1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularning manfaatdorligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, jumladan, paxta xom ashyosi, boshoqli don va meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, mahsulot yetishtiruvchilar bilan qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va yetishtirilgan hosilni kafolatli xarid qilinishini taʼminlash maqsadida qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi belgilandi.
paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlab berish;
meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kredit ajratish;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oy muddatga “revolver” kreditlar ajratish belgilanmoqda.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-avgust,
455-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorida:
“Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Asosiy maydonlarda sabzavot” soʻzlari “Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “sabzavot mahsulotlari” soʻzlari “meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom”;
1-bandda “kreditlash” soʻzidan keyin “hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Jamgʻarma hisobidan paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash ushbu Nizomning 51-bob talablariga muvofiq, 2022-yil paxta hosilidan boshlab milliy valyutada rasmiylashtirilgan tijorat kredit shartnomalariga tatbiq etiladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan hosil yilidagi paxta hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan hosil yilidagi paxta hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma”;
11-banddagi “tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ” soʻzlari “oʻtgan hosil yilidagi paxta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin:
“51-bob. Paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi
231. Paxta-toʻqimachilik klasterlariga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) toʻlanadi.
Bunda tijorat kreditlari boʻyicha kompensatsiya xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
232. Tijorat banki paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlangandan soʻng qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oy yoki uning talabiga koʻra 12 oydan kam boʻlgan muddatga milliy valyutada tijorat krediti ajratilganligi toʻgʻrisidagi kredit shartnomasi nusxasini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yozma ravishda murojaat qiladi.
233. Jamgʻarma paxta-toʻqimachilik klasteriga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining murojaatiga asosan 10 ish kunida tijorat banki bilan paxta-toʻqimachilik klasteriga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi bitimni tuzadi.
234. Tijorat banki kredit shartnomasining toʻlov jadvaliga muvofiq, qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va unga tegishli foiz toʻlovini toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisida tijorat banki tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnomani hamda kompensatsiya olish uchun buyurtmani Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Bunda tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmaga oʻzgartirish kiritilmaydi.
235. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat tijorat banki rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
236. Jamgʻarmada Tijorat banklari tomonidan paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun kompensatsiya toʻlash boʻyicha taqdim etilgan buyurtmalarni oʻrganuvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Komissiya tarkibi Jamgʻarmani boshqarish departamenti buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Komissiya tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kunida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga asosan kompensatsiya toʻlash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.
Komissiya qaroriga asosan Jamgʻarma 1 ish kunida tijorat bankini kompensatsiya toʻlash maʼqullanganligi yoki rad etilganligi (asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Komissiya tomonidan kompensatsiya toʻlash quyidagi sabablarga koʻra rad etiladi:
tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kredit:
foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlganda;
qaytarish muddati 12 oydan koʻp boʻlganda;
xorijiy valyutada ajratilganda;
avvalgi yillarda yetishtirilgan paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilganda.
237. Qabul qilingan qarorga asosan Jamgʻarma 2 ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmani taqdim etadi.
238. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyurtmada qayd etilgan mablagʻlarni 2 ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
239. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan mablagʻ oʻtkazib berilgandan soʻng Jamgʻarma bitimga muvofiq 2 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya toʻlaydi.
2310. Kompensatsiya ushbu Nizomning 231-bandiga muvofiq tijorat kreditining rasmiylashtirilgan muddatidan kelib chiqqan holda haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Bunda toʻlov jadvali boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka qayta kompensatsiya hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qarz oluvchi milliy valyutadagi kreditni uni muddati oʻtgandan soʻng qaytarganda ajratiladigan kompensatsiya tasdiqlangan toʻlov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
2311. Kompensatsiya tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmalar boʻyicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
2312. Jamgʻarma tomonidan tijorat banki hisobvaragʻiga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz toʻlovining bir qismini qoplash uchun oʻtkazib berilgan kompensatsiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz toʻlovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
2313. Toʻlangan kompensatsiya qarz oluvchiga hisoblangan kompensatsiya miqdoridan koʻp boʻlgan taqdirda ortiqcha mablagʻlar 2 ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
2314. Kredit shartnomasining shartlari oʻzgargan hollarda ilgari tasdiqlangan va hisoblangan kompensatsiya miqdori oshirilmaydi hamda kompensatsiya muddati uzaytirilmaydi.
2315. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kompensatsiyadan maqsadli foydalanishni, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Maqsadsiz foydalanilgan kompensatsiya mablagʻlari bitim shartlariga asosan Jamgʻarmaga qaytariladi.
2316. Quyidagi hollarda kompensatsiya toʻlash toʻxtatiladi:
tijorat kreditining foiz stavkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlanganda;
tijorat bankining kompensatsiya olishdan bosh tortganligi toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda”;
25-banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 1-ilova bilan toʻldirilsin:
“Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Tijorat banki paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabrigacha
Har oyning 5-sanasiga qadar
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq qarz oluvchining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun kredit resurslarini joylashtirib boradi.
Tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabrigacha
Jamgʻarma
3-bosqich
Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan hosil yilida
Qarz oluvchi
4-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun kredit liniyasini va hisobvaragʻini ochadi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan hosil yilida
Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
Agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq har yili 1-sentabrgacha
Tijorat banki
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlarni qarz oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishi boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
7-bosqich
Qarz oluvchi va tijorat banki imtiyozli kreditlarni va unga hisoblangan foizni soʻndirib boradi.
Tegishlicha 14 oy va 24 oy
1. Qarz oluvchi
2. Tijorat banki
8-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarmaga kreditlarni va unga hisoblangan foizni qaytaradi.
Tegishlicha 14 oy va 24 oy
Tijorat banki
”;
Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
“Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Paxta xom ashyosi xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari foiz stavkasining bir qismini qoplash
Qarz oluvchi paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada kredit ajratish yuzasidan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Tegishli hosil yilining 1-sentabrigacha
Qarz oluvchi
2-bosqich
Tijorat banki qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun kredit liniyasi va hisobvaragʻini ochadi.
Paxta xom ashyosi yigʻim-terim mavsumida
Tijorat banki
3-bosqich
Tijorat banki qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun milliy valyutada tijorat krediti ajratilganligi toʻgʻrisidagi kredit shartnomasi nusxasini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yozma ravishda murojaat qiladi.
Yigʻim-terim mavsumida
Tijorat banki
4-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan qarz oluvchiga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi bitimni tuzadi.
Murojaatga asosan 10 ish kunida
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki kompensatsiya olish uchun Jamgʻarmaga buyurtmani taqdim etadi.
Jamgʻarma tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmani koʻrib chiqadi.
Kredit ajratilgandan soʻng 5 ish kunida
1. Tijorat banki
2. Jamgʻarma
6-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki tomonidan kompensatsiya ajratish boʻyicha taqdim etilgan buyurtmani Moliya vazirligiga yuboradi.
Moliya vazirligi buyurtmada qayd etilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
2 ish kunida
1. Jamgʻarma
2. Moliya vazirligi
7-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq tijorat bankiga kompensatsiya toʻlaydi.
Har oyda
Jamgʻarma
8-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarmadan ajratilgan kompensatsiya mablagʻlarini qarz oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Mablagʻ ajratilgan kunning oʻzida
Tijorat banki
9-bosqich
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va tijorat banki Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kompensatsiyadan maqsadli foydalanilishini, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Har chorakda
1. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
2. Tijorat banki
10-bosqich
Tijorat banki maqsadsiz foydalanilgan kompensatsiya mablagʻlarini bitim shartlariga muvofiq Jamgʻarmaga qaytaradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan hosil yilidagi boshoqli don ekini hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan hosil yilidagi boshoqli don ekini hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma”;
11-banddagi “tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ” soʻzlari “oʻtgan hosil yilidagi boshoqli don ekini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning ikkinchi xatboshidagi “paxta xom ashyo” soʻzlari “bugʻdoy” soʻzi bilan almashtirilsin;
25-banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarning meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni (keyingi oʻrinlarda — meva-sabzavot mahsulotlari) yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining agrotexnik tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarga va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) kredit ajratish uchun Jamgʻarma va tijorat banklari oʻrtasida:
a) asosiy ekin maydonlariga bahorgi mavsumda ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining I choragida);
b) takroriy ekin maydonlariga yozgi mavsumda ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining iyun — avgust oylarida);
v) “toʻqsonbosti” usulida ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining oktabr — dekabr oylarida);
g) yetishtirilgan meva-sabzavotlarni xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga “revolver” kredit ajratish toʻgʻrisida hosil yigʻim-terimi mavsumi boshlangunga qadar bitim tuziladi.
3. Tijorat banki Jamgʻarma bilan tuzilgan bitimga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oyning 5-sanasiga qadar, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmalarini taqdim etadi.
4. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar oʻtkaziladigan davrning, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq kreditlarni qarz oluvchining:
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun yillik 12 foiz stavkada 12 oy muddatga joylashtiradi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan hosil yilidagi meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarning hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma”;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududdagi tuman (Quvasoy shahar) hokimligida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yoʻnaltiruvchilar roʻyxatiga kiritilgan boʻlishi lozim.
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yoʻnaltiruvchi ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olish uchun oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududdagi tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga murojaat qiladi, tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tegishli maʼlumotnomani qarz oluvchiga murojaat qilgan kunda taqdim etadi.
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan birga meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksportga yoʻnaltiruvchi ekanligini tasdiqlovchi tuman (Quvasoy shahar) hokimligining maʼlumotnomasini taqdim etadi”;
11-banddagi “tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ” soʻzlari “oʻtgan hosil yilidagi meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Tijorat banki qarz oluvchi bilan tuzgan kredit shartnomasiga asosan qarz oluvchiga:
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada 12 oy muddatga, kreditni qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi”;
16-banddagi “asosiy maydonlarda sabzavot” soʻzlari “meva-sabzavot mahsulotlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “sabzavot ekinining” soʻzlari “meva-sabzavot ekinlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“20. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash, kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun “23210 hisobvaragʻi” ochiladi.
Qarz oluvchi “23210 hisobvaragʻi”ga meva-sabzavot mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
21. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki “23210 hisobvaragʻi”da qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi, ushbu mablagʻlardan qarz oluvchi erkin foydalanadi”;
25-banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilova”;
nizomga 1-ilovaning nomidagi “Asosiy maydonlarda sabzavot” soʻzlari “meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
“Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish
Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Tijorat banki yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Hosil yilida yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq qarz oluvchining yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun tijorat bankiga kredit resurslarini joylashtirib boradi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Jamgʻarma
3-bosqich
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Qarz oluvchi
4-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun kredit liniyasini va hisobvaragʻini ochadi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz “revolver” kreditlar ajratadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlarni qarz oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishi boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
7-bosqich
Qarz oluvchi va tijorat banki imtiyozli kreditlarni va unga hisoblangan foizni soʻndirib boradi.
12 oy
1. Qarz oluvchi
2. Tijorat banki
8-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarmaga kreditlarni va unga hisoblangan foizni qaytaradi.
12 oy
Tijorat banki
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)