Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 30-iyundagi 55 va 68-son “Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1837, 2008-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 289-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.