Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Mamlakatimizga olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari tubdan isloh qilinib, bojxona operatsiyalarini raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, olib kiriladigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvida narx maʼlumotlari byulletenidan foydalanish, uni yangilash muddatlarining uzoqligi, iqtisodiyot tarmoqlarining bu boradagi yetarlicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilmaganligi, byulletendagi ayrim narxlarning juda yuqori belgilanganligi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ular boʻyicha toʻlovlarning yuqoriligi koʻplab muammolar keltirib chiqarmoqda.
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona qiymatini nazoratdan oʻtkazish jarayonlarida bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimlarini joriy etish va bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish axborot tizimida ayrim tovarlarning indikativ narxlarini belgilash orqali soddalashtirish, bu borada byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni qisqartirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan narx maʼlumotlar byulletenini shakllantirishni toʻliq bekor qilish;
bojxona qiymatini aniqlash jarayonlarida xavfni boshqarish axborot tizimida ayrim tovarlarning indikativ narxlarini belgilash orqali nazorat qilish mexanizmini joriy etish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
32 — 34-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
b)
114-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“114. Bojxona organlari elektron bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini nazorat qilish maqsadida xavfni boshqarish hamda bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimlari, shuningdek, boshqa axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ushbu tizimlar tomonidan avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) eng koʻp import qilingan tovarlar boʻyicha ularning eng quyi narxlari, shu jumladan asosiy tarkibini tashkil etuvchi xomashyo narxidan past boʻlmagan indikativ narxlar shakllantiriladi.
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati xavfni boshqarish axborot tizimi orqali nazorat qilinishida indikativ narxlardan foydalaniladi.
Indikativ narxlardan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi”.