toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2026
Hujjat 28.07.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda kasb-hunarlarga oʻqigan, oldin taʼlim olgan kasb yoki mutaxassislik doirasida professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallagan fuqarolarga davlat namunasidagi sertifikatlar berish tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallagan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning ingliz va rus tillaridagi shakllaridan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida foydalanish zarurati vujudga kelmoqda.
Professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallagan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatdan xorijda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar va sertifikat blankalariga individual QR-kod qoʻyish axborot tizimini Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyani egallash boʻyicha sertifikatning oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi elektron shakllarini QR-kod (matrik shtrixli kod) yordamida olish imkoniyatini yaratishni nazarda tutgan holda takomillashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
408-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-iyuldagi 408-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallash boʻyicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi

‎‎Sertifikatning old tomoni‎

‎‎
‎‎






‎KVALIFIKATSIYANI EGALLASH
‎‎BOʻYICHA
‎‎SERTIFIKAT


Sertifikatning ichki chap tomoni:

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎SERTIFIKATI

№ 0000000

________________________________________________________________________

(bitinivchinmg familiyasi, ismi, omsining ismi)

________________________________________________________________________

(ta 'lim muassasasining nomi)

20___-yilda oʻquv kursini tamomladi va _________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎kvalifikatsiyasini egalladi.
‎‎Direktor: M.Oʻ‎
‎‎Direktor oʻrinbosari:
Roʻyxatga olish raqami: _____________________

(tartib raqami)

________________________________________________________________

(berilgan joy va sana)

Sertifikatning ichki chap tomoni:

CERTIFICATE
‎OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

№ 0000000

________________________________________________________________________

(graduate's surname, first name, middle name)

________________________________________________________________________

(the name of educational institution)

in 20___-graduated the course and achieved the qualification in the field of ______________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________

‎‎Director: P.S‎
‎‎Deputy director:
Registration №: _________________________

‎‎(serial number)

________________________________________________________________

(date and place)

Sertifikatning orqa tomoni:

SERTIFIKAT
‎RESPUBLIKI UZBEKISTAN

№ 0000000

________________________________________________________________________

(familiya, imya, otchestvo vipusknika)

________________________________________________________________________

(naimenovaniye uchebnogo zavedeniya)

v 20 godu okonchil(a) kurs obucheniya i prisvoil(a) kvalifikatsiyu
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎‎Direktor: M.P.
‎‎Zamestitel direktora:
Registratsionniy nomer _____________________

‎‎(poryadkovsh nomer)

________________________________________________________________

(mesto i data vidachi)


Kvalifikatsiyani egallash boʻyicha sertifikat
TAVSIFI
Sertifikat blankasi 297x210 mm oʻlchamda tayyorlanadi. Uning old tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “KVALIFIKATSIYANI EGALLASN BOʻYICNA” soʻzlari qora rangda, uning ostidan koʻk rangda “SERTIFIKAT” soʻzi yozilgan.
Sertifikat blankasining orqa tomoni oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi uchta sahifadan iborat boʻlib, birinchi sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATI” soʻzlari, ikkinchi sahifasiga “CERTIFICATE OGʻ TNE REPUBLIC OGʻ UZBEKISTAN” soʻzlari hamda uchinchi sahifasiga “SERTIFIKAT RESPUBLIKI UZBEKISTAN” soʻzlari koʻk rangli va uning ostidan yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Sertifikat blankasining orqa tomoni sahifalari markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 mm diametrli koʻrinmaydigan tasviri joylashgan va u ultrabinafsha nurlar ostida koʻrinadi, shuningdek, sertifikat blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod qoʻyiladi.
Sertifikat blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120±5 gr/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nur ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud.
Bosma tasnifi:
yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalaniladi;
sertifikatning old tomonida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi atrofidagi aylana ichida uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementi mavjud;
sertifikatning orqa tomonida joylashgan “Roʻyxatga olish raiqami:”, “Registration №” va “Registratsionniy nomer” soʻzlaridan keyin chiziqlarda bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan kichik matndan iborat takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻz birikmasi mavjud. Bular nusxa tushirish va qalbakilashtirishga qarshi himoyadir.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 09/22/408/0683-son)