1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim turlarini tugatish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida:
1. 2022-yil 1-dekabrdan boshlab tijorat tashkilotlari faoliyatiga oid quyidagi talablar bekor qilinsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
a) quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
b) masʼuliyati cheklangan jamiyatning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
v) masʼuliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
g) masʼuliyati cheklangan jamiyatda zaxira jamgʻarmasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
2. Belgilansinki, 2023-yil 1-martdan boshlab unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar amalda faoliyat yuritib kelayotgan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish jarayonlarini 2025-yil 1-yanvarga qadar yakunlashni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
3. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan axborot va hisobotlarni oshkor etish talabini takomillashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etiladigan axborot va hisobotlar bilan bir qatorda pul mablagʻlarining harakati hamda aksiyalar chiqarishning bir qismi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni
qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilmagan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan muhim faktlarni majburiy tartibda oshkor etmaydi, bundan tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
4. Xoʻjalik jamiyatlarining ishtirokchisi (aksiyadori) va kreditorlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-apreldan boshlab:
masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravaridan koʻp boʻlgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas;
yuridik shaxslar qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtgan hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aksiya, korporativ obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish boʻyicha qarorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-martdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzining rasmiy veb-sayti orqali quyidagi faktlar toʻgʻrisidagi axborotni ular yuz bergan sanadan ikki ish kuni ichida eʼlon qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, uni toʻxtatib turish, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.04.00 Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash]
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlarni koʻrsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish.
6. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
a) 2023-yil 1-iyuldan boshlab xoʻjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilinadi.
Bunda, mazkur maʼlumotlar masʼul vazirlik va idoralar tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga kiritib boriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
b) fond birjasida qimmatli qogʻozlar bilan savdolarni amalga oshirish qoidalariga kiritiladigan birja aʼzolariga va listing kompaniyalariga taʼsir qiluvchi muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular tasdiqlanishidan kamida oʻn besh kun oldin fond birjasi saytida muhokamaga qoʻyiladi;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtiriladi.
7. Oliy sud Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:
korporativ nizolarni koʻrish natijalari boʻyicha sud qarorlarini egasizlantirgan holda Oliy sudning rasmiy veb-sayti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va ijtimoiy tarmoqlarda har oyda joylashtirib borsin;
korporativ munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar hamda ularni hal etish amaliyoti boʻyicha sudyalar va xoʻjalik jamiyatlari vakillari ishtirokida har chorakda seminar va davra suhbatlarini tashkil etsin.
8. Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
2023-yil 1-iyulga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
yangicha korporativ boshqaruv mexanizmlarini, shu jumladan korporativ shartnomalar va konsorsium shartnomalarini amaliyotga keng joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirib borsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
PQ-415-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-415-son qaroriga ILOVA
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish boʻyicha
Quyidagi majburiy talablarni bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish:
a) quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish:
masʼuliyati cheklangan jamiyat, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno;
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyati va davlat unitar korxonasi;
b) masʼuliyati cheklangan jamiyatning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
v) masʼuliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
Fond birjasining listingiga kiritilgan va kiritilmagan xoʻjalik jamiyatlari uchun hisobot va axborotni oshkor etish talabini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
2023-yil iyul
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
3.
Unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shakllarini bosqichma-bosqich yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirish choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar
2023-yil fevral
Adliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Moliya vazirligi
4.
Xoʻjalik jamiyatlarining filiallari, vakolatxonalari va uning ustav kapitali shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilib borish choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar
2023-yil yanvar
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Oliy sud
5.
Xoʻjalik jamiyatlari ishtirokchilarining korporativ shartnoma tuzish huquqini va huquqiy asoslarini belgilash.
Amaliy chora-tadbirlar, normativ huquqiy hujjatlar loyihalari
2023-yil fevral
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
6.
Yuridik shaxslarning yagona taʼsischisi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgandan soʻng meros mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid munosabatlarni takomillashtirish. Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:
meros mulkini ishonchli boshqaruvga berish;
mulkdorning vafoti munosabati bilan tadbirkorlik faoliyati toʻxtab qolmasligini taʼminlash mexanizmlari.
Qonun loyihasi
2023-yil mart
Adliya vazirligi,
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,
Savdo-sanoat palatasi
7.
Quyidagi tartibni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:
xoʻjalik jamiyati bilan shartnoma tuzilayotganda, shartnomaning halol ish olib borgan tarafi ushbu jamiyatning ijro etuvchi organidan xoʻjalik jamiyati tomonidan bitimlarni tuzish ichki tartib-taomiliga rioya etilganligi haqida maʼlumot soʻrab olishga majbur emas;
ushbu shartnoma xoʻjalik jamiyati tomonidan bitimlarni tuzish ichki tartib-taomili buzilganligi munosabati bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas, basharti shartnomaning halol ish olib borgan tarafi ushbu tartibga rioya etilmaganligidan xabardor boʻlmagan boʻlsa.
Qonun loyihasi
2023-yil iyul
Adliya vazirligi,
Oliy sud,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
8.
Xoʻjalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) fidutsiar majburiyatlari va ular boʻyicha javobgarligini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil dekabr
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
9.
Tijorat tashkilotlari tomonidan konsorsium shartnomasiga muvofiq vaqtinchalik birlashma tuzishning huquqiy asoslarini belgilash.
Bunda:
konsorsium shartnomasi faqat tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida aniq bir tijorat faoliyatini amalga oshirish va ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tuzilishi;
konsorsium oʻz maqsadiga resurslarni birlashtirish va muayyan harakatlarni birgalikda bajarish orqali erishishi;
konsorsium ishtirokchilari uning faoliyati bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha solidar javobgar boʻlishi;
vaqtinchalik birlashma yuridik shaxs hisoblanmasligi nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil fevral
Adliya vazirligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
10.
Aksiyadorlik jamiyatlarining minoritar aksiyadorlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolatini tanlov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari yoki boshqa yuridik shaxslarga berish boʻyicha takliflar kiritish. Bunda, mazkur tashkilotlarga xalqaro moliya institutlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil dekabr
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
11.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) tamoyillari va ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olish;
birjalarda savdosi amalga oshiriladigan Exchange Trading Funds (ETF), shu jumladan oltinga bogʻlangan (Gold ETF) fondlar savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha huquqiy bazani yaratish;
oʻzini-oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolik (ishtirok etish) asosida oʻzini-oʻzi boshqarish tamoyillarini joriy etish;
qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish va saqlashning zamonaviy tamoyillari.
Qonun loyihasi
2023-yil iyun
Moliya vazirligi,
Markaziy bank
12.
“Sherikchilik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Qonun loyihasi
2023-yil dekabr
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
13.
Qonunchilikka quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:
jamiyat ustav fondini jalb qilingan investitsiyalar hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisida qarorni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi yoki jamiyat kuzatuv kengashi majlisida ishtirok etayotgan aʼzolar tomonidan bir ovozdan qabul qilish;
xoʻjalik jamiyatlarida kuzatuv kengashi aʼzolari sonini toq etib belgilash;
aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondini (ustav kapitalini) oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar olish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestrini yopish sanasini aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻttizinchi kun deb hisoblash va mazkur sanani ikki ish kuni ichida eʼlon qilish;
jamiyatning ustav kapitalini oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalarni faqat oddiy aksiya egalari oʻrtasida taqsimlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil iyun
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
14.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:
boshqaruv organlarining faoliyat yuritish mexanizmlarini takomillashtirish;
ijro etuvchi organlarning javobgarligini aniq belgilash;
“kvorum”, “malakali koʻpchilik ovoz” va boshqa tushunchalarni kiritish.
Qonun loyihasi
2023-yil iyul
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Savdo-sanoat palatasi
15.
Korporativ nizolarni koʻrish natijalari boʻyicha sud qarorlarini egasizlantirgan holda Oliy sudning rasmiy veb-sayti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va ijtimoiy tarmoqlarda har oyda joylashtirib borish.
Chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Oliy sud,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmetidan kelib chiqib, ijro muddatidan qatʼi nazar yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.