1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.09.00 Harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING HARBIY XIZMATCHILARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISHNI TAʼMINLASH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining belgilangan tartibda turar joy bilan taʼminlanmagan harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida:
1. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitser tarkiblari harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Toshkent shahrida — eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida — eng kam ish haqining ikki baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilansin.
2. Belgilansinki, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlarining ushbu normalari joriy etilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev):
bir hafta muddatda Moliya vazirligi (S. Rahimov), Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turarjoy bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun kiritsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi R. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-iyun,
PQ-112-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 25.02.2025-y., 07/25/71/0178-son; 09.06.2026-y., 07/26/214/0572-son)