1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda oʻtkazib kelinayotgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotgan keng jamoatchilikni yanada ragʻbatlantirish, hududlardagi dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda fuqarolarning ushbu jarayonlarda faolligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari]
1. 2022-yil iyul — sentabr oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 1221 ta mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan ilgari surilgan qiymati 1 trillion boʻlgan 1 418 ta loyiha gʻolib boʻlganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil iyul — sentabr oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 335 milliard soʻm mablagʻni 1-ilovaga muvofiq ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Moliya vazirligi uch kun muddatda 2022-yildagi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga shakllangan mablagʻlarni mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetlarga belgilangan tartibda yoʻnaltirsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari:
mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻlarning uch kun muddatda Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga oʻtkazilishini hamda mazkur jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (T. Xudaybergenov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ovoz berishda ishtirok etmagan mahallalarda tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarining targʻibot ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
3. Belgilansinki, 2023 moliya yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari]
a) “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Bunda, aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla boʻyicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qoʻyiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari]
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar)lar Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yoʻnaltiriladi;
v) tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari uchun tuman (shahar) budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 milliard soʻm mablagʻ rejalashtiriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
tuman (shahar) budjetlari mablagʻlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi — har yili fevral-mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun-iyul oylarida;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni — har yili noyabr-dekabr oylarida oʻtkaziladi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirishning yangi tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, 2023-yilga moʻljallangan dasturlarni joriy yilning dekabr va 2023-yilning yanvar oylarida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar paketi uchun ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorini 8 milliard soʻm etib belgilash, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan kamida 4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish nazarda tutilsin.
6. Moliya vazirligi, tuman va shahar hokimliklari hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun tuman va shahar budjetlarida 2023-yilda 640 milliard soʻm mablagʻ rejalashtirilishini taʼminlasin.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda tashabbusli budjetlashtirish jarayonining 2022-yil ikkinchi mavsumi doirasida tibbiyot muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlash yuzasidan kelib tushgan 190 ta loyihani oʻrganib chiqib, ushbu loyihalar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, ushbu loyihalar Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun 2023-yilda ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
8. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilariga tashabbusli budjetlashtirish jarayoniga fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borish, loyihalarni shakllantirishga koʻmaklashish, ularning sifatli va muddatida amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
9. 2023-yil 1-yanvardan boshlab, tuman va shaharlar hokimliklari moliya boʻlimlarida tashabbusli budjetlashtirish jarayonida tanlangan loyihalarni boshqarish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etilsin. Bunda, ushbu shtat birliklari Davlat soliq qoʻmitasi va uning tarkibiy tuzilmalaridan 200 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobiga hamda qolgan qismi Moliya vazirligining umumiy shtat birliklari doirasida ajratiladi.
10. Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari]
bir oy muddatda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni doirasida bitta mahallada gʻolib deb topilishi mumkin boʻlgan loyihalarning cheklangan soni, loyihalar gʻolib deb topilishi uchun talab etiladigan eng kam ovozlar soni hamda amalga oshirilayotgan loyihalarda sifat nazoratini amalga oshirish va ularga shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
tashabbusli budjetlashtirish jarayonining hududlardagi ijrosini baholab borish maqsadida tuman (shahar) faolligi reytingini joriy qilsin va mazkur reyting natijalarini “Ochiq budjet” axborot portalida eʼlon qilib borsin.
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-oktabr,
PQ-409-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-409-son qaroriga 1-ILOVA
2022-yilning iyul — sentabr oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablagʻlar
MIQDORI
T/r
Hudud nomi
Loyihalar soni
(birlik)
Mablagʻ miqdori
(mln soʻm)
Respublika boʻyicha jami
364
334 622
shu jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami
2
2 200
1.
Amudaryo tumani
1
1 200
2.
Beruniy tumani
1
1 000
Andijon viloyati boʻyicha jami
38
35 701
3.
Andijon tumani
8
6 928
4.
Asaka tumani
3
3 400
5.
Izboskan tumani
5
4 830
6.
Qoʻrgʻontepa tumani
1
1 100
7.
Marhamat tumani
5
4 765
8.
Oltinkoʻl tumani
2
1 600
9.
Paxtaobod tumani
3
1 664
10.
Ulugʻnor tumani
2
1 429
11.
Xoʻjaobod tumani
3
3 185
12.
Shahrixon tumani
6
6 800
Buxoro viloyati boʻyicha jami
23
15 106
13.
Buxoro tumani
2
1 450
14.
Vobkent tumani
2
1 700
15.
Gʻijduvon tumani
10
5 245
16.
Jondor tumani
2
1 791
17.
Olot tumani
2
2 400
18.
Romitan tumani
3
1 200
19.
Shofirkon tumani
2
1 320
Jizzax viloyati boʻyicha jami
21
22 535
20.
Gʻallaorol tumani
4
4 595
21.
Jizzax shahri
4
3 840
22.
Paxtakor tumani
2
2 000
23.
Forish tumani
2
2 000
24.
Sharof Rashidov tumani
8
9 150
25.
Yangiobod tumani
1
950
Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami
33
36 006
26.
Gʻuzor tumani
2
2 064
27.
Dehqonobod tumani
2
2 400
28.
Kitob tumani
3
2 600
29.
Koson tumani
3
2 700
30.
Koʻkdala tumani
1
1 200
31.
Qamashi tumani
5
6 000
32.
Qarshi tumani
4
4 350
33.
Chiroqchi tumani
3
3 497
34.
Shahrisabz tumani
4
4 095
35.
Yakkabogʻ tumani
6
7 100
Navoiy viloyati boʻyicha jami
12
9 420
36.
Navbahor tumani
1
370
37.
Navoiy shahri
4
1 850
38.
Xatirchi tumani
7
7 200
Namangan viloyati boʻyicha jami
38
34 605
39.
Davlatobod tumani
2
1 649
40.
Kosonsoy tumani
7
7 800
41.
Mingbuloq tumani
3
3 250
42.
Norin tumani
4
3 736
43.
Pop tumani
8
6 850
44.
Toʻraqoʻrgʻon tumani
3
1 360
45.
Uchqoʻrgʻon tumani
2
1 950
46.
Chortoq tumani
2
1 640
47.
Yangi Namangan tumani
2
1 520
48.
Yangiqoʻrgʻon tumani
5
4 850
Samarqand viloyati boʻyicha jami
28
24 107
49.
Bulungʻur tumani
3
2 626
50.
Jomboy tumani
1
1 128
51.
Ishtixon tumani
7
5 787
52.
Kattaqoʻrgʻon tumani
2
1 700
53.
Qoʻshrabod tumani
2
2 100
54.
Narpay tumani
1
1 050
55.
Nurobod tumani
4
3 750
56.
Pastdargʻom tumani
1
266
57.
Payariq tumani
4
2 500
58.
Samarqand tumani
2
2 300
59.
Urgut tumani
1
900
Surxondaryo viloyati boʻyicha jami
43
41 969
60.
Angor tumani
6
4 419
61.
Bandixon tumani
2
1 700
62.
Boysun tumani
1
1 200
63.
Denov tumani
8
9 100
64.
Qiziriq tumani
1
1 200
65.
Qumqoʻrgʻon tumani
4
4 050
66.
Muzrabod tumani
2
1 350
67.
Oltinsoy tumani
8
8 130
68.
Termiz tumani
3
2 020
69.
Uzun tumani
2
2 400
70.
Sherobod tumani
4
4 000
71.
Shoʻrchi tumani
2
2 400
Sirdaryo viloyati boʻyicha jami
4
2 320
72.
Boyovut tumani
2
1 350
73.
Sardoba tumani
2
970
Toshkent viloyati boʻyicha jami
32
29 880
74.
Bekobod tumani
5
4 846
75.
Boʻka tumani
3
3 163
76.
Zangiota tumani
1
1 150
77.
Qibray tumani
2
2 101
78.
Quyi Chirchiq tumani
1
1 200
79.
Oqqoʻrgʻon tumani
2
900
80.
Ohangaron tumani
4
3 500
81.
Parkent tumani
3
3 370
82.
Piskent tumani
1
1 200
83.
Toshkent tumani
4
4 800
84.
Oʻrta Chirchiq tumani
1
1 200
85.
Chirchiq shahri
4
1 900
86.
Yuqori Chirchiq tumani
1
550
Fargʻona viloyati boʻyicha jami
63
59 869
87.
Beshariq tumani
9
5 160
88.
Buvayda tumani
4
4 340
89.
Dangʻara tumani
4
4 473
90.
Qoʻshtepa tumani
7
6 145
91.
Quva tumani
5
5 693
92.
Quvasoy shahri
1
1 200
93.
Oltiariq tumani
2
2 400
94.
Rishton tumani
5
5 320
95.
Toshloq tumani
4
3 650
96.
Oʻzbekiston tumani
9
9 539
97.
Uchkoʻprik tumani
5
5 309
98.
Fargʻona tumani
3
2 160
99.
Furqat tumani
5
4 480
Xorazm viloyati boʻyicha jami
27
20 905
100.
Gurlan tumani
6
4 700
101.
Qoʻshkoʻpir tumani
3
2 555
102.
Urganch tumani
7
5 300
103.
Hazorasp tumani
4
3 900
104.
Xonqa tumani
2
1 750
105.
Yangiariq tumani
5
2 700
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-409-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-son qarorining 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Soliq-servis” DUKga davlat soliq xizmati organlari oldiga qoʻyilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha xodimlarni jalb qilishga ruxsat berilsin. Bunda, ular mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tenglashtiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 2.3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
2.3.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy taʼminotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini yaratish.
Axborot tizimini amaliyotga joriy etish
2023-yil dekabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlar
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur qarorning 1-bandida belgilangan bosqichlarni inobatga olgan holda tuman (shahar) budjetlari tasdiqlangan xarajatlarining 5 foizi, biroq kamida 6 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5250-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. 2023-yil 1-yanvarga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan birgalikda ilgʻor kompaniyalarni jalb etgan holda “Ochiq budjet” axborot portalini yanada takomillashtirish hamda uni sifatli va uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash choralarini koʻrsin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori 1-ilovasining 19-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil iyun” soʻzlari “2022-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 07/22/409/0956-son; 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)