1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi boshqaruv organining ushbu tashkilotni tugatish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy filiallari tashkil etilsin.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish, abonentlar hamda toʻlovlar hisobining yagona billing tizimi, shu jumladan elektron toʻlov tizimlarini takomillashtirish;
chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish xarajatlarini markazlashtirilgan holda qoplash;
aholini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash hajmini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish, iqtisodiy-texnik jihatdan asoslantirish, vakolatli organlar bilan kelishish borasida ishchi organ vazifasini bajarish;
sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish, investitsiya loyihalari yuzasidan loyiha takliflari va biznes-rejalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish holatini tizimli monitoring va tahlil qilish, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) tizimiga kiruvchi sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini muvofiqlashtirish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Markaz Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi davlat muassasasi hisoblanadi;
v) Markaz va uning hududiy filiallari faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlarining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan miqdoridan qolgan qismi;
davlat unitar korxonalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlardan ajratmalar;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
g) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar Markazning maxsus tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisobvaragʻida jamlanadi;
d) Markazning maxsus bank hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi va toʻlov topshiriqnomalarisiz tegishli tashkilotlar hisobvaraqlariga avtomatik tarzda oʻtkaziladi;
e) Markaz davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi natijasida sanitar tozalash xizmatlari toʻliq xususiy sektorga oʻtgan hududlardagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
j) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Markaz va uning hududiy filiallari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
8. 2022-2023-yillarda ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan qoʻshimcha jihozlash boʻyicha manzilli dastur 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
Bunda, chiqindi konteynerlari bilan jihozlash mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
10. Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga mazkur sohani rivojlantirishga oid dasturlarga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasini belgilangan tartibda tugatish choralarini koʻrib, uning mol-mulki va boshqa aktivlari Markazga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi nizomini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Davlat ekologik ekspertiza markazi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 15-uyga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz joylashtirilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga 6-ILOVA
2022-2023-yillarda ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan qoʻshimcha jihozlash boʻyicha
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga
10-ILOVA
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
A.J. Ramatov
—
Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisi
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari
I.A. Qutbiddinov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi
Sh. T. Toʻxtaboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari
A.R. Sormonkulov
—
Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
N.Q. Xolmurodov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi
D.K. Adilov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
A.I. Axmedxadjayev
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
O.A. Pekos
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
B.Q. Yusupaliyev
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari, Bosh davlat sanitariya vrachi
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari
S.S. Yuldashev
—
Bosh vazir kotibiyati masʼul xodimi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)