toggle_night_mode
Hujjat 19.08.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
1. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-sentabr,
233-mh-son
Kelishildi:
Tashqi ishlar vaziri v.b V. NOROV
2022-yil 31-avgust
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2022-yil 1-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 12-sentabrdagi 233-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (bundan buyon matnda Texnopark deb yuritiladi) rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish, tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“IT-Visa” — axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyatini beradigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik viza toifasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Texnopark direksiyasi (bundan buyon matnda Direksiya deb yuritiladi) — tavsiya berish boʻyicha arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish, tavsiya berish, tavsiyaning muddatini uzaytirish hamda bekor qilishni amalga oshiruvchi tashkilot;
Tavsiya — Direksiya tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga IT-Card shaklida beriladigan quyidagi hujjatlar:
Keyingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga “IT-Visa” olish uchun beriladigan tavsiya;
b) Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolariga “IT-Visa”ga tenglashtiriladigan tavsiyanoma;
ariza beruvchi — tavsiya olish boʻyicha murojaat qiluvchi axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislar, Texnopark rezidentining taʼsischisi (ishtirokchisi);
Keyingi tahrirga qarang.
veb-portal — tavsiya berish boʻyicha arizalarni qabul qilish va qayta ishlash uchun moʻljallangan veb-sayt (www.it-visa.uz);
Ekspert guruhi — vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ariza beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan yoki xorijiy davlat hududida boʻlgan holda tavsiya olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tavsiya:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritayotgan xorijiy investorga;
axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan xorijiy mutaxassisga;
Texnopark rezidentlarining taʼsischisi (ishtirokchisi)ga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tavsiyani berish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tavsiya olish uchun ariza berish
5. Ariza beruvchi tavsiya olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani veb-portal orqali Direksiyaga yuboradi. Arizaga ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) xorijiy investor:
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiya miqdori mavjudligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi (maʼlumotnomasi);
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan ariza beruvchi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida xat (iltimosnoma) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etilganligini tasdiqlovchi hujjat;
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi;
b) xorijiy mutaxassis:
maʼlumotnoma (rezyume);
ariza beruvchining ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilish maqsadini tasdiqlovchi xat (kafolat xati);
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Ariza beruvchi tavsiya olish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqishning istalgan bosqichida qaytarib olishi mumkin.
3-bob. Tavsiya berish uchun arizalarni koʻrib chiqish
8. Tavsiyani berish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddat ichida Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
9. Direksiya ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
10. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, shuningdek arizada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlanganda yoki majburiy maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, Direksiya arizani koʻrib chiqishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Direksiyada tavsiya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan xulosalar berish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat besh nafardan kam boʻlmagan tarkibda Ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhining tarkibi va ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi, Direksiya rahbarining tegishli oʻrinbosari Ekspert guruhiga raislik qiladi.
12. Direksiya arizani tekshirganidan soʻng bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Ekspert guruhiga kiritadi.
13. Xorijiy investorning investitsiya kiritishni rejalashtirgan sohasi hamda xorijiy mutaxassisning faoliyati aynan axborot texnologiyalari sohasiga kirishini aniqlash ular tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Ekspert guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ekspert guruhi tomonidan ariza yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra Ekspert guruhi tavsiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
15. Ekspert guruhi ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazishi mumkin. Suhbat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ekspert guruhi tomonidan ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi:
ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
ariza beruvchi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
17. Ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan rad etish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda, Direksiyaga ariza beruvchiga nisbatan tavsiya berish toʻgʻrisida xulosa kiritiladi.
18. Direksiya tomonidan Ekspert guruhining xulosasi berilgan kundan boshlab mazkur xulosa asosida bir ish kuni ichida tavsiyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Direksiya qaror qabul qilingandan kundan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan elektron manzilga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Direksiya tavsiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tavsiyani rasmiylashtiradi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan ariza beruvchi xorijda boʻlgan taqdirda, Direksiya ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgilangan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi.
21. Ariza beruvchi tavsiyani olish uchun Direksiyaga kelib murojaat qilganda, tavsiya unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan taqdirda, uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
23. Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u Direksiyaga rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
24. Tavsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi.
4-bob. Tavsiyadan foydalanish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va bekor qilish tartibi
25. Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
26. Tavsiya uning egasi va oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va taʼlim xizmatlaridan foydalanish hamda amal qilish muddati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish huquqini beradi;
koʻchmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan koʻchmas mulkning cheklangan qiymati tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Bunda, tavsiya egasi va uning oila aʼzolari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolari “IT-visa”ni rasmiylashtirib olganidan soʻng mazkur bandda hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
27. Tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Nizomda tavsiyani berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Tavsiyaning amal qilish muddati tavsiyaning egasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilganda hamda quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinadi:
a) axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar tomonidan tavsiya berilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs faoliyatiga investitsiyalar toʻliq miqdorda kiritilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
b) axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs bilan oʻttiz ish kuni mobaynida mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) tuzilmaganda yoki tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
v) Texnopark rezidentining taʼsischisi (ishtirokchisi) oʻzi taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinganda yoki ular tarkibidan chiqib ketganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Agar investitsiya loyihasi amalga oshirilmasa, uning joriy qilinishi olti oydan ortiq muddatga toʻxtatilsa yoki muddatidan oldin bekor qilinsa, ushbu Nizomning 5-bandi “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan yuridik shaxs bu haqda oʻn kun muddat ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
30. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilinganda, ushbu Nizomning 5-bandi “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan yuridik shaxs bu haqda oʻn kun ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan taqdirda, tavsiya egasi oʻttiz kun ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzishga haqli.
Bunda, tavsiya egasi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida boshqa ish qidirayotganligi haqida Direksiyaga xabar berishi shart.
Tavsiya egasi boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzgan taqdirda, bu haqda shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Direksiya ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tavsiyani bekor qilish asoslari vujudga kelganligi haqida maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish haqida qaror qabul qiladi, bundan mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan tavsiya egasi mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzganligi haqida xabardor qilmagan taqdirda, Direksiya ushbu muddat oʻtgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
32. Direksiya tavsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot yuborishi shart.
5-bob. Tavsiyalarning yagona elektron reyestri
33. Direksiya tomonidan veb-portalda Tavsiyalarning yagona elektron reyestri yuritiladi.
Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga maʼlumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, mazkur reyestrdagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
34. Direksiya Tavsiyalarning yagona elektron reyestrini doimiy yuritilishi, kiritilgan maʼlumotlarning yangilab borilishi hamda tavsiyalarning haqiqiyligi va dolzarbligini onlayn tekshirish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
35. Tavsiya egalariga xizmat koʻrsatishda tavsiyaning haqiqiyligi va dolzarbligi tavsiyaning QR-kodi (matrik shtrixli kodi) orqali Tavsiyalarning yagona elektron reyestridan tekshiriladi.
36. Tavsiyalarning yagona elektron reyestridagi maʼlumotlar oʻn yil davomida saqlanadi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Arizani veb-portal orqali Direksiyaga tavsiya olish uchun barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Direksiya

1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning toʻgʻriligi va toʻliqligini tekshiradi.

2. Arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan, toʻliq hajmdagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, arizani koʻrib chiqishni rad etadi.

bir ish kuni ichida

3. Tavsiya berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun ariza va boshqa hujjatlarni Ekspert guruhiga yuboradi.

bir ish kuni ichida

3-bosqich

Ekspert guruhi

1. Tavsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tavsiya berish yoki tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.

2. Zarur hollarda, ariza beruvchi bilan masofadan turib suhbat oʻtkazadi.

20 kun ichida

4-bosqich

Direksiya

1. Ekspert guruhining xulosasi asosida tavsiyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan elektron manzilga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

bir ish kuni ichida

3. Tavsiyani rasmiylashtiradi.

bir ish kuni ichida

5-bosqich

Direksiya

Tavsiyaga ega boʻlgan ariza beruvchi xorijda boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgilangan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi.

bir ish kuni ichida

6-bosqich

Direksiya

Ariza beruvchi tavsiyani olish uchun murojaat qilganda, tavsiyani unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etadi.

darhol

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs

Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi boʻlgan ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan taqdirda, uning nomidan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

8-bosqich

Direksiya

Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.

bir ish kuni ichida

Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
ARIZA

Ariza beruvchi haqida maʼlumot

1. Familiya, ismi, otasining ismi:

2. Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil):

3. Jinsi:
 Erkak

 Ayol

4. Fuqaroligi:

5. Pasport raqami va seriyasi:

6. Berilgan sana:

7. Amal qilish muddati:

8. Pasport nusxasi: yuklash

9. Bitta rangli fotosurat:

yuklash

10. Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash manzili (Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan ariza beruvchilar uchun):

11. Mobil telefon:

12. Qoʻshimcha aloqa raqami:

13. Elektron manzil:

14. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishning rejalashtirilgan muddati:

15. Oʻzbekiston Respublikasiga qilingan oldingi sayohatlar (sana, maqsad):

16. Oxirgi uch yil ichida qaysi davlatlarga tashrif buyurdingiz va undan maqsad?

Hamrohlik qilayotgan qarindoshlar haqida maʼlumot (faqat turmush oʻrtogʻi, ota-onalar va farzandlari):

Familiya, ismi, otasining ismi:

Qarindoshlilik darajasi:

Tugʻilgan sanasi

Fuqaroligi

Pasport nusxasi:

Yuklash

IT-mutaxassis uchun

1. Yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchining nomi:

2. Ish beruvchining telefon raqami va manzili:

3. Ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat:

yuklash

4. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki boshqa):

yuklash

5. Rezyume (biriktiring)

6. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida xodim sifatida ishga qabul qilish niyatini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma):

yuklash

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, sharifi:

8. Iltimosnoma beruvchining lavozimi:

9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Investorlar uchun

1. Investitsion loyihaning nomlanishi:

2. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:

3. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan investitsiyalar miqdori mavjudligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi:

yuklash

4. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi:

yuklash

5. Ariza beruvchi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

7. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti taʼsischisi (ishtirokchisi) uchun

1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:

Men xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirildim.

Men ushbu arizada soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarimni arizani koʻrib chiqish uchun taqdim etish majburiy ekanligidan xabardorman va roziman.

Menga tegishli va ushbu arizada koʻrsatilgan barcha shaxsiy maʼlumotlar vakolatli organlarga topshirilishi va arizam boʻyicha qaror qabul qilish uchun ular tomonidan qayta ishlanishi haqida xabardorman va roziman.

Men arizada bergan barcha maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq ekanligini tasdiqlayman. Notoʻgʻri maʼlumotlar berilgan vizani rad etish yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkinligini bilaman.

Men berilgan “IT-Visa” yoki “IT-Card” agar uni berish shartlariga rioya qilmasam, bekor qilinishi mumkinligini bilaman.

Ariza bilan birga taqdim etilgan fotosurat quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Dolzarbligi (oxirgi 6 oy ichida olingan);
Rangli oq fonda;
Oʻlchami 3,5 x 4,5 sm;
Bosh va yelkalar shunday joylashtirilgan boʻlishi kerakki, yuz fotosuratning 80 foizini egallashi kerak;
Fotosuratda ariza beruvchining yuz qismi toʻliq koʻrinishi kerak;
Koʻzoynak taqadigan arizachida fotosurat quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: qoraytirilmagan koʻzoynaklar, ramka koʻzning biron bir qismini qoplamasligi kerak, yorugʻlik aksi boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
TAVSIYA SHAKLI
Tavsiya shaklining tavsifi
Tavsiya plastikdan tayyorlanadi. Tavsiya oʻlchami 54 x 86 mm. Lotin grafikasida oʻzbek, ingliz va rus tillarida yoziladi. Olti xonali seriyali raqamlardan tashkil topadi.
Tavsiya old tomonida “Tavsiya” va “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi emblemasi, Texnopark logotipi tasviri tushirilgan boʻladi.
Tavsiyaning old tomonida oʻzbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Familiyasi, Ismi, Otasining ismi
Amal qilish muddati/Srok deystviya/Date of expiry
Seriya raqami/Seriyniy nomer/Serial number.
Tavsiya egasining fotosurati hamda Tavsiya egasi va uning qarindoshlarining maʼlumotlari joylashgan Internet tarmogʻida berilgan Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga oʻtish uchun QR-kodi oʻrnatiladi.
Tavsiya orqa tomonida oʻzbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ushbu hujjat egasi va uning oila aʼzolariga quyidagi huquq va imtiyozlarni beradi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiyot va taʼlim tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish;
Tavsiyaning amal qilish muddatida vaqtinchalik roʻyxatga olishni amalga oshirish;
Koʻchmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan koʻchmas mulkning cheklangan qiymatini tatbiq etmaslik va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilmaslik.
Nastoyashiy dokument predostavlyayet sleduyushiye prava i privilegii obladatelyu i chlenam yego semi:
Polzovaniye uslugami meditsinskix i obrazovatelnix organizatsiy na usloviyax predusmotrennix dlya grajdan Respubliki Uzbekistan;
Predostavleniye vremennoy registratsii v predelax sroka deystviya rekomendatsii;
Neprimeneniye ustanovlennoy zakonodatelstvom predelnoy stoimosti nedvijimogo imushestva dlya inostrannix grajdan pri pokupke nedvijimogo imushestva i ne trebuyushix nalichiya vida na jitelstvo v Respublike Uzbekistan.
This document gives the following rights and privileges to the owner and his/her family members:
Using the services of medical and educational organizations on the terms provided for citizens of the Republic of Uzbekistan;
Provision of temporary registration within the period of validity of the recommendation;
Not applying the limited value of real estate set by law for foreign citizens when buying real estate and not requiring a residence permit in the Republic of Uzbekistan.
Keyingi tahrirga qarang.