoq
00811
Quritilgan mevalar va yongʻoqlar
033
Parfyumeriya, kosmetika yoki goʻzallik mahsulotlari
03303
Atir yoki parfyumeriya suvi
03304
Kosmetika vositalari
03305
Soch uchun mahsulotlar
03307
Boshqa parfyumeriya, kosmetika yoki hojatxona vositalari
042
Teri mahsulotlari
04202
Sandiqlar va boshqa sumkalar
04203
Kiyim uchun teri aksessuarlar
04205
Tabiiy yoki kompozit teridan tayyorlangan boshqa mahsulotlar
043
Moʻyna va moʻynali mahsulotlar
04303
Tabiiy moʻynadan tayyorlangan aksessuarlar
04304
Sunʼiy moʻyna va undan tayyorlangan mahsulotlar
044
Yogʻoch va uning mahsulotlari
04419
Yogʻoch vilkalar va pichoqlar
04420
Yogʻochdan koshinkor va naqshin mahsulotlar, yuvelir yoki pichoq va boshqa shu kabi buyumlar uchun yogʻoch quticha va idishlar, yogʻoch haykalcha va boshqa dekorativ buyumlar
046
Savat
04601
Toʻqimachilik mahsulotlari
050
Ipak
05007
Ipak matolar
057
Gilamlar
05701
Gilamlar
061
Kiyim va kiyim aksessuarlari
06101 — 06117
Kiyim va kiyim aksessuarlari
062
06201 — 06217
064
Poyabzal
06401
Poyabzal
06403
Bolalar poyabzali
069
Keramik mahsulotlar
06911
Farfordan yasalgan boshqa buyumlar
06912
Dasturxon, oshxona idishlari va boshqa keramikadan yasalgan xoʻjalik va hojatxona buyumlari, farfordan tashqari
082
Qurilmalar va moslamalar, ularning qismlari
08211
Pichoqlar
08213
Qaychi
08214
Boshqa kesish mahsulotlari (masalan, soch kesish uchun mashinkalar, qassoblar uchun maxsus pichoqlar yoki maxsus oshxona pichoqlari va kesimlar)
08215
Oshxona anjomlari
085
Elektr mashinalar, apparat, asbob-uskunalar va ularning qismlari
08508
Changyutgichlar
08509
Elektr motorli maishiy texnika
08510
Elektr soch va soqol olish mashinalari
08517
Telefonlar
08518
Mikrofonlar, naushniklar va boshqalar
08519
Ovoz va video yozuvlar uchun uskunalar
08523
Disklar, lentalar va boshqa saqlash moslamalari
08525
Tele-video-raqamli kameralar
08527
Radio qoldiqlari
08543
Shaxsiy funksiyalarga ega elektr mashinalari va jihozlari
091
Soatlar
09101
Qoʻl soatlari
09103
Qoʻl soati boʻlmagan soatlar
095
Oʻyinchoqlar va sport asbob-uskunalari
09503
Velosipedlar, samokatlar, pedalli mashinalar, milliy va boshqa oʻyinchoqlar
09504
Video oʻyinlar, stol oʻyinlari, billiard va boshqa oʻyinlar
09505
Bayramlar uchun mahsulotlar
Izoh. Kengaytirilgan roʻyxat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan (pozitsiyalar, subpozitsiyalar, atributlar va brendlar koʻrsatilgan holda) yuritiladi.