Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38 va 42 q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2321, 2012-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.”.
2. 23-bandning
uchinchi va
toʻrtinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
29-banddagi “tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.