toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 20.08.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarorini ijro etish, shuningdek, Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarorida ekin maydoni tuprogʻi tarkibidagi zaharli kimyoviy moddalar (pestitsid) tahlili natijasiga koʻra eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda biologik yoki almashlab ekish usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlarda (Quvasoy shaharda) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi;
talabgorlarga eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar uchun biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlar maqomining ustunligini belgilash maqsadida har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik karta asosida belgilash tartibi.
3. Belgilansinki:
a) tumanlar (Quvasoy shahar) ishchi guruhi:
talabgorga tegishli yer uchastkasida kelgusi yilda ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joyiga chiqib oʻrganadi va biologik himoya usuli qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorlarni eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga kiritish boʻyicha xulosalar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
har yili 5-iyunga qadar tumanda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
shakllantirilgan tuman manzilli roʻyxatini har yili 15-iyunga qadar tasdiqlanishi va 20-iyunga qadar hududiy ishchi guruhiga taqdim qilinishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) Hududiy ishchi guruhi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi):
tuman manzilli roʻyxatiga kiritilgan talabgorlarning yer uchastkalari, ekilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarini tahlil qiladi;
har yili 1-iyulga qadar kelgusi yilda hududda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi;
shakllantirilgan hududiy manzilli roʻyxatni tasdiqlanishi va har yili 5-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilinishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
biologik himoya usulini qoʻllashning hududiy manzilli roʻyxatlarni har yili 20-iyulga qadar umumlashtiradi, umumiy manzilli roʻyxatni Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 25-iyulga qadar tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun respublika hududida qoʻllashga ruxsat etilgan biologik vositalar roʻyxatini har yili 1-fevralga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha mablagʻlar ajratilishini taʼminlash;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish uchun biologik himoya vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablagʻlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazib berish uchun masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyani belgilangan muddatlarda talabgorlarning bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2023-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli dasturiga muvofiq biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-avgust,
460-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qaroriga
ILOVA
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
biologik himoya usuli — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi biologik entomofaglar, biologik va mikrobiologik preparatlar bilan kurashish usuli;
biostimulyatorlar — oʻsimliklarning tabiiy oʻsishini tezlashtiruvchi biologik moddalar (fitogormonlar, vitaminlar);
biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlar — biologik entomofaglar, mikrobiologik preparatlar, biologik preparatlar, organik oʻgitlar hamda biostimulyatorlar;
biologik entomofaglar — biofabrika va biolaboratoriyalarda koʻpaytirilib, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan biomahsulotlar (trixogramma, oltinkoʻz, brakon va boshqalar);
biologik preparatlar — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va boshqa tirik organizmlar asosida ishlab chiqilgan vositalar;
kimyoviy moddalar (pestitsid) — oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar;
manzilli roʻyxat — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllovchilar roʻyxati;
mikrobilogik preparatlar — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslar);
sinov laboratoriyasi — qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha jarayonlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish va qiyoslashdan oʻtkazuvchi akkreditatsiyalangan tashkilot;
subsidiya — eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan qismi;
talabgor (ariza beruvchi) — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlardan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar;
toksikologik tahlil — tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar qoldiq miqdorlarining laboratoriya tahlillari;
tuproq agrokimyoviy tahlili — tuproq tarkibidagi oʻsimlik uchun zarur ozuqa elementlarining harakatchan shakllari (harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy va boshqa mikro elementlar) va gumus miqdorini aniqlash;
feromon tutqich — tabiatda hasharotlarning harakatini boshqaruvchi biologik faol moddalar.
3. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda oʻsimliklarni zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarga qarshi kimyoviy himoya vositalaridan foydalanishdan biologik himoya vositalaridan (mahsulot) foydalanishga oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.
Bunda:
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar uchun biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlar maqomining ustunligini belgilash maqsadida har bir ekin turini hisobga olgan holda, hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik karta asosida belgilanadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda Oʻzbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlardan foydalaniladi, bunda ruxsat etilgan biologik vositalar (mahsulot) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilinadi;
eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
talabgorga subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda sarflangan xarajatlarning subsidiyalashdan qolgan qismi talabgorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatga (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) asosan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllagan talabgorga subsidiya mablagʻlari har yili 1-dekabrga qadar qoplab beriladi.
5. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklariga biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
2-bob. Manzilli roʻyxatni shakllantirish tartibi
6. Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning manzilli roʻyxatini shakllantirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligida ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi guruh) va tumanlar (Quvasoy shahar) ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hududiy ishchi guruhning ishchi organlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi organ), Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tuman ishchi guruhining tuman ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi organi) hisoblanadi.
8. Talabgorlar har yili 25-mayga qadar kelgusi yil uchun biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining ishchi organiga ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagilar koʻrsatilgan yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi:
talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasining maydoni (gektarda), shu jumladan, ekin, bogʻ va tokzorlar maydoni;
kelgusi yilda ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda);
biologik himoya usuli qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydoni;
9. Tuman ishchi guruhi:
talabgor arizasini qabul qiladi va uch ish kunida ariza beruvchining murojaati asosida kelgusi yilda ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib oʻrganadi;
biologik himoya usuli qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, yaʼni tuproq tarkibi, suv taʼminoti, shoʻrlanish darajasi, begona oʻtlardan tozalanganligi, qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bogʻlar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganligini (borligini) aniqlaydi;
talabgorning arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha talabgorni tuman manzilli roʻyxatiga kiritish yoki rad etish toʻgʻrisidagi xulosalardan birini ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydi.
Yer sharoitlari, shuningdek, talabgorning ekin maydonlarida tuproq agrokimyoviy va toksikologik tahlil natijalari belgilangan meʼyorlar darajasida boʻlganda, ijobiy xulosa beriladi va tuman manzilli roʻyxatiga kiritiladi.
Talabgorning yer sharoitlari, ekin maydonlarida tuproq agrokimyoviy va toksikologik tahlil natijalari belgilangan meʼyorlar darajasi talabiga mos boʻlmaganda, salbiy xulosa beriladi va tuman manzilli roʻyxatiga kiritilmaydi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgor ushbu kamchiliklarni oʻn ish kunida bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin.
Tuman ishchi guruhi xulosasidan norozi boʻlgan talabgor belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin.
Har yili 5-iyunga qadar tumanda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxati shakllantiriladi.
Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli roʻyxati har yili 15-iyunga qadar tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxati har yili 20-iyunga qadar hududiy ishchi guruhining ishchi organiga taqdim qilinadi.
Talabgor arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, tuman ishchi guruhining ishchi organi:
talabgorni manzilli roʻyxatga kiritilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida bir ish kunida xabardor qiladi;
belgilangan tartibda maʼlumotlarni “efito.uz” elektron bazasiga kiritadi.
10. Hududiy ishchi guruhi:
tuman manzilli roʻyxatiga asosan talabgorning yer uchastkalari, ekilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarini tahlil qiladi;
har yili 1-iyulga qadar kelgusi yilda hududda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatni (keyingi oʻrinlarda — hududiy manzilli roʻyxat) shakllantiradi.
Hududiy manzilli roʻyxat hududiy ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanib, har yili 5-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilinadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatni Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda tahlil qiladi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha kelgusi yilda ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli roʻyxati har yili 15-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi kelishilgan umumiy manzilli roʻyxatni har yili 20-iyulga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
14. Umumiy manzilli roʻyxat har yili 25-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
3-bob. Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 1-fevralga qadar Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan soʻng biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun respublika manzilli roʻyxatiga muvofiq belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga mablaglar ajratilishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida ochiladigan maxsus gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
17. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining ishchi organi:
manzilli roʻyxatga kiritilgan talabgor tomonidan belgilangan ekin turlarining ekilishi, parvarishlanishi va vegetatsiya davomida biologik himoya usulidagi tadbirlar oʻtkazilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman (shahar) boʻlimlarining agronom-entomolog inspektorlari orqali monitoring yuritadi;
talabgor tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlashda biologik himoya usulini qoʻllash tartibining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, agronom-entomolog inspektor ushbu talabgorni manzilli roʻyxatdan chiqarish boʻyicha tuman ishchi guruhiga xulosa kiritadi.
18. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi ishchi organ tomonidan aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida talabgorni uning ishtirokida manzilli roʻyxatdan chiqarish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli xulosani qabul qiladi.
19. Talabgor subsidiya olish uchun har yili 1-noyabrga qadar tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi ariza orqali murojaat qiladi.
Talabgorning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar (gektarda);
biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlar miqdori (soʻmda), (hisobvaraq-faktura, chek va boshqalar);
biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlarda yetishtirilgan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hamda ushbu maydonlar tuprogʻi tarkibidagi pestitsidlar qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xulosa), belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan agrokimyoviy laboratoriya tahlili natijalari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (eksport shartnomasi, yuk bojxona deklaratsiyasi, valyuta tushumi va boshqalar);
talabgorning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaragʻi.
20. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi hujjatlarni qabul qilib olgan kundan eʼtiboran uch ish kunida:
talabgorning joriy yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarini (eksport shartnomasi, yuk bojxona deklaratsiyasi, valyuta tushumi va boshqalar) tahlil qiladi;
talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan (joriy yil 1-noyabriga qadar) laboratoriya tahlil natijalarini oʻrganadi;
talabgor tomonidan biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni tegishli dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi;
subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni umumlashtiradi, ularning roʻyxatlarini hududiy ishchi guruhiga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi, bunda tuzilgan roʻyxatlarga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.
21. Hududiy ishchi guruhi besh ish kunida:
tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar roʻyxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
umumlashtirilgan roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan roʻyxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
hududiy ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni oʻn ish kunida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda koʻrib chiqib, umumlashtiradi va tasdiqlaydi;
yakuniy roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarning biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida har yili 1-dekabrga qadar ularning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaraqlariga subsidiyani oʻtkazib beradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda talabgorlar tomonidan qoʻllaniladigan biologik himoya usuli monitoringini olib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Talabgorlarning biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlari bir qismini qoplash boʻyicha Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi

1-bosqich

Talabgorlar

(Jismoniy va yuridik shaxslar)

Kelgusi yil hosili uchun biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining ishchi organiga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Har yili 25-mayga qadar

2-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi

1. Talabgorning murojaatini joyiga chiqib oʻrganadi va kuyidagi xulosalarni tayyorlaydi:

a) talabgorni manzilli roʻyxatga kiritadi;

b) talabgorni manzilli roʻyxatga kiritishni rad etadi.

3 ish kunida

2. Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini koʻllash tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi.

Har yili:

5-iyunga qadar

3. Tuman manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.

15-iyunga qadar

4. Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatini hududiy ishchi guruhining ishchi organi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga taqdim qiladi.

20-iyunga qadar

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining ishchi organi

1. Talabgor manzilli roʻyxatga kiritilganligi yoki kiritish rad etilganligi toʻgʻrisida bir ish kunida xabardor qiladi;

2. Belgilangan tartibda maʼlumotlarni “efito.uz” elektron bazasiga kiritadi.

1 ish kunida

3-bosqich

Hududiy ishchi guruhi

1. Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning hududiy manzilli roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili:

1-iyulga qadar

2. Tasdiqlangan hududiy manzilli roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.

5-iyulga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1. Taqdim qilingan hududiy manzilli roʻyxatlarni tahlil qiladi va umumiy manzilli roʻyxatni Moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishadi.

Har yili:

15-iyulga qadar

2. Kelishilgan umumiy manzilli roʻyxatni Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.

20-iyulga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning umumiy manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.

Har yili 25-iyulda

II. Biologik himoya usulini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan soʻng biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga mablagʻ ajratadi.

Har yili 1-fevralga qadar

2-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining ishchi organi

1. Manzilli roʻyxatga kiritilgan talabgor tomonidan belgilangan ekin turlarining ekilishi, parvarishlanishi va mahsulot yetishtirishgacha boʻlgan davrda biologik usuldagi tadbirlarning qoʻllanilishi boʻyicha monitoring yuritadi.

2. Talabgor tomonidan oʻsimliklarni biologik usulda himoya qilish tizimini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, talabgorni manzilli roʻyxatdan chiqarish boʻyicha tuman ishchi guruhiga xulosa kiritadi.

Mavsum davomida

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi

Ishchi organ tomonidan aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida talabgorni uning ishtirokida manzilli roʻyxatdan chiqarish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli xulosa qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Talabgorlar

(Jismoniy va yuridik shaxslar)

Subsidiya olish uchun tuman ishchi guruhiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

biologik himoya usuli qoʻllanilgan maydonlar;

biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlar miqdori;

agrokimyoviy laboratoriya tahlili natijalari;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

talabgorning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaragʻi.

Har yili 1-noyabrga kadar

4-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi

1. Talabgorning joriy yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarini tahlil qiladi.

2. Talabgorga tegishli yer uchastkasidan olingan laboratoriya tahlil natijalarini oʻrganadi.

3. Talabgor tomonidan biologik himoya vositalarni xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi.

4. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni umumlashtiradi va ularning roʻyxatini hududiy ishchi guruhiga taqdim qiladi.

3 ish kunida

5-bosqich

Hududiy ishchi guruhi

1. Subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar roʻyxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi.

2. Umumlashtirilgan roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.

5 ish kunida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1. Taqdim etilgan roʻyxatlarni Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.

10 ish kunida

2. Talabgorlarning biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaraqlariga subsidiyani oʻtkazib beradi.

Har yili 1-dekabrga qadar

Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning manzilli roʻyxatini shakllantirish boʻyicha hududiy ishchi guruhning
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, hududiy ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻi, hududiy ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

7.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassisi, ishchi guruh kotibi

Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning manzilli roʻyxatini shakllantirish boʻyicha tumanlar ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahar) boʻlimi boshligi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

4.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) moliya boʻlimi boshligi

6.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

7.

Lavozimi boʻyicha

xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

8.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahar), boʻlimi mutaxassisi, ishchi guruh kotibi

Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kirish uchun tumanlar ishchi guruhiga
‎ARIZA

‎‎
‎‎_________________________________________________________________________________ tomonidan

‎‎(qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs rahbari F.I.O.)

‎‎___________________________ tumanidagi _____________________________ hududda faoliyat koʻrsatayotgan _____________________________________ ning jami ekin yer maydoni ____________________ gektar,

(yuridik shaxs nomi)‎‎‎

shundan __________________ gektari bogʻ, ________________ gektari tokzor va _________________ gektariga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi.
‎20 ____ yilda ekin maydonlarining jami _____________________ gektariga, shundan gʻoʻza maydonlarining ___________________ gektariga, donli ekinlar maydonining ________________ gektariga, sabzavot ekinlari maydonining _______________ gektariga, kartoshka ekilgan maydonning ______________ gektariga, poliz va boshqa ekinlar ekilgan maydonning ______________ gektariga, bogʻ va tokzorlar maydonining ______________ gektariga biologik usul joriy etiladi. ‎‎
__________________________________________________ ni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda‎‎

‎‎(yuridik shaxs nomi)

biologik usulni qoʻllashning manzilli roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.‎‎

‎‎______________________________ rahbari _________ ___________________

(yuridik shaxs nomi) ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎
Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatiga kiritish yuzasidan

XULOSA __________________________________________________________________________tomonidan

(qishloq; xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I. O.)

____________________ tumandagi ________________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan ___________________________________________ ning 20 _____ yilda ekiladigan ekinlarining jami

(yuridik shaxs nomi)

______________ gektariga, shundan paxta ____________ gektar, donli ekinlar ___________ gektar, sabzavot __________ gektar, kartoshka ___________ gektar. poliz __________ gektar va boshqa ekinlar ____________ gektar va ___________ gektar bogʻ va tokzorlarga biologik usul qoʻllaniladi.

____________________________________________________ ni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari

(yuridik shaxs nomi)

yetishtirishda biologik usulni qoʻllashning manzilli roʻyxatiga kiritish maqsadga muvofiq (muvofiq emas).

Ishchi guruh aʼzolari

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahar) boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahar) boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) moliya boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

7.

Lavozimi boʻyicha

xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

8.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahar), boʻlimi inspektori, ishchi guruh kotibi

Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni qoplab berish (subsidiya) uchun
‎ARIZA

‎‎
___________________________________ tumanidagi ____________________________________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan ___________________________________ — ______________ tomonidan 20 ____ yilda

(yuridik shaxs nomi)‎‎

‎‎jami ______________ gektarda, jumladan, ______________ raqamli konturdagi __________________ gektar, _________________ raqamli konturdagi _______________ gektar, _________________ raqamli konturdagi ________________ gektar, ____________ raqamli konturdagi _________________ gektar maydonda biologik usulni qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirildi. Ushbu mahsulotlarni yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga __________________ soʻm xarajat qilindi.
‎‎__________________________________________________________ tomonidan 20 _____ yilda eksportbop

(yuridik shaxs nomi)‎‎

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini qoplab berish (subsidiya)da amaliy yordam berishingizni soʻrayman.‎‎

_____________________________ rahbari ________ _________________‎‎

‎‎‎(yuridik va jismoniy shaxs nomi)

‎‎(imzo)

(F.I.O.)‎‎
Keyingi tahrirga qarang.