Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2001-yil 26-martdagi 4-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024, 2001-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2003-yil 14-fevraldagi 1-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-1, 2003-yil 10-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2007-yil 16-martdagi 3-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-2, 2007-yil 28-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 188-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 30-iyundagi 8-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-3, 2010-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 26-27-son, 225-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 14-oktabrdagi 1634/2-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-4, 2010-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 368-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 5-noyabrdagi 11-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-5, 2012-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 528-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 01/20-26/16-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-6, 2013-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 523-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 3-fevraldagi 01/20-26/05-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-7, 2015-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 86-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 31-martdagi 01/20-26/31-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-8, 2016-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 151-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 1-dekabrdagi 01/15-2-10/34-son “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1024-9, 2018-yil 6-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1024-9/0515-son).