1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import;
4.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
5.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Davlat chegarasini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida cheGARa, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Soʻnggi vaqtlarda avtomobil oʻtkazish punktlari taqiqlangan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish hamda respublika orqali ularni tranzit tarzda olib oʻtish yoʻnalishlaridan biri sifatida saqlanib qolmoqda.
Bunda qonunbuzarlar tomonidan turli hiyla-nayranglar qoʻllanishi hamda transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish vaqti cheklanganligi avtomobil oʻtkazish punktida taqiqlangan tovarlarni aniqlashda qiyinchiliklarni, shuningdek, tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Davlat chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari noqonuniy kirib kelishining oldini olish va ularni koʻrikdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
“Chegara nazorati” va “chegara koʻrigi” tushunchalariga yanada aniqlik kiritilgan taʼrif berish;
avtomobil oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari va yuklarni koʻrikdan bojxona va chegara nazorati boʻlinmalari bilan hamkorlikda oʻtkazish;
avtotransport vositalari va yuklarni koʻrikdan oʻtkazishda chegara nazorati boʻlinmalari ishtirokini taʼminlagan holda, chegara nazoratini amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni optimallashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni S.E. Xusanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-sentabr,
555-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 555-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“chegara nazorati — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari chegara nazorati boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — chegara nazorati boʻlinmalari) tomonidan Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish, Davlat chegarasini va oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish holatlarining oldini olish maqsadida Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“chegara koʻrigi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan transport vositalari va tovarlarda nazoratdan yashiringan shaxslar yoki Davlat chegarasi orqali olib oʻtish taqiqlangan tovarlarni aniqlash boʻyicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar majmui”.
“18. Transport vositalari va tovarlar texnika xavfsizligiga rioya etilgan holda, tashuvchi vakili yoki tovarga vakolatli shaxs yoxud transport vositasi haydovchisi (havo, daryo kemasi ekipaji, poyezd brigadasining aʼzosi) ishtirokida chegara va bojxona nazoratidan oʻtkaziladi hamda ular qoʻshma naryadning talabiga koʻra koʻzdan kechirish qiyin boʻlgan barcha joylarni koʻrsatishi shart”.
“bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali, shu jumladan, tranzit shartlarida oʻtkaziladigan avtotransport vositalari va tovarlar boʻyicha tranzit deklaratsiyasi oldindan taqdim qilinmagan hollarda”.
4. 36-bandning “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) qoʻshma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojxona nazoratidan yashiringan shaxslar va tovarlar, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yoʻqligi soʻraladi. Shundan soʻng avtotransport vositasi qoʻshma naryad tomonidan koʻrikdan (bojxona maqsadlari uchun bojxona koʻzdan kechiruvidan) oʻtkaziladi”.
“d) qoʻshma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojxona nazoratidan yashiringan shaxslar va tovarlar, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yoʻqligi soʻraladi. Shundan soʻng avtotransport vositasi qoʻshma naryad tomonidan koʻrikdan (bojxona maqsadlari uchun bojxona koʻzdan kechiruvidan) oʻtkaziladi”.
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yukli avtotransport vositalari chegara oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillaridan 22 — 30 daqiqada oʻtkaziladi. Shu jumladan, chegara nazorati bilan bogʻliq tartib-taomillar ushbu belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladi”.
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan yukli avtotransport vositalari chegara oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillaridan 14 — 20 daqiqada oʻtkaziladi. Shu jumladan, chegara nazorati bilan bogʻliq tartib-taomillar ushbu belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/555/0877-son)