Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 22-avgustdagi 43, 78 va 01/19-26/11-son “Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2508, 2013-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 498-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-son “Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” gi
qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 2018-yil 5-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.