1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va maʼlumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Elektron hukumat markazi) tomonidan:
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi) modernizatsiya qilinganligi;
“Elektron hukumat” tizimi doirasida maʼlumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etuvchi “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamli maʼlumotlar platformasi) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish uchun ariza berish, arizani koʻrib chiqish va ularni platformaga ulash tartibi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot olish uchun elektron soʻrovlar yuborish, soʻrovlarni qayta ishlash va maʼlumotlarni taqdim etish tartibi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot almashishda platforma operatori, foydalanuvchi va maʼlumot taqdim etuvchilarning huquq va majburiyatlari;
b) “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
nodavlat tashkilotlarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash uchun arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va platformaga ulash tartibi;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumot olish uchun elektron soʻrovlarni yuborish, qayta ishlash va maʼlumotlarni taqdim etish tartibi;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumot almashishda platforma operatori, foydalanuvchi va maʼlumot taqdim etuvchilarning huquq va majburiyatlari;
v) Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
talabgor tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona billing tizimi)ga ulanish boʻyicha operatorga tegishli soʻrov yuborish;
operator tomonidan talabgorni Yagona billing tizimiga ulash boʻyicha uning texnik imkoniyatlarini oʻrganish, uni tizimga ulanishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida talabgorni xabardor qilish;
Yagona billing tizimiga ulanish maqsadga muvofiq deb topilganda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va talabgor oʻrtasida shartnoma tuzish;
(2-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Markaziy bank oʻrtasida Bosh kelishuv hamda talabgorning tizimdagi identifikatsiya kodlari koʻrsatilgan Texnologik yoʻriqnomani tasdiqlash.
3. Elektron hukumat markazi Idoralararo integratsiyalashuv platformasi, Raqamli maʼlumotlar platformasi va Yagona billing tizimining operatori etib belgilansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlar:
davlat organlari va tashkilotlari uchun — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali bepul asosda;
nodavlat tashkilotlar uchun — axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda, Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali toʻlov asosida taqdim etiladi;
b) Raqamli maʼlumotlar platformasiga yoʻllangan soʻrovlar soniga qarab, har bir soʻrov uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda toʻlov undiriladi. Toʻlov miqdori tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi.
Bunda nodavlat tashkilotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash shartnoma asosida amalga oshiriladi;
v) Raqamli maʼlumotlar platformasiga yoʻllangan soʻrovlarga haq toʻlashdan kelib tushgan mablagʻlarning:
15 foizi — axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan maʼlumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlariga;
15 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga;
10 foizi — “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yoʻnaltiriladi.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan har yili tasdiqlanadigan tegishli chora-tadbirlar rejasiga asosan raqamlashtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun maqsadli foydalaniladi;
kadastr organlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi boʻyicha toʻlovlarning Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga asosan “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK va “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq davlat muassasasi ixtiyorida qoladigan qismi ushbu kichik bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi;
soliq organlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi boʻyicha toʻlovlarning Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga asosan xususiy sherik va “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq davlat muassasasi ixtiyorida qoladigan qismi ushbu kichik bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(4-band “v” kichik bandining oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
5. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslarida mavjud maʼlumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali taqdim etishda:
axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarga — taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi yuzasidan;
maʼlumotlarni oluvchi nodavlat tashkilotlarga — platformalar orqali olingan maʼlumotlar tarkibidagi shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish hamda uchinchi tomonga, qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, oshkor etmaslik boʻyicha zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻrish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etishni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi normativ-huquqiy hujjatlar va kelishuvlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻrgangan holda takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini bosqichma-bosqich faqat Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilishini;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli maʼlumotlar platformasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ishlov berilishiga yoʻl qoʻyilmasligini, shuningdek, qonun bilan muhofaza qilinuvchi alohida toifadagi maʼlumotlarni, jumladan, bank siri, qoʻriqlanuvchi shaxslarga oid maʼlumotlarni masʼul vakolatli idoralar bilan kelishilgan holda qayta ishlanishini;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan barcha veb-servislar Raqamli maʼlumotlar platformasida ham joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-sentabr,
516-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qaroriga 1-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining elektron hamkorligi va axborot almashinuvi, ularni ushbu platformaga ulash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi) — elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish doirasida axborot tizimlari va resurslarini integratsiyalash uchun moʻljallangan apparat-dasturiy vositalar majmuasi;
axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan maʼlumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot taqdim etuvchi) — normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsga doir va boshqa maʼlumotlarni qayta ishlash vazifalari yuklangan, oʻz axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari;
maʼlumotlarni qayta ishlash — maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, qoʻllash, taqdim etish, tarqatish, yuborish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir qator amallarni bajarish;
foydalanuvchi — Idoralararo integratsiyalashuv platformasidan maʼlumotlar olishdan manfaatdor davlat organlari;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
texnologik yoʻriqnoma — idoralararo maʼlumot almashinuvining texnik usullari, tarkibi, tomonlarning javobgarligi va qayta aloqa tartibini belgilovchi hujjat;
veb-servis — standartlashtirilgan interfeysga ega noyob veb-manzil bilan aniqlangan, axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlar almashinuvining formati va maʼlumotlar toʻplamini belgilaydigan dasturiy taʼminot tizimi.
3. Elektron hukumat doirasida maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi ularning axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali amalga oshiriladi.
Bunda elektron hamkorlik va axborot almashinuvi faqat Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali tashkil etiladi.
4. Foydalanuvchi va operator oʻrtasidagi axborot almashinuvi tegishli soʻrov yuborish yoʻli bilan Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida amalga oshiriladi.
5. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlar foydalanuvchining vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.
2-bob. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishning umumiy talablari va shartlari
7. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
8. Foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda operatorga elektron shaklda yuboradi.
9. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq koʻrib chiqadi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilganligi;
foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanganligi;
foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi.
10. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator yetti ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish rad etilgan taqdirda, operator tomonidan foydalanuvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
11. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga besh ish kuni mobaynida ulash choralarini koʻradi.
12. Foydalanuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuvi jarayoniga qoʻyiladigan texnik talablar operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi.
13. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilmaganligi;
foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanmaganligi;
ulanish bilan bogʻliq texnik-tashkiliy yechimning mavjud boʻlmasligi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
3-bob. Soʻrovlarni qayta ishlashning umumiy talablari
14. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan foydalanuvchi zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli soʻrovlarni yuborish orqali oladi.
15. Foydalanuvchi tomonidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga soʻrov yuborilgandan soʻng soʻrovda nazarda tutilgan maʼlumotlar operator va foydalanuvchi oʻrtasidagi texnologik yoʻriqnomada belgilangan toifadagi maʼlumotlar hisoblanishi avtomatik ravishda tekshiriladi.
16. Agar soʻrovda operator hamda foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan texnologik yoʻriqnomada nazarda tutilmagan maʼlumotlarni taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, soʻrov rad etiladi.
17. Soʻrovda texnologik yoʻriqnomada nazarda tutilgan maʼlumotlar taqdim etilishi soʻralgan boʻlsa, foydalanuvchiga tegishli maʼlumotlar avtomatik ravishda taqdim etiladi.
18. Soʻrov shakliga umumiy talablar texnologik yoʻriqnomada belgilanadi.
4-bob. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi tomonlarining huquq va majburiyatlari
19. Operator quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchiga Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish;
maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishida koʻmaklashish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yechimlar boʻyicha tushuntirishlar berish;
foydalanuvchidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi tegishli veb-servislarga ulanishdan koʻzlangan maqsad va vazifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshimcha tarzda soʻrab olish;
maʼlumot taqdim etuvchidan uning maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, belgilangan maʼlumotlarning Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishini talab qilish;
maʼlumot taqdim etuvchidan tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligi taʼminlanishini, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha kelib tushgan shikoyatlar oʻz vaqtida bartaraf etilishini talab qilish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Maʼlumot taqdim etuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot yuborish masalalarining texnik yechimida operatordan yordam olish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlarni qabul qilish va yuborish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan operatordan tushunchalar olish.
Maʼlumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida soʻrovlar yuborish va maʼlumotlarni olish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha operatordan tushunchalar olish.
Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish;
foydalanuvchiga Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali axborot va maʼlumotlar yuborilguniga qadar ularning konfidensialligini taʼminlash;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablarini soʻzsiz bajarish;
maʼlumot taqdim etuvchi va operator, operator va foydalanuvchi oʻrtasida integratsiyalashuv boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va kelishishni taʼminlash;
mazkur Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishini vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish va bu haqda ularni asoslarni koʻrsatgan holda rasmiy xabardor qilish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Maʼlumot taqdim etuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish shartlariga rioya qilish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuborilgan soʻrovlarga muvofiq maʼlumotlarni texnologik yoʻriqnomada belgilangan tartibda taqdim etish;
oʻziga tegishli boʻlgan axborot tizimlari va resurslari hamda maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, ulardagi zaruriy maʼlumotlarning Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
oʻziga tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligini taʼminlash, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish, joriy qilish hamda kelib tushgan shikoyatlar natijasi boʻyicha maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilab borish;
oʻziga tegishli veb-servis oʻzgaradigan taqdirda rejalashtirilgan oʻzgartirish amalga oshirilguniga qadar bu haqda ikki hafta oldin operatorga xabar berish;
oʻz axborot tizimlari va resurslarida texnik ishlar olib borilishi natijasida Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilayotgan veb-servislarda kuzatilishi mumkin boʻlgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar olib borilishidan kamida uch ish kun oldin operatorni yozma ravishda xabardor qilish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan oʻz veb-servislariga foydalanuvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri ulashni cheklash.
Maʼlumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
24. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinayotgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga taqdim etmaslik;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan oʻzining axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
mazkur Nizom talablariga va “Elektron hukumat” tizimi orqali olinadigan maʼlumotlarni olish, qoʻllash va saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish.
Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5-bob. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish
25. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.
26. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va texnologik yoʻriqnoma talablarining buzilishi;
foydalanuvchi tomonidan maʼlumotlar uchinchi tomonga shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda taqdim etilganligi haqida axborotning mavjudligi;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik haqida maʼlumotning mavjudligi.
27. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
foydalanuvchi tomonidan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari aniqlanishi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining axborot tizimlari bilan nomuvofiqligi;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
mazkur Nizom bilan belgilangan talablarning bajarilmasligi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Idoralararo integratsiyalashuv platformasining ishtirokchilari oʻzaro hamkorlik va axborot almashinuvi natijasida olingan maʼlumotlarning axborot xavfsizligini taʼminlashi zarur.
29. Operator mazkur Nizom talablarining ijrosi boʻyicha doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
30. Operator va maʼlumot taqdim etuvchi mazkur Nizom talablarini buzgan foydalanuvchining masʼul xodimlari xatti-harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga foydalanuvchilarning ulanishi, axborot tizimlarining platforma orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga foydalanuvchilarning ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni kelishadi.
7 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
7 ish kunida
4-bosqich
Operator
Foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali veb-servis yordamida zarur maʼlumotni olish uchun soʻrov yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Soʻrov tarkibining texnologik yoʻriqnomaga muvofiqligini tekshiradi va soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovga asosan maʼlumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni (maʼlumotlarni) foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish toʻgʻrisida
ARIZA
__________________________________________________________________________________________ (ariza beruvchi davlat organi yoki tashkiloti nomi)
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — IIP)ga maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimining maqsadi va vazifasi (mavjud boʻlganda): ____________________________________________________________________________________________
2. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va ularga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimining nomi: ____________________________________________________________________________________________
3. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimining texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________________________
4. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi tomonidan taqdim etilayotgan veb-servislarning tavsifi (mavjud boʻlganda): ____________________________________________________________________________________________
5. Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidagi IP-manzili: ____________________________________________________________________________________________
6. IIP bilan axborot almashinuvini tashkil etish va unga ulanish doirasida soʻralayotgan maʼlumotlar tarkibi:
T/r
Maʼlumotni olish veb-servisi
Maʼlumotlarni olish uchun asos
1.
2.
3.
7. IIPga bir oyda eng koʻp murojaatlar soni, axborot tizimining ish rejimi (soat bir sutkada):
T/r
Maʼlumotni olish veb-servisi
Bir oyda murojaatlar soni
Veb-servis bilan ishlash rejimi
1.
2.
3.
8. Olinadigan maʼlumotlardan foydalanish maqsadlarining batafsil tavsifi, bunda kirish uchun ruxsat soʻralayotgan maʼlumotlar tarkibining har biri boʻyicha alohida:
T/r
Maʼlumotni olish veb-servisi
Foydalanish maqsadi
1.
2.
3.
9. Ariza beruvchi davlat organi yoki tashkilotining rekvizitlari: ____________________________________________________________________________________________
10. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot: ____________________________________________________________________________________________ Mazkur arizani taqdim etish bilan maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va/yoki taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursi arizaning 1 — 8-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman. Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch kun mobaynida operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman. Izoh.Mazkur arizani imzolash orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 462-moddasi, Jinoyat kodeksning 1412-moddasi bilan tanishtirilganligi va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qismiga oid qonunchilikka rioya etilmagan hollarda javobgarlikni toʻliq oʻz boʻyniga olishiga majbur boʻladi.
_________________________(sana)
______________________________________________ (rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va imzosining yoyilmasi)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qaroriga 2-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi, tijorat tashkilotlari va xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarni ushbu platformaga ulash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamli maʼlumotlar platformasi) — tijorat tashkilotlari va xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar tomonidan oʻz tijorat xizmatlarini koʻrsatish doirasida davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud maʼlumotlarni uzatish uchun moʻljallangan apparat-dasturiy vositalar toʻplami;
axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan maʼlumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot taqdim etuvchi) — normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsga doir va boshqa maʼlumotlarni qayta ishlash vazifalari yuklangan, oʻz axborot tizimlari va resurslarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash orqali maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari;
maʼlumotlarni qayta ishlash — maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, qoʻllash, taqdim etish, tarqatish, yuborish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir qator amallarni bajarish;
foydalanuvchi — Raqamli maʼlumotlar platformasidan maʼlumotlar olishdan manfaatdor tijorat tashkiloti yoki xoʻjalik yurituvchi boshqa subyekt;
Raqamli maʼlumotlar platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
shartnoma — Raqamli maʼlumotlar platformasidan maʼlumot olish maqsadida operator va foydalanuvchi oʻrtasida tuziladigan kelishuv;
texnologik yoʻriqnoma — Raqamli maʼlumotlar platformasi doirasida idoralararo maʼlumot almashinuvining texnik usullari, tarkibi, tomonlarning javobgarligi va qayta aloqa tartibini belgilovchi hujjat;
veb-servis — standartlashtirilgan interfeysga ega noyob veb-manzil bilan aniqlangan, axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlar almashinuvining formati va maʼlumotlar toʻplamini belgilaydigan dasturiy taʼminot tizimi.
3. Foydalanuvchilarning axborot tizimlarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash faqat himoyalangan VPN tarmogʻi orqali tashkil etiladi.
Bunda soliq va kadastr organlarining axborot tizimlarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartnomasining amal qilish muddatiga qadar xususiy sherikning axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
4. Foydalanuvchi va operator oʻrtasidagi axborot almashinuvi tegishli soʻrov yuborish yoʻli bilan Raqamli maʼlumotlar platformasi yordamida amalga oshiriladi.
5. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bilan axborot almashinuvi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumotlar foydalanuvchining vazifalarini bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.
Foydalanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning ishonchliligi, toʻliqligi hamda dolzarbligini taʼminlash sharti bilan ularni boshqa foydalanuvchilarga, davlat organlari va tashkilotlariga Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali belgilangan tartibda shartnoma asosida taqdim etishi mumkin.
2-bob. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishning umumiy talablari va shartlari
7. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
8. Foydalanuvchi Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishi uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda operatorga elektron shaklda yuboradi.
9. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq koʻrib chiqadi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilganligi;
foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi.
10. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator yetti ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish rad etilgan taqdirda operator tomonidan foydalanuvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
11. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga besh ish kuni mobaynida ulash choralarini koʻradi. Bunda operator va foydalanuvchi oʻrtasida Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtiriladi.
12. Foydalanuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuvi jarayoniga qoʻyiladigan texnik talablar operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjatga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi.
13. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilmaganligi;
foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
maʼlumot taqdim etuvchining foydalanuvchiga maʼlumot taqdim etishni qonunchilik hujjatlariga muvofiq rad etganligi;
ulanish bilan bogʻliq texnik-tashkiliy yechimning mavjud boʻlmasligi.
Boshqa asoslarga koʻra arizani rad etish yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Soʻrovlarni qayta ishlashning umumiy talablari
14. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan foydalanuvchi zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli soʻrovlarni yuborish orqali oladi.
15. Foydalanuvchi tomonidan Raqamli maʼlumotlar platformasiga soʻrov yuborilgandan soʻng soʻrovda nazarda tutilgan maʼlumotlar operator va foydalanuvchi oʻrtasidagi texnologik yoʻriqnomada belgilangan toifadagi maʼlumotlar hisoblanishi avtomatik ravishda tekshiriladi.
16. Agar soʻrovda operator va foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan texnologik yoʻriqnomada nazarda tutilmagan maʼlumotlarni taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, soʻrov rad etiladi.
17. Soʻrov shakliga umumiy talablar texnologik yoʻriqnomada belgilanadi.
4-bob. Raqamli maʼlumotlar platformasi tomonlarining huquq va majburiyatlari
18. Operator quyidagi huquqlarga ega:
maʼlumotlarni taqdim etuvchi bilan kelishgan holda, foydalanuvchiga Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlarini belgilash;
foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishiga koʻmaklashish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yechimlar boʻyicha tushuntirishlar berish;
foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaning soʻzsiz bajarilishini talab qilish;
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislarga kirish uchun ruxsat berish yuzasidan arizani maʼlumotlarni taqdim etuvchi bilan kelishish;
foydalanuvchidan Raqamli maʼlumotlar platformasidagi tegishli veb-servislarga ulanishdan koʻzlangan maqsad va vazifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshimcha tarzda soʻrab olish;
maʼlumot taqdim etuvchidan uning maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, belgilangan maʼlumotlarning Raqamli maʼlumotlar platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishini talab qilish;
maʼlumot taqdim etuvchidan tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligi taʼminlanishini, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha kelib tushgan shikoyatlar oʻz vaqtida bartaraf etilishini talab qilish.
Operator qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Maʼlumot taqdim etuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan oʻz veb-servislariga foydalanuvchilarning ulanishini kelishish;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumot yuborish masalalarining texnik yechimida operatordan yordam olish;
Raqamli maʼlumotlar platformasi faoliyati yuzasidan zarur axborotlarni operatordan soʻrab olish.
Maʼlumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish uchun operatorga belgilangan tartibda ariza yuborish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha operatordan tushuntirishlar olish;
oʻz axborot tizimini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash yuzasidan yordam olish;
operator bilan tuzilgan shartnomaning soʻzsiz bajarilishini talab qilish.
Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
21. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan tegishli xabarnoma olingan vaqtdan boshlab Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislarga foydalanuvchi tomonidan kirish uchun ruxsatni vaqtincha toʻxtatib turish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish;
foydalanuvchiga Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumotlar yuborilguniga qadar ularning konfidensialligini taʼminlash;
Raqamli maʼlumotlar platformasining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
mazkur Nizom va foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnoma talablarini soʻzsiz bajarish;
mazkur Nizomda yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishini vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish va bu haqda ularni rasmiy tarzda asoslarni koʻrsatgan holda xabardor qilish.
Operator qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Maʼlumot taqdim etuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish shartlariga rioya qilish;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali yuborilgan soʻrovlarga muvofiq maʼlumotlarni texnologik yoʻriqnomada belgilangan tartibda taqdim etish;
oʻziga tegishli boʻlgan axborot tizimlari va resurslari hamda maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, ulardagi zaruriy maʼlumotlarning Raqamli maʼlumotlar platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
oʻziga tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligini taʼminlash, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish, joriy qilish hamda kelib tushgan shikoyatlar natijasi boʻyicha maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilab borish;
oʻziga tegishli veb-servis oʻzgaradigan taqdirda rejalashtirilgan oʻzgartirish amalga oshirilguniga qadar bu haqda ikki hafta oldin operatorga xabar berish;
oʻz axborot tizimlari va resurslarida texnik ishlar olib borilishi natijasida Raqamli maʼlumotlar platformasiga taqdim etilayotgan veb-servislarda kuzatilishi mumkin boʻlgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar olib borilishidan kamida uch ish kun oldin operatorni yozma ravishda xabardor qilish;
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan oʻz veb-servislariga foydalanuvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri ulashni cheklash.
Maʼlumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
23. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan tegishli veb-servislarga kirish uchun ruxsatni olishga operator bilan arizani kelishish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olinayotgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga taqdim etmaslik, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;
ushbu Nizom va operator bilan tuzilgan shartnoma talablarini soʻzsiz bajarish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan oʻz axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5-bob. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish
24. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.
25. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablarining va texnologik yoʻriqnomaning buzilishi;
shartnomada nazarda tutilgan toʻlovlar foydalanuvchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmasligi;
foydalanuvchi tomonidan maʼlumotlarni uchinchi tomonga shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda taqdim etilganligi haqida axborotning mavjudligi;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik haqida axborotning mavjudligi.
26. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
foydalanuvchi tomonidan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarining aniqlanishi;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
mazkur Nizom va shartnoma shartlari buzilishi yoki shartnomani amal qilish muddatining tugashi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Raqamli maʼlumotlar platformasining ishtirokchilari oʻzaro hamkorlik va axborot almashinuvi natijasida olingan maʼlumotlarning axborot xavfsizligini taʼminlashi zarur.
28. Operator mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
29. Operator va maʼlumot taqdim etuvchi mazkur Nizom va shartnoma talablarini buzgan foydalanuvchining xodimlarini xatti-harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasiga foydalanuvchilarning ulanishi, axborot tizimlarining platforma orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Raqamli maʼlumotlar platformasiga foydalanuvchilarning ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni kelishadi.
7 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
7 ish kunida
4-bosqich
Operator
Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali veb-servis yordamida zarur maʼlumotni olish uchun soʻrov yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Soʻrov tarkibining texnologik yoʻriqnomaga muvofiqligini tekshiradi va soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovga asosan maʼlumotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni (maʼlumotlarni) foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish toʻgʻrisida
ARIZA
__________________________________________________________________________________________ (ariza beruvchi davlat organi yoki tashkiloti nomi)
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi (keyingi oʻrinlarda — raqamli platforma)ga ariza beruvchining axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursning maqsadi va vazifasi (mavjud boʻlganda):
2. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimining texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati elektron pochta manzili va masʼul xodimning telefon raqami:
3. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi tomonidan taqdim etilayotgan servislarning tavsifi (mavjud boʻlganda): _____________________________________________________________________________
4. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimida ishlov berilayotgan maʼlumotlarning tarkibi: _____________________________________________________________________________
5. Raqamli maʼlumotlar platformasi bilan axborot almashinuvini tashkil etish va unga ulanish doirasida soʻralayotgan maʼlumotlarning tarkibi:
T/r
Maʼlumotni olish servisi
Maʼlumotlarni olish uchun asos
1.
2.
6. Raqamli maʼlumotlar platformasiga bir oyda eng koʻp murojaatlar soni, axborot tizimi ish rejimi (soat bir sutkada):
T/r
Maʼlumotni olish servisi
Bir oyda murojaatlar soni
Servis bilan ishlash rejimi
1.
2.
7. Olinadigan maʼlumotlardan foydalanish maqsadlarining batafsil tavsifi, bunda kirish uchun ruxsat soʻralayotgan maʼlumotlar tarkibining har biri boʻyicha alohida:
9. Maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
Mazkur arizani taqdim etish orqali maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish va/yoki taqdim etish uchun moʻljallangan axborot tizimi arizaning 1 — 7-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch kun mobaynida operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman.
Raqamli platforma orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman.
Izoh. Mazkur arizani imzolash orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 462-moddasi, Jinoyat kodeksning 1412-moddasi bilan tanishtirilganligi vaOʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qismiga oid qonunchilikka rioya etilmagan hollarda toʻliq javobgarlikni oʻz boʻyniga olishiga majbur boʻladi.
_________________________(sana)
______________________________________________ (rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va imzosining yoyilmasi)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona billing tizimi) — davlat xizmatlarini hamda boshqa xizmat va servislarni koʻrsatish jarayonida olinadigan ayrim boj, yigʻim, toʻlov va jarimalar hisobini yurituvchi axborot tizimi;
tranzaksiya — toʻlov summasining bir hisobvaragʻidan boshqa hisobvaragʻiga oʻtkazilishi;
invoys — hisob-kitob varaqasi;
invoys raqami — har bir tranzaksiya uchun yaratiladigan maxsus unikal (14 xonali) sonlar jamlanmasi;
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi (keyingi oʻrinlarda — kliring tizimi) — kliring tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishida kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi axborot tizimi;
“Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarni Yagona billing tizimiga yuborish funksiyasini bajaruvchi axborot tizimi;
talabgor — Yagona billing tizimiga xizmatlarini ulash istagini bildirgan subyekt;
Yagona billing tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Yagona billing tizimining ishlashi, undan foydalanish, uni tashkiliy va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
3. Yagona billing tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
tranzaksiyalar hisobini yuritish, hisobot va statistik maʼlumotlarni shakllantirish;
bank kassalari, toʻlov tashkilotlari va masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali hamda bank hisobvaragʻidan naqd pulsiz koʻrinishda amalga oshirilgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va mijozlarga real vaqt rejimida yetkazish;
davlat xizmatlari, boshqa xizmat va servislarni koʻrsatish uchun toʻlanadigan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun invoys yaratish.
4. Yagona billing tizimi orqali toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
5. Yagona billing tizimini takomillashtirish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
2-bob. Yagona billing tizimiga ulanish tartibi
6. Yagona billing tizimiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Talabgorning axborot tizimlari va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qilish talabgor axborot tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
8. Yagona billing tizimiga “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Identifikatsiyalashning yagona tizimi) roʻyxatdan oʻtish orqali kiriladi.
9. Quyidagilar Yagona billing tizimiga ulanish uchun qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da davlat xizmati joriy etilishi yoki talabgorning axborot tizimlari, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha idoraviy axborot tizimlarining mavjudligi;
mazkur Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan shakldagi Yagona billing tizimiga integratsiya qilish xizmat pasportining mavjudligi;
bank va gʻaznachilik hisobvaraqlari mavjudligi.
10. Yagona billing tizimiga ulanish quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi:
a) YIDXPda joriy etilayotgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha Yagona billing tizimiga ulash, bunda davlat xizmatini koʻrsatuvchi davlat organi va tashkilot tomonidan faqat davlat xizmatlariga tegishli bank va gʻaznachilik hisobvaraqlari taqdim qilinadi;
b) xizmatlarni taqdim etuvchi maydonlar, maʼlumotlarni yigʻish punkti orqali koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha talabgorning idoraviy axborot tizimlarini Yagona billing tizimiga ulash, bunda ulash axborot tizimining egasi (mulkdori) va operator oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulanish uchun:
talabgor tomonidan Yagona billing tizimiga ulanish boʻyicha operatorga tegishli soʻrov yuboriladi;
operator talabgorni Yagona billing tizimiga ulash boʻyicha uning texnik imkoniyatlarini oʻrganadi va natijasi boʻyicha ushbu tizimga ulash yoki ulanishi maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
ulash maqsadga muvofiq deb topilganda talabgor ushbu tizimga ulanadigan xizmat va servislarning parametrlari haqidagi xizmat pasportlarini toʻldiradi va tasdiqlaydi hamda Yagona billing tizimiga ulanish boʻyicha operator bilan shartnoma tuzadi;
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimiga ulanish uchun talabgor tomonidan ariza taqdim etiladi;
mazkur ariza asosida talabgor bilan Markaziy bank oʻrtasida Bosh kelishuv hamda talabgorning tizimdagi identifikatsiya kodlari koʻrsatilgan Texnologik yoʻriqnoma tasdiqlanadi;
Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi orqali tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan tushumlar boʻyicha maʼlumotlarni Yagona billingga yuborish yuzasidan tegishli soʻrov yuboriladi;
operator talabgorning xizmat va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qiladi;
talabgor toʻlov tizimlarini yurituvchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi.
11. Talabgor tomonidan taqdim etilgan xizmat pasportida keltirilgan maʼlumotlar, xususan, koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va talabgorning tarkibiy tuzilmalari yoki xizmat koʻrsatish shoxobchalari roʻyxati va koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlar tushadigan bank va gʻaznachilik hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
12. Talabgorning axborot tizimlari va servislarining parametrlari Yagona billing tizimining parametrlariga muvofiq kelmagan hollarda axborot tizimlari va servislari parametrlarini Yagona billing tizimiga moslashtirish boʻyicha tavsiyalar taqdim etiladi. Operator soʻrovni qayta koʻrib chiqadi.
13. Talabgor tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali amalga oshirilsa:
talabgor Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi orqali tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan tushumlar boʻyicha maʼlumotlarni Yagona billing tizimiga yuborish yuzasidan tegishli soʻrov yuboradi;
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi ushbu soʻrovga asosan besh ish kunida koʻrsatilayotgan davlat xizmatining tegishli shaxsiy gʻazna xisobvaraqlari “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga ulanganligi yoki ulanmasligi haqida asoslangan javob qaytaradi.
14. Yagona billing tizimiga ulash operator tomonidan talabgorning tashabbusi bilan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Mijozlar uchun Yagona billing tizimi orqali oʻz hisobotlarini yuritish, hisobotlar va statistik maʼlumotlar olish, gʻaznachilik orqali tushgan va qaysi invoysga tegishliligi aniqlanmagan toʻlovlarni invoysga biriktirish uchun operator tomonidan alohida kabinet ochib beriladi.
3-bob. Yagona billing tizimi operatori va mijozlarning huquq va majburiyatlari
16. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Yagona billing tizimi foydalanuvchilarini roʻyxatga olish, ulash va oʻqitish;
Yagona billing tizimini modernizatsiyalash va yangi versiyalarini ishga tushirish;
mijozlarga Yagona billing tizimidan foydalanish boʻyicha, shu jumladan, Yagona billing tizimida xato yoki notoʻgʻri ishlashining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
Yagona billing tizimidan foydalanuvchilar uchun tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratish;
Yagona billing tizimining funksional va foydalanish tasniflarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish;
Yagona billing tizimining doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Yagona billing tizimida profilatik tadbirlar oʻtkazish uchun oldindan vazirliklar va idoralarga xabar bergan holda ish faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish;
mijozlarning axborot tizimlari orqali Yagona billing tizimiga turli xil texnik xurujlar amalga oshirilganda va uning oqibatida kelib chiqadigan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarni vaqtincha Yagona billing tizimidan uzib qoʻyish;
Yagona billing tizimida boʻlgan oʻzgarishlarga moslashishni talab qilish;
mijozlarning soʻroviga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hamda integratsiyalarni amalga oshirish.
17. Zarurat tugʻilganda, operator Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Yagona billing tizimini texnik tomondan qoʻllab-quvvatlashda yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etish maqsadida boshqa tashkilotlarni (texnik guruh) jalb qilish huquqiga ega.
18. Mijozlarning Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan toʻlovlar boʻyicha invoysga xato bogʻlangan toʻlovni invoysdan yechib berish yuzasidan murojaati tegishli hujjatlar bilan asoslangan taqdirda, toʻlov invoysdan yechib beriladi.
Bunda Yagona billing tizimida mazkur invoys bilan amalga oshirilgan operatsiya yakuniga yetkazilgan yoki mazkur invoys uchun mijozlarning idoraviy axborot tizimlarida xizmatlar koʻrsatish boshlangan hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, tushgan toʻlovlar invoysdan yechib berilmaydi.
19. Operator quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
Yagona billing tizimining doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Yagona billing tizimiga kiritilishi rejalashtirilgan oʻzgartirishlar haqida vazirliklar va idoralarga aniq muddati koʻrsatilgan holda kamida bir oy oldin yozma xabarnoma yuborish;
Yagona billing tizimida yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etish boʻyicha murojaatlar qabul qilinishini tashkil etish va tezkorlik bilan koʻrib chiqish hamda bartaraf etish;
Yagona billing tizimidagi davlat organlariga taalluqli axborotning butligini taʼminlash.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
20. Yagona billing tizimi mijozlari quyidagi huquqlarga ega:
Yagona billing tizimidan foydalanish, hisobotlar va statistik maʼlumotlar olish;
Yagona billing tizimi xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Yagona billing tizimidan foydalaniladigan xizmat turlarini koʻpaytirish, kamaytirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish;
Yagona billing tizimidan foydalanuvchilarning koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etishni talab qilish;
Yagona billing tizimida yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etishni soʻrab operatorga murojaat qilish;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan toʻlovlarni tegishli invoysga bogʻlash, invoysga xato bogʻlangan toʻlovni invoysdan yechib berish boʻyicha murojaat qilish.
21. Yagona billing tizimi mijozlari quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Yagona billing tizimidan foydalanuvchi xodimlari Identifikatsiyalashning yagona tizimida roʻyxatdan oʻtishini taʼminlash;
Yagona billing tizimidagi foydalanuvchilar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda 5 ish kuni davomida operatorni xabardor etish;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimidan oʻtgan mablagʻlar toʻlov hujjatida koʻrsatilgan subyektlarga berilgan invoysga toʻgʻri kelishini nazorat qilib borish;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan toʻlovlar boʻyicha invoysga xato bogʻlangan toʻlovni invoysdan yechib berish yuzasidan murojaat qilishda toʻlov xato bogʻlanganligi va uni yechish maqsadga muvofiqligini asoslab berish;
koʻrsatilgan xizmatlar haqi sifatida amalga oshirilgan har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizini hisobot oyining yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisob raqamiga oʻtkazish.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Operator Yagona billing tizimining uzluksiz ishlashi va undagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik uchun javobgar hisoblanadi.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulanish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Raqamli maʼlumotlar platformasiga foydalanuvchilarning ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni kelishadi.
7 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
7 ish kunida
4-bosqich
Operator
Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali veb-servis yordamida zarur maʼlumotni olish uchun soʻrov yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Soʻrov tarkibining texnologik yoʻriqnomaga muvofiqligini tekshiradi va soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovga asosan maʼlumotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni (maʼlumotlarni) foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga integratsiya qilishning
Xizmat koʻrsatuvchi davlat organi va boshqa tashkilotning nomi
Toʻliq nomi:
Qisqacha nomi:
3.
Xizmatdan foydalanuvchilar
Jismoniy shaxslar
Yuridik shaxslar
4.
Xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlarning toʻliq roʻyxati va/yoki xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar mavjud tashkilotlar
Xizmat koʻrsatish jarayonida qatnashadi:
1)
2)
5.
Xizmat narxi va toʻlov tartibi
Xizmat koʻrsatish uchun:
________soʻm yoki __% miqdorida yigʻim undiriladi (bazaviy hisoblash miqdorining ______baravari).
Toʻlov tartibi:
ariza topshirilishidan oldin yoki topshirish vaqtida.
6.
Xizmat koʻrsatish muddati
Xizmatlarni taqdim etishning oxirgi muddatlari:
a) 1 oy — yangi taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish uchun;
7.
Xizmat reglamenti
Xizmatlar koʻrsatish tartibini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar roʻyxati:
№
Nomi
Sana
Raqami
Havola
1.
Izoh. Hujjat Internet jahon axborot tarmogʻida jamoat domenida boʻlmagan taqdirda, siz uning nusxasini pasportga biriktirishingiz kerak.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va uning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar
MHOBT (SOATO) kodi
Hudud nomi
Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi shaxsiy hisobvaragʻi